Mavzu: Alpomish dostoni Reja


Download 283.41 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi283.41 Kb.
#1511718
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Alpomish dostoni

O‘zbek dostonchiligi ta’sirida XX-asr boshlarida ertak va rivoyatlar shaklidagi tojik variantlari ham yuzaga kelgan. O‘rta asr o‘g‘uz eposining muhim yodgorligi hisoblangan "Kitobi Dadam Qo‘rqut" tarkibidagi "Bamsi Bayrak" asari o‘zining syuje-366ti va kompozitsiya qurilishi jihatidan "A." dostoniga yaqin turadi."A." dunyo estetik tafakkuri tarixida kamdan-kam uchraydigan favqulodda va noyob badiiy hodisalardan biridir. Uning favqulodda va noyobligi shundaki, qadimiyatda yaratilgan bu ulkan epos bax-shilar tomonidan asrlar davomida kuy-lanib, jonli epik an’analarda og‘zaki ravishda bizgacha yetib keldi. Shuning uchun ham u bugungi kunda qadimiyatning buyuk bir ehsoni, o‘zi yaratilgan dav-rning umumiy dunyoqarashi, ayni paytda jonli an’anaviy ijod va ijro sharoitlarida xalq ommasi ruhining ob’ektiv holatini davrlararo ifodalab, mazmun va shakl jihatidan goh kengayib, goh torayib, ko‘plab variantlarda va xil-ma xil ko‘rinishlarda ajdodlardan av-lodlarga yetib kelgan adabiy yodgorlik, xalq milliy tarixidagi qahramonlik voqealarining afsonalar qobig‘iga o‘ralgan o‘ziga xos badiiy ifodasi, buyuk epos sifatida baholanadi.

"A." dostoni bundan ming yil oldin turkiy xalqlarning qadim dostonchilik an’analari asosida xalq og‘zaki ijodi namunasi sifatida yaxlit doston shaklini olgan bo‘lsada, aslida "Alpomish" dostonining eng qadim qatlamlari miloddan avvalgi yuz yilliklarda yurtimizda kechgan jarayonlarning badiiy talqinini o‘zida aks ettirgan. Qo‘ng‘irot qabilasining turli hududlarga siljishi va ularning yangidan shakllanayotgan xalqlar tarkibiga kira borishi natijasida doston boshqa urug‘ va elatlarga ham o‘tib, ularning epik an’analari asosida qayta ishlana borib, juda keng tarqaldi va nihoyat, uning yaratilishida ota-bobolari ishti-rok etgan har bir xalqning o‘z eposiga aylandi. "A." dostonining ogzaki epik an’analarda bizgacha yetib kelgan nusxalari 9–10 a.larda yaratilgan. Ammo bun-day xulosa dostonga asos bo‘lgan syujet va yetakchi motivlarning mifologik va tarixiy-hayotiy ildizlari qadimgi davrlarga – miloddan avvalgi zamonlarga taqalishini inkor etmaydi. Doston syujet tarkibida islomgacha bulgan karashlar va mifolo-gik qatlam mavjud. Undagi mifologik qatlam esa, kad. turmush tarzining ba-diiylashtirilgan va ideallashtirilgan ko‘rinishlaridir. "A." variantlari 1922 yildan yozib olina boshlangan. Hozirgacha Fozil Yo‘ldosh o‘gli, Mahammadqul Jon-murod o‘g‘li Po‘lkan, Berdi baxshi, Said-murod Panoh o‘g‘li, Bo‘ri baxshi, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘li, Abdulla Nurali o‘g‘li, Umir baxshi, Haydar Boycha o‘g‘li, Rahmatulla Yusuf o‘g‘li, Hodir Rahim o‘g‘li kabi o‘ttizdan ortiq dostonchilardan qirqqa yaqin va-riantlari yozib olingan

  • "A." dostoni bundan ming yil oldin turkiy xalqlarning qadim dostonchilik an’analari asosida xalq og‘zaki ijodi namunasi sifatida yaxlit doston shaklini olgan bo‘lsada, aslida "Alpomish" dostonining eng qadim qatlamlari miloddan avvalgi yuz yilliklarda yurtimizda kechgan jarayonlarning badiiy talqinini o‘zida aks ettirgan. Qo‘ng‘irot qabilasining turli hududlarga siljishi va ularning yangidan shakllanayotgan xalqlar tarkibiga kira borishi natijasida doston boshqa urug‘ va elatlarga ham o‘tib, ularning epik an’analari asosida qayta ishlana borib, juda keng tarqaldi va nihoyat, uning yaratilishida ota-bobolari ishti-rok etgan har bir xalqning o‘z eposiga aylandi. "A." dostonining ogzaki epik an’analarda bizgacha yetib kelgan nusxalari 9–10 a.larda yaratilgan. Ammo bun-day xulosa dostonga asos bo‘lgan syujet va yetakchi motivlarning mifologik va tarixiy-hayotiy ildizlari qadimgi davrlarga – miloddan avvalgi zamonlarga taqalishini inkor etmaydi. Doston syujet tarkibida islomgacha bulgan karashlar va mifolo-gik qatlam mavjud. Undagi mifologik qatlam esa, kad. turmush tarzining ba-diiylashtirilgan va ideallashtirilgan ko‘rinishlaridir. "A." variantlari 1922 yildan yozib olina boshlangan. Hozirgacha Fozil Yo‘ldosh o‘gli, Mahammadqul Jon-murod o‘g‘li Po‘lkan, Berdi baxshi, Said-murod Panoh o‘g‘li, Bo‘ri baxshi, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘li, Abdulla Nurali o‘g‘li, Umir baxshi, Haydar Boycha o‘g‘li, Rahmatulla Yusuf o‘g‘li, Hodir Rahim o‘g‘li kabi o‘ttizdan ortiq dostonchilardan qirqqa yaqin va-riantlari yozib olingan

Download 283.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling