Mavzu: amerka va afrika xalqlari o'rta asrlarda. Mundarija


II.BOB. O‘rta asrlarda va Afrika xalqlari hayoti. Afrika xalqlari madaniyati


Download 119.09 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi119.09 Kb.
#1538082
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amerka va Afrika xalqlari o\'rta asrlarda

II.BOB. O‘rta asrlarda va Afrika xalqlari hayoti. Afrika xalqlari madaniyati.



2.1.Afrika xalqlari hayoti.




Afrikaning tropik o’rmonlarida pigmеylar, bushmеnlar kabi turli qabilalar yashashardi. Ular ovchilik bilan shug’ullanishgan. Nayza, kamon va o’q-yoy bu qabilalarning asosiy qurollari edi. Qarindosh-urug’larning kichikkichik guruhlari chaylalarda yoki shox-shabbalar ostidagi ayvonlarda istiqomat qilishardi. Janubiy Sahroyi Kabir ko’chmanchilari chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Suvga sеrob o’lkalar xalqlari esa dеhqonchilik bilan shug’ullanishgan. Ular yеrni tеmir uchli so’qa bilan ag’darishgan. So’qa mahalliy tuproqqa moslashtirilgan ish quroli edi. Tariq, sholi, paxta va shakarqamish yеtishtirish qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan edi. Afrikaliklar qadim zamonlardayoq sopol o’choqlarda tеmir eritishni bilishgan. Hunarmandlar mеhnat qurollari, qurol-aslaha, idish-tovoq, gazlama, shisha va charm buyumlar yasar edilar. Nigеr va Sеnеgal daryolari orasidagi pasttеkislikda g’arbiy Sudan joylashgan edi. Nigеr daryosi sohillarida g’arbiy Sudanning asosiy shaharlari - Tombuktu, Gao, 450 Janna qad ko’targandi. G’arbiy Sudanning janubida juda ko’p oltin konlari bo’lgan. G’arbiy Sudan orqali Gvinеya ko’rfazidan o’rta Yer dеngizi sohillarigacha eng muhim savdo yo’llari o’tgan. Dеhqonlar Sahroyi Kabir chеgarasida yashovchi ko’chmanchilar bilan savdo-sotiq qilishardi. Ko’chmanchilar mahalliy aholiga zarur bo’lgan tuz, tеri va chorva mollarini bug’doy hamda hunarmandchilik buyumlariga ayirboshlar edilar. Afrikaning eng qadimiy davlatlaridan biri Gana edi. Oltin va tuz savdosi bu davlatga juda katta daromad kеltirgan. Gana kamonchilar va suvoriylardan iborat qo’shinga ega bo’lgan. XI asr oxirida arablarning Marokash sultonligi Gana poytaxtini bosib olgan va vayron qilgan. Gana shohi sultonga xiroj to’lab turishga majbur etilgan. Zodagonlari islom dinini qabul qilgan. Tеz orada mustaqillikka erishgan Ganani kеyinchalik Mali davlati o’ziga tobе etgan. Yevropaliklar kirib kеlmasdan ilgari ham (XV asrlargacha) Ganada qishloq xo’jaligi va madaniyat rivojlangan. Qit'aning ayrim joylari bilan savdo-sotiq qilingan. Ganaga dastlab portugallar kеlib, juda ko’p oltin (oltin ko’pligi uchun bu yеr Oltin Qirg’oq dеyila boshlangan) va qul olib kеtgan. O’rta asrlar Afrikasining yana bir rivojlangan davlatlaridan biri Mali hisoblanadi. Mazkur davlat o’rta asrlarda G’arbiy Sudanda Sеnеgal va Nigеr daryolari yuqori havzasida mavjud bo’lgan ilk bor al-Ya'qubiy (IXasr) tomonidan Mallal nomi bilan qayd etilgan. XIII-asrning 1 - choragigacha Gana davlatiga qaram bo’lgan. XIV-asrning 1-choragida (Mali davlatining eng ravnaq topgan davri) Mali hududi Atlantika okеanidan Adrar-Iforas platosigacha cho’zilgan. Bu davr uchun Mali davlatining batafsil bayonini arab tarixchilari ul-Umariy va Ibn Battuta asarlarida uchratish mumkin. Malida ilk mulkdorlik munosabatlari hukmron bo’lgan; qulchilik ham mavjud edi. Mali iqtisodida Shimoliy Afrika va Misr bilan karvon savdosi muhim o’rin egallagan; asosan, oltin va qullar chiqarilgan, chеtdan esa tuz va hunarmandlik buyumlari kеltirilgan. Kuchli qo’shini bo’lgan Mali hukmdori karvon yo’llari va oltin qazib oladigan qo’shni yurtlarni bosib olgan. Hukmdor va uning yaqinlari islom dinini qabul qilishgan. Shundan so’ng Mali shaharlariga Shimoliy Afrikadan kеlgan musulmon savdogarlari joylasha boshlagan. Mali aholisi jamoa 451 bo’lib yashardi. Jamoa oqsoqollari yerlarni jamoaga bo’lib bеrar, ularning mеhnatini boshqarib, harbiy yurishlarda jangchilarga qo’mondonlik qilishardi. Mali hukmdori bosib olingan viloyatlarga qo’shin boshliqlari va qarindosh-urug’laridan noiblar tayinlardi, jangchilariga yerlar in'om qilar, jangchilar aholidan soliq undirardi. Shu tariqa Malida yеr egaligi tartiboti qaror topa borgan. Vaqt o’tishi bilan Mali kuchsizlana boshladi. Bunga viloyatlarning mustaqillikka intilishlari, taxt uchun kurashning avj olganligi sabab bo’ldi. o’zaro nifoqlardan foydalangan qo’shni davlatlar mamlakatni bosib olib, vayron qildi. XV asrda Mali butunlay inqirozga uchradi. Mana shu davrda Songai davlati mustahkamlandi. Mamlakat zodagonlari 500 dan 1000 gacha tobе aholisi bo’lgan qishloqlarga egalik qilishardi. Tobе aholi yеrmulk egasiga obrok, davlatga esa soliq to’lashardi. Ozod jamoa a'zolari ham zodagonlarga qaram bo’lib qolishardi. XVI asr o’rtalarida Songai zaiflasha boshlagan. Hukmdorning oliy martabalarni egallagan qarindoshlari taxtni egallash uchun fitna uyush-tirar edilar. Shaharlardagi musulmon zodagonlar (qozilar, ruhoniylar, savdogarlar) hukmdor bilan dеyarli hisoblashmay qo’ygan edi. Ichki janjal va nizolar davlatni zaiflashtirgan. Afrikaning eng rivojlangan davlat birlashmasi Sundan hududlarida ham shakllangan edi. Sudan hududida tosh davridan odam yashay boshlagan. Mamlakatning katta qismi (qadimda Kush mamlakati, 7-asrdan Nubiya) da qadimgi misrliklarga yaqin bo’lgan som-xom va kushit qabilalari istiqomat qilganligi ma'lum. Er. av. 2-ming yillikda janubdan kеlgan nеgroid qabilalar ularga qo’shilib kеtgan. Er. av. XVI— XII-asrlarda Sudan Misrga tobе bo’lgan. Milodiy 6asrda xristianlik tarqala boshladi. VII asrga kеlib, Sudanda Aloa, Mukurra va Nobatiya xristian davlatlari paydo bo’ldi. VII asr o’rtalaridan arablar kirib kеla boshladi. Natijada mamlakat shimoli va g’arbiy hududlarida islom dini va arab madaniyati tarqaldi. XIV asr oxiri — XIV asr boshlarida musulmon davlatlari (Darfur, Sеnnar sultonliklari va b.) vujudga kеldi. Ayniqsa tabiat sharoitining kelib chiqishiga qarab yerning tuzilishiga, ekiladigan ekin turiga emas, yerga ishlov beradigan mehnat quroliga alohida e’tibor berilgan. Tropik Afrika yerlarida hosildorlik qatlami juda yupqa boMganligi sababli yerga chuqur ishlov berish va yemi yuqori qatlamlarini shamollatib qo‘yish natijasida hosildorlik past boMgan. Chunki yerning mikroflorasi faqatgina uning ustki qatlamlarida joylashgan. Afrika dehqonlari neolit davridan boshlab motigadan foydalanganlar. 0 ‘ rta asrlarda Afrika - Mandingo, Xausa, Bantu, Kongo, Sharqiy Afrikada ekinlar turi ko'p bo'lgan, ular almashlab ekishga amal qilganlar. Ayniqsa, ekinlarning vegetatsion davrini va hosildorlikni oshirishda kulning ahamiyatini yaxshi boMgan. Jo‘ xorining har xil turlari, tariq va guruch kabi donli ekinlar yetishtirish Afrikaga xos xususiyatdir. Dukkakliklardan no'xat va loviya keng tarqalgan. Y og' ishlab chiqarishda — kunjut, yogMi va kokos palmasi, undan tashqari sanoat ekinlari — paxtachilik, nil bo‘yogM, shakarqamish yetishtirilgan. Har xil bog‘ ekinlari yetishtirish taraqqiy etgan, ayniqsa ildizmevali ekinlar - Afrika yamsi, X V I asrda Amerikadan olib kelingan manioka va batat1 yetishtirish keng tarqalgan. Afrikani iqtisodiyotini rivojlanishida hunarmandlaming ahamiyati kaita. Temirchi, kulol, ko‘ nchi va to'quvchi singari qoM mehnatiga asoslangan hunarmandlar guruhi mavjud boMgan. Jamoa hunarmandchilik mahsulotlari bilan o'zini o'zi ta’minlagan. Ichki savdoning rivojlanishi, shahar markazlarining taraqqiy etishi bilan saroy ahli, qo‘ shin va shahar aholisining ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shahar hunarmandlari vujudga kelgan. 0 ‘ rta asrlarda mintaqaviy bozorlar rivojlangan. X I V - X V asrlarda G ‘arbiy Sudanning eng rivojlangan davlatlarida hunarmandchilik uyushmalari — ustaxonalar paydo bo'lgan. Ular bir yoki bir nechta mutaxassislikdagi hunarmandlami birlashtirgan. Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi yuqori darajaga yetgan. Metallsozlik (temir, mis, bronza, oltin), qurol ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi asbob-uskunalari, to‘qimachiIik va kulolchilik, i li;n mso/lik, shishasozlik (Yoruba) va badiiy kulolchilik (Yoruba, Iifiim . Nupc) hunarmandchilik eng muhim tarmoqlari bo'lgan. Allikaliklar o'ziga xos tuzilishdagi pechlarda metall xomashyoni eriiislming maxsus usulini bilgan. Mis va temir eritish keng tarqalgan v;i rivojlangan. Almashinuv obyekti bo'lib xizmat qiladigan sof ma’dan va qum shaklidagi oltinni eritish kam tarqalgan. Temirchi va qumlso/lar ketmonning metall qismi, o'q va nayzalar uchi hamda qdich yasashgan. lo'qimachilik mahsulotlari G'arbiy va Markaziy Sudanda keng larqalgan bo'lsa, Xausan, Yoruba, Songai davlatlarida rivojlangan edi. Xausan va Yorubada ko'nchilar, qalqon yasovchilar, kamon o'qi uchi. kamar, qin va xalta yasovchi ko'plab hunarmandlar bo'lgan. lo'qimachilik, charmsozlik tanin kukuni va nil bo'yog'i ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan. Kulolchilikning har xil ko'rinishlari mavjud bo'lgan. Gvineya ko'rfa/i sohilida, Yorubada, Benin va Nupa hududlarida badiiy kulolchilik va terrakota haykaltaroshlik, bronza haykaltaroshlik va shisha idishtar yasash san’ati yuqori darajaga ko'tarilgan. Yog'och haykaltaroshlik va oltin, suyak, shisha, yog'och, to'qilgan matolardan * ml i xil marosimiy niqoblar yasaganlar. O'rta asrlarning oxirlarida Xausan, Songai, Janubiy Nigeriya, Mali davlatlarida hunarmandchilikda manufaktura vujudga kela boshlagan. Hunarmandchilik uyushmalarining navbatdagi taraqqiyoti io'xtab qolgan, ko'plab hududlarda esa yevropalik savdogarlarning kirib kelishi natijasida hunarmandchilik inqirozga uchrab va qul savdosi boshlangan. (h a rb iy va markaziy Sudan tarixi. Qadimdan dehqonchilik bilan shug'ullangan Sudanning G'arbiy va Markaziy hududlari aholisi, Saharaning janubiy chegarasida yashovchi ko'chmanchi chorvador qabilalar — barbarlar qo'shnichilik aloqalarini o'rnatgan. Dlai bilan mahsulot ayirboshlash faol ko'rinishda bo'lgan. Aynan G'arbiy Sudanning shimolidagi Sahyel zonasida V II—V III asrlarda yirik savdo markazlari tashkil topgan va tez orada butun g'arbiy Sudan xalqlari - Aukar, Mali, kechroq Timbuktu, Ulata, Gaoda sivosiy-markaziy birlashuvi sodir bo'lgan. Bu shaharlarning barchasi g'arbiy Sudanning ko'p qismini bog'laydigan karvon yo'llarining tutashgan nuqtalarida bo'lgan. Niger, Senegal, Gambiya, Gulbin, Sokoto, Kamadugu daryolari muhim savdo y o ‘ llari bo‘ lgan. Savdoning asosiy subyektlari dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari, tuz va oltin bo‘ lgan. G ‘arbiy Sudanning janubiy chizigM uchun esa oltin va yong'oqlar boMgan. G'arbiy Sudanda kauri chig ‘anoqlari, mis va mato boMaklari savdo-sotiqda pul vazifasini bajargan. Niger daryosining yuqori va o ‘ rta oqimlari havzasida, Niger va Senegal daryolari oraligMda Gana, Mali, Songai singari o ‘ rta asrlarning dastlabki davlatlari paydo boMgan. Senegal havzasida Voloflar, Sererlar, Tukulerlar va Fulbelar davlati paydo boMgan. Chad к о 'lining shimoliy va g ‘arbiy sohillarida Bornu, Kanem oMta asr davlatlari va Xaus shahar-davlati paydo boMgan. Atlantika qirg'oqlariga tutashgan G ‘arbiy Sudanning janubiy qismida va Gvineya ko‘ rfazi (hoz. Gvineya, Gana, Janubiy Nigeriya, Dagomeya) mintaqasida, Yoruba, Benin, Dagomeya, Ashanti kabi bir qator davlatlar ilk o ‘ rta asrlarda shakllangan. Bu hududlarda istiqomat qiluvchi xalqlarning etnik va til umumiyligi davlatchilik yaratish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim rol o'ynagan. G an a davlati. Gana yoki Aukar ushbu mintaqaning eng qadimiy davlatlari hisoblangan. Ushbu davlat haqidagi ishonchli tarixiy maMumotlar Gana davlat sifatida tashkil topgan V III asrga to 'g bri keladi. Uning etnik asosini soninke xalqi tashkil etgan. IX asrning o‘rtalariga kelib Gana davlati tarkibiga Aukar, Bagan viloyati, Xoda va Tagant tumanlari, g ‘arbda Tekrur, sharqda Niger, janubda esa Senegal va uning irmogM Baulaning yuqori qismigacha boMgan hududlar kirgan. Bundan tashqari Gana davlatini ayrim Barbar qabilalari ham tan olgan. Davlatning poytaxti Kumbisalen shahri boMgan. IX asrda Gana hukmdorlari Gana va Ganadan Mag'rib mamlakatlariga boruvchi savdo karvonlarini talagan jangovor Berber qabilalariga qarshi keskin kurashgan. Gananing eng xavfli dushmani Barbarlar ittifoqchisi Lemtun qabilasi boMib, uning sardori Tilutan G ‘arbiy Saharaning barcha Barbar qabilalarini o ‘ ziga bo‘ysundirgan edi. Keyinchalik, 919-yilga kelib Lemtun qabila ittifoqi parchalanib ketgach, barbarlar orasidagi yetakchilik Zenaga qabilalar ittifoqiga o'tgan. Zenagaga qarshi kurash 990-yilda ularning asosiy shahri va intiliim savdo markazi Audagostni zabt etgan Gananing g'alabasi bilan yakunlangan. X asr boshlariga kelib Gana davlati ulkan siyosiy yutuqlarni kiritgan. Marokashdagi Almoravidlar davlati qo'shinlari Bakr o ‘ !dirilgan. Marokashliklar o‘zqo‘shinIarining katta qismini Ganadan olib chiqishga majbur bo‘ Iishgan. Amm o ajnabiylarniug qisqa muddatli boshqaruvi Ganaga og'ir zarba bergan. Marokashliklarni quvib chiqargandan so‘ ng Gana hududi faqat Aukar va Bassikunu viloyatlari bilan cheklanib qolgan. G‘arbiy Sudanning keng hududlarida mustaqil davlatlar paydo boMgan. Gana irmogMdagi kichik Kanyaga davlati mustaqil boMgan. XII asrda Kanyaga hukmdorlari Gananing sobiq hududlari - Beledugu viloyatining shimoliy qismi, Bagananing janubiy qismi va Diag viloyatining bir qismini bosib olib, bir vaqtlar qudratli Gana uchun xavfii raqibga aylangan ulkan Soso davlatini tashkil qilib, tajovuzkor siyosat olib borgan. XII asrda Ganaga nisbatan Soso va Mali qirolligining siyosiy e’tibori kuchaygan. U Sudanning shimoliy savdo aloqalari markazi boMishni to'xtatgan. 1203-yilda Soso davlati qo'shinlari butun Ganani zabt etgan. Poytaxtda qolgan soninke zodagon oilalari, arablar va barbar savdogarlari shaharni tark etgan. 1230-yilda Soso sharqda Niger va janubda Senegal, g‘arbda Galam va Tagant va shimolda Sahara orasidagi ko‘ p qismni qamrab olgan. Shunday qilib, Soso davlati G ‘ arbiy Sudandagi barcha karvon yoMlarini qoMgakiritgan. Ularning kesishmasida 1224-yilda Ualata shahri tashkil etilib, u mamlakatning eng muhim iqtisodiy markaziga aylangan. Soso davlatining xavfii dushmanlaridan bir Mali podsholigi edi. Bu davlat ilgari Ganaga qarashli boMgan savdo markazlari va barcha oltin tashiluvchi yoMlarini qoMga kiritgan edi. Bu davlatning birlashishiga uning etnik tarkibining bir xilligi, aholisining asosiy qismi boMgan Malinke qabilalari ham yordam bergan. M a li davlati. Mali davlatining vujudga kelishi VIII asrga tcrg'ri keladi. Mandingo an’ anaviy og'zaki tarixi va IX asrga oid arab manbalari ham buni tasdiqlaydi. Malining dastlabki chegaralari sharqda Nigerning yuqori oqimi, shimolda Beledugu va g ‘arbda Bakoy daryosining yuqori oqimlarigacha boMgan. Davlatning asosini Taraore, Konate va undan keyin Keyta qabilalari joylashgan Malida shimoliy hududlar tashkil qilgan boMib, ushbu qabilalar Mali davlatida doimiy ravishda yetakchilik qilgan. XI asrda hukmron sulola islom dinini qabul qilgan, ammo aholining asosiy qismi o ‘zlarining qadimiy e’tiqodlarini saqlab qolgan. Arab va 186 Inn lui laming musulmon savdogarlari Mali davlatiga tez-tez tashrif biivuni boshlaganlar, ularning hukmdorlari esa ular bilan doimiy •ijiviln aUHjalarini o ‘matishga yordam berganlar. Malidagi iqtisodiy hayot gullab-yashnagan va siyosiy ahamiyat ml,mu XII asrning ikkinchi yarmiga kelib hokimiyat Keyta urugMga Yangi sulola asoschisi Sundiata (1230—1255) — taniqli va davlat arbobi bo'lgan. Uning q o ‘l ostida tashkil rtilgan kuchli va intizomli q o ‘ shin, ayniqsa suvoriylar qo£shnilarga tj.iiчЬi kurashda harbiy ustunlikni ta’ minlagan. Dastlabki harbiy vnrishlar Sangaran va Futa Jallon viloyatlarining Mali tarkibiga bilan yakunlangan. Keyin Sundiata sharqda tajovuzkor hii|umlarni amalga oshirgan. U jangovor bambara qabilalarini Hatile daryosining narigi tomoniga surib chiqarishga muvaffaq bo‘lib, Niger va Baule o'rtasidagi barcha hududlarni egallab olgan. Sundiata Soso podshosiga qarshi urush e ’ lon qilib, uning janubiy уч-rlariga bostirib kirgan. U Beleduga va Kirinaning janubiy qismini hamda Nigerning o'ng sohilidagi Kenienko hududini egallab olgan. I(5 - y iid a g i Kirin jangida Soso qo'shinlari mag‘ lub etilgan va ushbu davlat hududining katta qismi Mali tarkibiga qo‘ shilgan. 1240-yilga kelib Soso davlatining barcha yerlari Sundiata q o ‘ l ostiga o ‘ tgan. Sundiata davrida Sankarani chap qirg‘og'idagi o ‘rmon (hoz. Nioro ) luidudida davlatning yangi poytaxti - Niani shahri barpo etilgan. Mali qo‘ mondonlaridan biri Amari-Sonko, istilolarini davom I'tlirib, mashhur oltin konlari joylashgan Gangaran va Bambuk lumanlarini egallagan. Mali qo'shinlari Gambiyaning quyi qismiga, lekrur va Voloflar davlatining chegaralarigacha yetib borgan. Sundiataning istilochilik siyosatining asosiy maqsadi Mali davlati hukmronligini G ‘arbiy Sudan karvon savdosining asosiy markazlari hamda oltin qazib olinadigan hududlargacha yetkazish edi. Mali G‘arbiy Sudandagi eng qudratli davlatga aylangan. XII asming ikkinchi yarmidagi tajovuzkor yurishlar natijasida Mali luidudi yanada kengaygan. Biroq, ko‘ plab qo‘ mondonlar vassalga iiylanib, yangi bosib olingan hududlar hukmdoriga aylana boshlagan. Davlat poytaxti - Niani bu vaqtga kelib Nigerning yuqori oqimidagi yirik savdo markaziga aylangan, u orqali Mag‘rib va Liviya karvt)iilari o‘tgan. Mali davlati tarkibiga G ‘ arbiy Sudanning eng yirik savdo va madaniy markazlari - Valat va Timbuktu ham kirgan. 187 Malining tashqi dunyo bilan iqtisodiy aloqalari haddan tashqari kengaygan. Mag'rib va Misr bilan doimiy savdo aloqalari yo'lga qo'yilgan. Gana davlatida bo'lgani kabi, savdo-sotiqning asosiy mahsulotlari tuz, oltin va shisha buyumlar bo'lgan. Malining tashqi siyosiy aloqalari ham kengaygan. Marokashning Merinid sultonlari bilan ham diplomatik aloqalar o'rnatilgan. X IV asming ikkinchi yarmi Mali tarixida davlat to'ntarishlari va tez-tez yuz beradigan nizolar bilan ajralib turgan. Bularning barchasi Mali davlatini zaiflashtirgan. Natijada qo'shnilar uning hududlarini bosib olishga kirishgan. Shuningdek, u bosib olingan hududlardagi markazdan qochish tendensiyalarini kuchaytirgan. Mali davlatining asosiy raqiblaridan biri Songai davlati va Mosi qabilasining Yatenga davlati bo'lib, ular X V asrda Malini alohida hududlarini bosib olgan. Manding jamiyatining asosiy bo'g'ini qullar va qullikdan ozod bo'lganlami o 'z ichiga olgan katta patriarxal oila bo'lgan. Shu kabi bir necha patriarxal oilalar qishloq jamoasi - «dugu»ga birlashgan. Patriarxal oilalardagi hukmdorlik ular orasidagi qariyalar, keyinchalik alohida oilalar qariyalariga o'tgan. Jamoaning oddiy a’zolari erkin dehqonlar va hunarmandlardan iborat bo'lgan. Jamiyat iyerarxiyasining eng quyi bo'g'ini quliardan iborat bo'lgan. Qullar bir necha toifalarga bo'lingan. Qullarning aksariyati harbiy asirlardan iborat bo'lgan. Qullik abadiy bo'lmagan. Har bir qullar avlodi asta sekin ozodlar jamoasiga qo'shilgan. Am m o amalda ozodlikka chiqqanlar ham jamiyatning teng huquqli a’ zosi bo'lmagan. Bu ozod qilinganlar va hattoki qullarning nafaqat jamiyatda, balki davlat ishlarida ham yuqori mansabdor mavqega ega bo'lish imkoniyatiga ega bo'lgan. Jamiyatning oddiy a’zolari, qullar va ozod bo'lgan qullar haftada besh kun patriarxal oilaning yerlarida ishlab bergan. Qolgan ikki kun davomida ular o 'z yerlarida ishlashgan, biroq olingan hosil jamoa foydasiga o'tgan. Bunday holda qul bilan oddiy jamoa a’zosining farqi qolmagan. Yerni jamoa a’zolari o'rtasida taqsimlash huquqi patriarxal oila boshlig'iga tegishli bo'lgan. Hosil, ovdagi o'lja, o'rmonlarni kesish va boshqalar daromadlardan oila boshlig'i foydasiga ulush berilgan. Oqsoqollar qo'lida yerlarni tasarruf etish huquqi, sud va ruhoniv 188 va/ilalari to‘ p!anishi bu guruhning Mali ijtimoiy hayotidagi ustun mavqcini belgilab bergan. Iqtisodiy kuch va uning boshqa jamoalarga nisbatan tutgan o'rni lanioa tomonidan egallab olingan yerlarning sifati va hajmiga, qullar soniga va nihoyat karvon savdo yo'llarida joylashganligiga bog'liq edi. Jamoalar o'rtasidagi iqtisodiy tengsizlik ba’zilarning o'sishiga va boshqalarning qaram holatiga olib kelgan. Drug' oqsoqollarining siyosiy va shaxsiy kuchi harbiy qismlarga, soqchilar tarkibiga kirgan xizmatkorlar va qo'riqchilarga tayangan. Onl qo'riqchilarining harbiy boshliqlari ham quliardan tayinlangan. Asta-sekin ular oqsoqollarga nisbatan kuchayib borgan. Quliardan iborat tansoqchilar podsholar siyosatida katta rol o'ynagan. I Iunarmandlar aholining maxsus guruhini tashkil qilgan. Ularning ixtisoslashuviga ko'ra ular o'zlarining shaxsiy boshqaruvlari bilan ancha yopiq kastalarga birlashganlar. Malidagi hukmron tabaqa bir necha jamoa, urug' va qabila zodagonlarining guruhlaridan iborat bo'lgan. Rivojlanayotgan feodal munosabatlar patriarxal urug' va qul inunosabatlarining elementlari bilan chambarchas bog'liq edi. Hukmron tabaqaning kelib chiqishi bir xil bo'lmagan. Dastlab u iimg'larning sardorlari va ularning yaqin qarindoshlaridan iborat bo'lgan. Mali davlatida birinchi o'rinni yerni tasarruf etish huquqiga ega bo'lgan hukmron Keyta qabilasi egallagan. Fath qilingan viloyatlarning hokimlari ushbu qabilaning a’ zolaridan saylanganligi sababli, aslida u davlat yerlarining katta qismiga egalik qilgan. Mandingo zodagonlariga Keytaning siyosiy hokimiyatiga bo'ysungan sobiq mustaqil urug' Konate, Taraore va boshqalar ham kirgan. lsyonkor feodallar va xalqlarga qarshi kurashda quliardan tuzilgan soqchilarning boshliqlari muhim siyosiy rol o'ynagan. Soqchilar boshliqlari va askarlar hukmdordan nafaqat oltin mukofotlarini, balki turli xil vazifalami bajarishlari kerak bo'lgan katta yer mukofotlarini ham olishgan. Katta yer maydonlarining berilishi marka/.dan qochish tendensiyalarining paydo bo'lishiga olib kelgan, natijada Mali davlati tanazzulga uchragan. O'rta asrlardagi Mali iqtisodiyoti tabiiy xususiyatga ega edi. Mali qishloq jamoasida hunarmandlarning (temirchi, duradgor, zargar, to'quvchi) mavjudligi boshqa jamoalar bilan savdo almashinuvini 189 talab qilmas edi, chunki bu barcha jamoaiarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bir xil bo‘ lgan. Mavjud mahalliy ichki bozorlar esa kichik joylar bilan cheklangan. Mali davlatida tashqi savdo rivojlangan bo'lib, ular oltin, baliq, tuz, qum savdosi va mis teri savdosi bilan shug‘ullangan. Mali davlati Shimoliy Afrika mamlakatlari bilan oltin savdosida yetakchilikka erishgan. Oltin savdosida podshohlar, zodagonlar. shuningdek, xizmat qiluvchi zodagonlar va qul soqchilarining boshliqlari ham ishtirok etgan. Shisha buyumlar, matolar, qurollar va boshqa hunarmandchilik buyumlari evaziga oltin xarid qilingan. Ichki bozorda esa katta miqdordagi oltin tuzga almashtirilgan. G'arbiy Sudanda tuzjudaqadrlangan, uni faqatoltinga aimashtirish mumkin boMgan va bu ayirboshlash ko'pincha 1/2 nisbatda boMgan. Qullar mehnatidan tuzni konlardan tashishda foydalanilgan. Tuz savdosining asosiy markazlari shaharlar boMgan. Tashqi savdo bir necha yirik shaharlardagi bir guruh shaxslar qoMida boMgan. Timbuktu va Jenna Mali davlatining eng muhim savdo va hunarmandchilik markazlari boMgan. Hunarmandlar kulolchilik, ip yigirish va to‘qimachilik, charm va qalqon yasash, qayiqlar yasash bilan shug‘ ullanishgan. Shaharlarda Shimoliy Afrikalik savdogarlar, voizlari va musulmon huquqshunoslarining mustamlaka manzilgohlari mavjud boMgan. Odatda ular alohida-alohida mahallalarda yashab, o ‘zini o'zi boshqargan. Songai davlati yoki G a o imperiyasi va uning ijtimoiyiqtisodiy tizimi. Mali davlatining zaiflashishi bilan Songai davlati kuchaygan. Songai Mali davlatining sharqiy hududlarida joylashgan bo'lib, bir necha asrlar davomida Mali qirollariga xizmat qilgan. Bu holat X V asming boshlariga kelib, Songai hukmdorlari Malidan mustaqil boMgandan keyin davom etgan. Qo'shni qabilalami zabt etgan songailiklar Nigerning Jenna shahrigacha boMgan butun o'rta hududini o'zlariga bo'ysundirgan. Davlat hukmdorlari Barbarlar sulolasidan boMgan. Savdo markazlarining sharqdan Timbuktu mintaqasiga ko‘chishi, Malining siyosiy zaiflashishi natijasida Songai davlatining iqtisodiy rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Bu voqea X V asrning o'rtalarida, Buyuk Ali Bera hukmronligi davriga (1465-1492) to‘ g'ri kelgan. 1468-yilda Ali Bera Timbuktuni, yetti yil oMgach 190 ynik savdo markazi - Jenneni egallab olgan. Shuningdek, u g ‘ arb va janubi-g'arbda o 'z davlatining hududini kengaytitgan, chegara qabilalari va davlatlari bilan ko'plab qo'shinlar olib kelgan. Uning qo'shinlari Yatenga va Gurma davlatlarini, Dogon, Barbar va Fulbe qabilalarini mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan.


Download 119.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling