Mavzu: Amerika qit’asi mamlakatlariga umumiy tavsif. Reja: 1 Amerika qit’asining kashf etilishi. Amerika qit’asining xududiy bo‘linishi
Reja: 2 1. Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlari
Download 25.08 Kb.
|
Amerika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Amerika qit’asi mamlakatlari sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti.
- 3. Amerika qit’asi mamlakatlarining tashqi iqtisodiy aloqalari.
Reja: 2
1. Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlari. Shimoliy va Markaziy Amerika mamlakatlari qatoriga AQSH, Kanada, Meksika, Kosta-Rika, Salvador, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Panama va Beliz kiradi. Umumiy maydoni – 21971.5 ming km2.
Bu mamlakatlarning maydoni jihatidan eng yirigi Kanada (9971.0 ming km2) bo‘lib kichigi Salvador (21.0 ming km2) davlatdir. Aholi soni bo‘yicha eng yirigi AQSH (325.4 mln kishi) bo‘lib, eng kichigi Beliz (400 mingga yaqin) davlatidir. Janubiy Amerika mamlakatlari qatoriga Argentina, Boliviya, Braziliya, Ekvador, Gayana, Gviana, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Surinam, Urugvay, Venesuela, Chili kiradi. Umumiy yer maydoni – 17846.3 ming km2.
Janubiy Amerika mamlakatlarining maydoni jihatidan eng yirigi Braziliya (8547.4 ming km2) bo‘lib, eng kichigi Gviana (Fransiya «dengiz orti departamenti» va regioni) (91.0 ming km2) davlatdir. Aholi soni bo‘yicha eng yirigi Braziliya (206.7 mln kishi) bo‘lib, eng kichigi Gviana (Fransiya) (300 mingga yaqin) davlatdir. Karib havzasiga kiruvchi mamlakatlarga quyidagi orol mamlakatlari kiradi: Antigua va Barbuda, Bagama orollari, Barbados, Dominika, Dominikana Respublikasi, Gaiti, Grenada, Kuba, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Sent-Vinsent va Grenadin, Trinidad va Tobago, Yamayka. Umumiy maydoni – 226.585 km2.
Karib havzasi mamlakatlarining maydoni jihatidan eng yirigi Kuba (110.9 ming km2) bo‘lib, eng kichigi Sent-Kits va Nevis (0.262 km2) davlatidir. Aholi soni bo‘yicha en yirigi Kuba (12.1 mln kishi) bo‘lib, eng kichigi Sent-Kits va Nevis (56 mingdan ortiq) davlatdir.
Amerika qit’asi mamlakatlaridan shimoliy va markaziy Amerika davlatlari xo‘jaligining negizini AQSH va Kanada sanoati, Meksikada sanoati bilan dehqonchilik, Panamada dengiz transporti, qolgan mamlakatlarda dehqonchilik, asosan, banan, kofe, shakarqamish, jo‘xori yetishtirish rivojlangan. Markaziy Amerika mamlakatlari sanoatida tog‘-kon va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda ya’ni eksport-import operatsiyalarida dengiz transporti, ichki aloqalarda temiryo‘li va avtomobil transporti muhim ro‘l o‘ynaydi. Quvur transporti AQSH, Kanada va Meksikada yuqori darajada rivojlangan. Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatkarining xo‘jaligi o‘rtacha rivojlanish darajasiga ko‘ra Osiyo va Afrikadagi rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan sezilarli ustunlikka egadir. Ammo sanoat Janubiy Amerikada bir tekis rivojlanmagan. Hozirgi paytda sanoat Argentina, Braziliya, Urugvay, Yamayka, Kuba, Puerto-Riko, Trinidad va Tobaga, Chilida mintaqaning boshqa davlatlariga nisbatan birmuncha rivojlangan. Sanoatning barcha tarmoqlari mavjud. Tog‘-kon sanoati Venesuela (neft), Chili (mis, fosforitlar), Braziliya (temir rudasi, olmos, oltin), Boliviya (tabiiy gaz), Surinam, Yamayka (boksitlar) va boshqa mamlakatlarda rivojlangan. Qayta ishlovchi sanoatdan qora metallurgiya (Braziliya), rangli metallurgiya Braziliya, Chili, Yamayka va Surinam davlatlarida rivojlangan. Elektroenergetika Braziliya, Argentina, Chili, Venesuela, Surinam va boshqa qator mamlakatlarda rivojlangan. Mashinasozlik korxonalari barcha mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Avtomobilsozlik Venesuela, Braziliya va Argentinada yuqori darajada taroqqiyot etgan. Kimyo va neft kimyosi Braziliya va Venesuelada, yog‘ochni qayta ishlash Braziliyada tovar ahamiyatiga ega. Yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari mintaqaning barcha mamlakatlarida o‘zining korxonalariga ega. Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari qishloq xo‘jaligi mintaqa hududi bo‘ylab tekis rivojlanmagan. Jami qishloq xo‘jalik mahsulotining 1/3 qismini chorvachilik yetishtirib beradi. Bu tarmoqning ahamiyati, ayniqsa, Argentina, Urugvay va Braziliyada katta. Qoramolchilik, qo‘ychilik, parrandachilik chorvachilikning eng mahsuldor tarmoqlari hisoblanadi. Dengiz bo‘yi davlatlari, ayniqsa, Peru, Chili, Braziliyada baliqchilik muhim sohadir. Dehqonchilik tarmoqlaridan donchilik (Argentina, Braziliya), shakarqamish yetishtirish (Braziliya, Kuba, Kolumbiya, Venesuela va boshqalar), kofe yetishtirish (Braziliya, Venesuela, Kolumbiya), bananchilik (Braziliya, Kolumbiya, Karib havzasi mamlakatlari), tovar ahamiyatiga ega. Transporti Janubiy Amerika mamlakatlarining aksariyatida ancha sust rivojlangan. Quruqlikda harakatlanuvchi asosiy transpost tarmog‘i avtomobildir. Bu tarmoq barcha mintaqa mamlakatlarini amalda bir-biri bilan bog‘lovchi yagona quruqlik transportidir. Temiryo‘l transporti yanada sust rivojlangan. Bu esa o‘z navbatida iqtosodiyotning rivojlanishida ancha to‘sqinlik qiladi. Barcha mamlakatlar va ularning ichki rayonlarini bir-biri bilan bog‘lashda dengiz va daryo transporti ayniqsa Karib havzasi mamlakatlari uchun katta ahamiyatga ega. Sanoatida tog‘-kon, neft-kimyo, metalsozlik, aholi iste’mol mahsulotlari uchun tarmoqlari ancha ahamiyatli. Qishloq xo‘jaligida yirik yer egalariga tegishli plantatsiyalarda tashqi bozor uchun ko‘plab kofe, shakarqamish, banan, tropik meva mahsulotlari chiqariladi. Okeanbo‘yi hududlarida dengiz baliqchiligi katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Peru va Chili jahondagi eng yirik baliq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoriga kiradi.
Shimoliy va Markaziy Amerika mamlakatlaridan AQSH, Kanada, Meksika sanoati mahsulotlarini, Markaziy Amerika mamlakatlari esa sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, ayniqsa, banan, shakarqamish, kofe, sitrus mevalarni, chorvachilik mahsulotlarini eksport qiladi. AQSH don mahsulotlarini yetishtirishda jahonda 2-o‘rin, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha 1-o‘rinni egallaydi. Kanada eksportining asosiy mahsulotlari: avtomobillar, samolyotlar, mashinalar, telekommunikatsiya jihozlari, kimyoviy o‘g‘itlar, yog‘och, qog‘oz, neft mahsulotlari, tabiiy gaz, alyuminiy, nikel, kaliy tuzlari, uran, elektr quvvati, bug‘doy. Kuba eksportining asosiy mahsulotlari: shaker, nikel rudasi, tamaki, sigara, baliq, krevetka (qisqichbaqa)lar, sitrus mevalari, qahva (kofe), ananas hisoblanadi. Panama - banan, krevetkalar, shaker, qahva (kofe), kiyim, neft mahsulotlari, qovun va tarvuzlar hisoblanadi. Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari eksportida: Argentina- kimyoviy mahsulotlar, mashinalar va ularning jihozlari, qishloq-xo‘jaligi (bug‘doy, shakar, o‘simlik moylari, paxta) mahsulotlari, alyuminiy. Paragvay - (kofe) qahva, paxta, yog‘och, soya, tamaki, tung yog‘i, go‘sht, elektr quvvati, sherst matolarini. Surinam - glinozem, alyuminiy, neft, yog‘och, krevetkalar, baliq, guruch, banan. Sent-Kits va Nevis - mango, paxta, elektron qismlar, ichimliklar. Trenada - banan, kakao, muskat yong‘og‘i, mevalar, sabzavotlar. Dominikana Respublikasi - ferronikel, shakar, oltin, kumush, qahva (kofe), kakao donalari, tamaki, go‘sht. Bagama orollari - neft mahsulotlari, dori-darmon, parfumeriya, rom, sement, muz, meva va sabzavotlar, qimmat navli yog‘och. Antigua va Barbuda - gazlamalar, kiyim, elektron jihozlar. Yamayka - boksitlar, shakar, rom, qahva, sitrus mevalari, kiyim, glinozem (alyuminiy oksidi), zanjabil. Trenidad va Tobago - neft, neft mahsulotlari, tabiiy gaz, kimyoviy mahsulotlar, po‘lat, o‘g‘itlar, shakar, kakao, sitrus mevalari, gullar. Peru - rangli metallar konsentratlarini tayyorlash (mis, rux, qo‘rg‘oshin), oltin, kumush, neft va neft mahsulotlari, baliq uni, shakar, qahva, paxta, to‘qimachilik, sherst, koka, kokainni eksport qiladi. Shuni ham esda saqlash kerakki, birgina Kanada davlati eksportining 70% i AQSH ga qaratilgan. Amerika qit’asi mamlakatlaridan Chili bir yilda o‘rtacha 488 mln litr, AQSH esa 303 mln litr vino eksport qiladi. Download 25.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling