Mavzu: Amaliy mashg’ulot : Tushlik uchun dasturxon tuzash. Maqsad
Download 227.07 Kb.
|
Amaliy mashg
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihoz
- Mashg’ulotni mustahkamlash.
Sana:_____________________2019-yil Mavzu:Amaliy mashg’ulot : Tushlik uchun dasturxon tuzash. Maqsad: o’quvchi qizlarga to’garak maqsadi va vazifalari to’g’risida ma’lumot berish; sanitariya-gigiyena talablarini o’rgatish hamda xavfsizlik texnika qoidalari bilan tanishtirish. Kerakli jihoz: rasmlar, dasturxon,sochiqlar,salfetkalarva kerakli idishlar. Mashg’ulotning borishi: salomlashib, davomat aniqlanadi. Yangi mavzu bayoni: Dasturxon salfetka sochiqlarni bir qancha turlari mavjud bo’lib ularda kundalikda ishlatiladigan ,mehmonlarga biror joyga savat va jomlarni o’rashda ishlatiladigan turlari mavjud. Sochiqlar ham bolalarniki , kattalarniki alohida, yuz uchun, qo’l uchun , yuvunish uchun sochiq turlariga bo’linadi. Sochiqlarimizda asosan qo’l sochiqlar tez- tez yuvilib turishi kerak. Chunki, ular juda ko’p ishlatilganligi uchun tez xiralanadi va hidlanadi. Albatta, kir yuvish vositalaridan foydalanilgan holda yuviladi. Agar sochiqlarni ranglari chiqadigan bo’lsa, ularni albatta uvitmasdan yuvish kerak. Va tezlik bilan chayqab ilish kerak. Aks holda biridan – biriga ranglari urib ketadi. Salfetka ,sochiqlarda esa yog’lamalarda ehtiyot bo’lib alohida yuvish kerak. Dasturxonga ham huddi shunday qilish kerak . Kundalik ishlatiladigan dasturxonlarimiz rangi chiqmaydigan , cho’zilmaydigan bo’lishi kerak. Ularda ham yuvish tex nologiyasi rioya qilish kerak. Ko’pchilik oilalarda oppoq dasturxonlardan foydalanishadi.Uni ustidan mahsus salafan yoyib ishlatish maqsadga muvo fiqdir. Chunki, bolalar choy, kofe , vareniy , ovqatlarni to’kib yuborishlari mumkun. Shuning uchun oshxonalarda shundaysalafanlardan foydalanishadi. Sochiqlarga dazmol o’ta issiq qilib bosib bo’lmaydi.Chunki sochiq qattiq bo’lib qoladi.Uy sharitida salfetka sochiqlarni tez – tez yuvib turish kerak ayniqsa yosh bolalar bo’lsa.Yuvinish sochiqlarini ham ishlatib bo’lingach albatta quritib so’ng o’z joyiga taxlab qoyish kerak. Tushlikda asosan qo’yiq ,yog’li ovqatlar va salatlarni iste’mol qilishi keraklidir. Tushlik uchun har bir guruh o’z fantaziyasidan kelib chiqib dasturxonni qanday bezatilishini aytib beradi.Keyingi guruhlar esa qanday kamchilik va qo’shimchalar bo’lsa o’rtoqlashadilar.Tushlik uchun qanday salatlar va taomlarni tortishlik haqida guruhlar bilan fikr almashinamiz.Yana shuni ham aytish kerakki salfetka, pichoq, qoshiq, sanchqilani qanday joylashtirish kerakligini fikrlashamiz. Mashg’ulotni mustahkamlash. 1) Siz sochiqlardan qanday foydalanasiz 2) Tushlik uchun qanday dasturxon bezatiladi? 3) Dasturxon, sochiqlarni qanday turlari bor? Uyga vazifa :Dasturxon bezatishni o’rganib kelish Download 227.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling