Mavzu: Alpomish dostoni Reja


Download 283.41 Kb.
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi283.41 Kb.
#1511718
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Alpomish dostoni

Alpomish"  O'zbek xalq qahramonlik dostoniTurkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. "Alpomish"ning qoraqalpoq, qozoqoltoy versiyalari doston shaklida, tatar va boshqird versiyalari ertak va rivoyat shaklida bizgacha yetib kelgan. O‘zbeklar "Alpomish", qoraqalpoqlar "Alpamis", qozoqlar "Alpamis batir", oltoyliklar "Apip-Manash", qozon tatarlari "Alpamsha", boshqirdlar "Alpamisha va Barsin hiluu" deb nomlaganlar. «Alpomish» dunyo estetik tafakkuri tarixida kamdan-kam uchraydigan favqulodda va noyob badiiy hodisalardan biridir. Uning favqulodda va noyobligi shundaki, qadimiyatda yaratilgan bu ulkan epos baxshilar tomonidan asrlar davomida kuylanib, jonli epik anʼanalarda ogʻzaki ravishda bizgacha yetib keldi. Shuning uchun ham u bugungi kunda qadimiyatning buyuk bir ehsoni, oʻzi yaratilgan davrning umumiy dunyoqarashi, ayni paytda jonli anʼanaviy ijod va ijro sharoitlarida xalq ommasi ruhining obyektiv holatini davrlararo ifodalabmazmun va shakl jihatidan goh kengayib, goh torayib, koʻplab variantlarda va xilma xil koʻrinishlarda ajdodlardan avlodlarga yetib kelgan adabiy yodgorlik, xalq milliy tarixidagi qahramonlik voqealarining afsonalar qobigʻiga oʻralgan oʻziga xos badiiy ifodasi, buyuk epos sifatida baholanadi.

  • Alpomish"  O'zbek xalq qahramonlik dostoniTurkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. "Alpomish"ning qoraqalpoq, qozoqoltoy versiyalari doston shaklida, tatar va boshqird versiyalari ertak va rivoyat shaklida bizgacha yetib kelgan. O‘zbeklar "Alpomish", qoraqalpoqlar "Alpamis", qozoqlar "Alpamis batir", oltoyliklar "Apip-Manash", qozon tatarlari "Alpamsha", boshqirdlar "Alpamisha va Barsin hiluu" deb nomlaganlar. «Alpomish» dunyo estetik tafakkuri tarixida kamdan-kam uchraydigan favqulodda va noyob badiiy hodisalardan biridir. Uning favqulodda va noyobligi shundaki, qadimiyatda yaratilgan bu ulkan epos baxshilar tomonidan asrlar davomida kuylanib, jonli epik anʼanalarda ogʻzaki ravishda bizgacha yetib keldi. Shuning uchun ham u bugungi kunda qadimiyatning buyuk bir ehsoni, oʻzi yaratilgan davrning umumiy dunyoqarashi, ayni paytda jonli anʼanaviy ijod va ijro sharoitlarida xalq ommasi ruhining obyektiv holatini davrlararo ifodalab, mazmun va shakl jihatidan goh kengayib, goh torayib, koʻplab variantlarda va xilma xil koʻrinishlarda ajdodlardan avlodlarga yetib kelgan adabiy yodgorlik, xalq milliy tarixidagi qahramonlik voqealarining afsonalar qobigʻiga oʻralgan oʻziga xos badiiy ifodasi, buyuk epos sifatida baholanadi.

Download 283.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling