Mavzu: Amaliy mashg`ulot


Download 0.51 Mb.
bet2/2
Sana12.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1191849
1   2
Bog'liq
Chet el allomalari

III. Yangi mavzu bayoni:

N ikolay Kopernik (nemischa: Nikolaus Kopernikus; italyancha: Nicolò Copernico; polyakcha: Mikołaj Kopernik (yordam·maʼlumot); yoshligida Niclas Koppernigk;[2] 19-fevral, 1473 – 24-may, 1543) — Uygʻonish davrining astronomi va Yerni olam markazidan olib tashlagan geliosentrik kosmologiyani shakllantirgan birinchi inson.[3]


Kopernikning vafotidan oz vaqt avval chop etilgan De revolutionibus orbium coelestium (Osmon sferalarning inqilobi) nomli kitobi koʻpincha zamonaviy astronomiyaning boshlangʻich nuqtasi va fan inqilobini boshlab bergan vahiy deya ataladi. Uning Quyosh olam markaziga joylashtirilgan geliosentrik modeli osmon jismlarining harakati Yerni olam markaziga qoʻymasdan turib tushuntirish mumkinligini isbot qiladi. Bu kashfiyot fan tarixida Kopernik inqilobi deya ataladi.


Galileo Galilei (italyancha: Galileo Galilei, 15-fevral 1564 — 8-yanvar 1642) — oʻz davrining ilmiga katta taʼsir koʻrsatgan italyan faylasufi, fizik va astronom. Galiley asosan oʻzining planetalar va yulduzlar sohasidagi izlanishlari, dunyoning geliomarkazli tizimini faol qoʻllashi va mexanika boʻyicha tajribalari bilan mashhur.


G ALILEI (Galilei) Galileo (1564.15.2, Piza-1642.8.1, Archetri, Florensiya yaqinida) — italyan fizigi, astronomi va mexanigi; aniq tabiatshunoslik asoschilaridan biri. G. aslzodalar oilasida dunyoga kelgan. Otasining undovi bilan Piza universitetiga kirib (1581), tibbiyotni urgana boshlagan. Bu yerda Aristotel fizikasi bilan tanishgan, Yevklid va Arximed mat.sini Urgangan. Geom. va mexanikaga qiziqib ketgach, G. tibbiyotdan voz kechib, 4 yil mobaynida mat.ni oʻrgangan va ixchamgina "Kichik tarozular" asarini yozgan (1586; 1655-yil nashr qilingan). Bu asari uni italyan matematiklari orasida mashhur qilgan. G. mexanika bilan astoydil shugʻullangan. Keyinchalik inersiya qonunink kashf etgan, kuchlarni qoʻshish qoidasini ifodalab bergan, koʻchirma harakat tezligi doimiy boʻlgan chogdagi nisbiylik prinsipini yaratgan, mexanik harakatning asosiy kursatkichlarini miqdoriy jihatdan aniqlagan. Jismning qiya tekislikdagi harakati, maʼlum burchak ostida otilgan jismning harakati, erkin tushish haqidagi qonunlarni dastlab G. kashf etgan, harakatning saqlanishi toʻgʻrisidagi muhim fikrga tegishli tushunchalarni kiritgan. Galiley — Nyuton mexanikasi ilmning muhim tarmogʻiga aylandi. G. olam tuzilishini tushuntirishda N. Kopernik yulidan bordi.


J ordano Bruno (italyancha: Giordano Bruno, lotincha: Iordanus Brunus; - Giordano Filippo; 1548, Nola 1600.17.2, Rim) italyan faylasufi, kosmologi va shoiri; panteizm namoyandasi. Bruno xristian ilohiyoti asoslari bilan birga N. Kopernik nazariyasini oʻrgandi. U yoshligidan turli nazariyalarga tanqidiy koʻz bilan qarab, har bir masala boʻyicha oʻzining mustaqil fiqolarini qaramaqarshi qoʻyadi. Baʼzan uning bunday mustaqil gʻoyalari cherkov va xristianlik aqidalariga zid keladi. Hurfiqoliligi uchun inkvizitsiya tomonidan qattiqtaʼqib qilindi. Bruno taʼqibdan qochib Neapoldan Rimga oʻtdi, soʻngra Shveysariya, Fransiya, Angliya, Germaniyada yashadi. Untlarda astronomiya, falsafa va mnemonika, yaʼni xotirani rivojlantirish sanʼatidan maʼruzalar oʻqidi. Sxolastik falsafaga, katolik cherkoviga qarshi asarlar yozdi. Oʻz taʼlimotini "Nola falsafasi" deb atadi. 1592-yilda rohiblar uni aldab Venesiyaga taklif qildilar va inkvizitsiya qoʻliga topshirdilar. Bruno dahriylik (yereslik)da ayblanib, 8 yil qamoqda yotdi. Lekin oʻz dunyoqarashidan qaytmadi. Katolik cherkovi Brunoni gulxanda yoqib yubordi. Brunoning dunyoqarashi yunon faylasuflari, N. Kopernikning geliotsentrik sistemasi taʼsirida shakllandi. U geliotsentrik gʻoyani yanada rivojlantirdi, Quyosh sistemasidan tashqarida tirik mavjudotlar yashaydigan olamlar borligi haqida zamonasi uchun dadil fiqolar bayon etdi. Hamma narsa harakatda, uzluksiz rivojlanishda, yeru osmonda tabiat qonunlari mavjud deb billi. Lekin xudo tabiatda — narsalarning oʻzida deb tushundi. Bruno fan uchun kurashdi. Brunoning asosiy asarlari: "Gʻoyalar soyasi haqida" (1582), "Sabab, ibtido va yakkayuyagona haqida" (1584), "Cheksizlik, koinot va olamlar haqida" (1584), "Kuldagi ziyofat" (1584), "Pegas sirlari" (1585).


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
O’quvchilarga savol javob, kartochkalar, krasvordlar va tarqatma materiallar tarqatilib mavzu mustahkamlanadi.


V. Oquvchilarni baholash. Dars davomida faol ishtirok etgan o‘quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa berish.
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling