mavzu. Amaliy faoliyatda estetika vaqt soat Reja
Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi
Download 147.89 Kb.
|
8-mav
3. Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko’proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi.
Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o’zaro aloqasini hatto tashqi ko’rinishi ham tubdan o’zgarishiga olib keldi. Estetikaning borliqni estetik o’zlashtirish mohiyati va qonuniyatlari haqidagi fan sifatida bir qancha xususiyatlarga ega. • Estetika fani inson tevarak atrofidagi moddiy va ma'naviy boyliklarning barchasini qamrab olishga va go zallik qonunlari asosida yoritizhga xizmat qiladi. • Inson faoliyatining barcha jabxalaridagi nafosat olamini san'at turlari vositasida chuqur o’rganishga da'vat etadi. San'at esa-estetik boyliklarni yaratish manbaidir. • San'atni ilmiy jixatidan taxlil va tadbiq etish bilan estetik faoliyatining barcha ko’rinishlariga ilmiy jixatdan yondashish uchun zamin yaratiladi. • San'at va badiiy ijodning tabiatini va mohiyatini o’rganish, qonuniyatlarini o’zlashtirish, go’zallikni o’rganish uchun kalit vazifasini o’taydi. Boshqa fanlarda bo’lgani singari estetikani ham bir qancha muammolari bor. Estetika fanining muammolaridan biri go’zallik muammosidir. Estetika jamiyatdagi, tabiat va san'atdagi go’zallik nimadan iborat ekanligini tushuntirib beradi. Go’zallikning ob'ektiv mezonini ochib beradi. Estetik go’zallik voqelikning o’zida mavjuddir. Shuning uchun san'at, hayotdagi go’zallikni bilish va aks ettirish deb hisoblaydi. San'atdagi go’zallik voqelikdagi go’zallikdan ustun turmaydi, faqat voqelikdan ayrim konkret ko’rinishlariga qaraganda, san'atdagi go’zallik mukammalroq namoyon bo’ladi xolos. Insonning eng go’zal fazilatlari uning mehnatga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi. Odam bolasi yoshlikdan boshlab mexnatga o’rgansa, mexnat orqali baxtini va quvonchini, hayotdagi o’rnini topishni yaxshi tushunib etsa ayni muddao. Aks holda mexnatni hayotiy extiyoj deb bilmagan shaxs nafosatni, inson go’zalligini ham tushunib etmaydi. Badiiy did-kishining adabiyot va san'at asarlaridan ma'naviy quvonch olishi uning badiiy didida namoyon bo’ladi. Negaki, kishilar san'at va adabiyotni sevadilar. Badiiy ijodiyotsiz insoniyat hayotini tasavvur etish qiyin. San'at asarlarini idrok etganda inson ko’ngil ila vujudga kelgan tuyg’ular o’zini kuchli ijtimoiy mazmuni bilan ajralib turadi. Chunki, badiiy ijodiyotdagi har bir obraz, har bir xarakter ma'lum ijtimoiy idealni ifodalaydi, ma'lum axloqiy va estetik g’oyani ilgari suradi. Bu jihatdan san'atning ijtimoiy ong formalaridan biri sifatida kishilaming tushunchasiga, ijtimoiy faoliyatiga ko’rsatadigan ta'siri nixoyatda kattadir. San'at universal xususiyatlarga ega bo’lib, barcha ijtimoiy guruxlarni voqe'likni estetik jihatdan o’zlashtirishga da'vat etadi. Estetika tuyg’ularning ma'naviy tus olishi uchun yetakchi omilga aylanadi. Estetika ishlab chiqarish, kishilarning mehnatiga tobora ko’proq kirib bormoqda. Endilkda korxonalarda yangi xil stanoklar, sex jihozlarining estetik sifatini ta'minlash, korxonalarning barcha binolari estetik talablarga javob berishi, go’zallik tuyg’ularini uyg’ota olishi va qondirish uchun g’amxo’rlik qilish bilan bevosita mutaxasislar paydo bo’lmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi talabalaridan yana biri o’quv yurtlari, binolari va o’quv xonalarini yosh avlodning badiiy didiga, hamda estetik ehtiyojlariga javob beradigan tarzda jixozlantirishdir. Maxsus fan ishlab chiqarish estetikasi, texnika estetikasi fani paydo bo’ldi. Ilgari ishlab chiqarishda uchramagan «texnika estetikasi», «dizayn» kabi tushunchalar hayotimizning barcha sohalahida muqum o’nashgan hamda etakchilik qilmoqda. Download 147.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling