Mavzu: Angidritli bog’lovchilar. O’ta kuydirilgan gips


Download 40 Kb.
Sana02.04.2023
Hajmi40 Kb.
#1319089
Bog'liq
5-dars(4)


Ma’ruza. № V/5
Mavzu: Angidritli bog’lovchilar. O’ta kuydirilgan gips.
Reja:
1. Angidritli bog’lovchilar;
2. O’ta kuydirilgan gips.
1. Angidritli bog’lovchilar
Tabiiy gips toshini yoki angidritni 600–700 oC (873-973 K) da pishirib, so‘ng
tuyib, havoda qotadigan bog‘lovchi modda – angidrit sementi olinadi. Uning kimyoviy formulasi CaSO4 – bu bog’lovchi moddani Budnikov P.P. taklif etgan. Bu modda sekin tishlashib qolish va sira ham qotmasligi yoki tishlashib qolmasligi bilan fazilatlanadi. Biroq aktivizatorlarni kiritish angidritning eruvchanligini oshiradi va gidratatsiya uchun sharoit yaratadi. Aktivizatorlarni bu xarakatini Budnikov P.P. shunday tushuntiradi: gips suv va tuzlar bilan o’zining yuzasida chidamsiz murakkab gidrat hosil qiladi. Kimyoviy tarkibi CaSO4 bo’lgan birikmalarning bog’lovchilik xususiyatli past. Shu tufayli unga katalizator rolini o’ynovchi kimyoviy qo’shimchalar (ohak – 3-5%, natriyli bisulfat yoki natriyli sulfatning temiri yoki mis kuporosi bilan aralashmasi - 1-2%., 800-900 K da quydirilgan dolomit - 3-8%, asosli donador shlak - 10-15%, yonuvchi slanetslar kuli -10-20%) qo’shish zarur. Erimaydigan katalizatorlarni quydirilgan toshni maydalash jarayonida, eriydiganlarini esa suvli eritma xolida maxsulotni qorganda qo’shiladi. Ularning zarrachalari kristallanish markazlari rolini o’ynab, gidratatsiya va qayta kristallanish jarayonlarini tezlashtirishga olib keladi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi. Angidrit bog’lovchini ishlab chiqarish jarayoni
gipstoshni 600-700 0C da shaxtali yoki aylanma pechlarda qo’shimchalar qo’shib
maydalab yoki qo’shimchalar qo’shmay kuydirish hisoblanadi. Gipstoshni shaxtali, yoki aylanma pechlarda kuydiriladi, so’ng mayda maydalanadi. Angidrit gidravlik bog’lovchi xossaga ega emas, u faqat havoda qotadi. Qurilish eritmalari, shuningdek betonlar va quruq sharoitda ishlatiladigan qurilish moddalari hamda sement xamiri ko’rinishidagi modda tayyorlash uchun ishlatiladi. Markasi 50, 100, 150, 200. Angidritli sement ishlab chiqarilayotganida bitta katalizator ishlatilsa (masalan, ohak yoki qurilish gipsi) texnologik sxema anchagina soddalashadi va aralashma tayyorlash osonroq bo’ladi. Tabiiy angidrit sement olishda ishlatilayotgan bo’lsa, uni 170-1800 C li haroratda quritish zarur. Agar tabiiy yoki sun‘iy angidrit asosida o’ta kam katalizator ishlatilgan yoki katalizatorsiz sement olishga intinilsa, u holda maxsulot yuqori darajada tuyilishi kerak. Sementning zarrachalari 006 nomerli (1sm2 da 10 000 ta ko’zi bor) elakdan o’tishi kerak, bu esa earracha kesimining o’lchami 0,06 mm dan kichikligi haqida dalolat beradi. Ko’rinib turibdiki, angidritni ushbu darajada maydalash uzoq vaqt va mablag’ talab qiladi.
Angidrit sement sekin quyuqlanuvchan bog‘lovchidir. Quyuqlanishining
boshlanishi 30 daqiqadan kam bulmaydi, oxiri esa 24 soatgacha, suvga chidamliligi gipsga nisbatan yuqori. Siqilishiga bo‘lgan mustahkamligi bo‘yicha G-2 dan G-10 gacha markalarga bo‘linadi. Zichligi 2,8-2,9 g/sm3, o‘rtacha og‘irligi 850-1100 kg/m3 ga teng. Angidrit sement yaxlit pollar qurishda, gisht terish va suvoqchilik qorishmalari olishda va sun‘iy marmar olishda ishlatiladi.
Quyida qisqacha qilib ikki molekula suvli gipsni kuydirish yo’li bilan angidritli
sement olish shartli sxemasini keltirish mumkin.
Ikki molekula suvli gipstoshni qizdirish jarayonida quyida keltirilgan
mahsulotlar hosil bo’ladi. Ikki molekula suvli gipstoshni suvsizlantirish mahsulotlari kuydirish sharoitlariga ko’ra yarim molekula suvli gips va suvsiz gips kristallari tuzilishi turlicha bo’ladi. To’yingan bug’ bilan bosim ostida  - CaSO4 0,5 H2O ning tiniq igna yoki prizmalar ko’rinishidagi kristallari hosil bo’ladi. Qurilishda ularning suvli aralashmasi qotganidan keyin ancha zich va mustahkam mahsulot olinadi. CaSO4 2H2O quruq muxitda qizdirish esa beta modifikatsiyali CaSO4 0,5H2O va CaSO4 larni payda bo’lishiga olib boradi. Jarayonda suv bug’ holida ajralib chiqadi. Natijada mayda kristall strukturaga ega bo’lgan moddalar gipsning asosiy massasini tashkil etadi. -CaSO4 0,5H2O qurilish qorishmasi hosil qilish davrida ko’proq suv talab qiladi.
Aralashma qotganidan keyin hosil bo’luvchi mahsulot mustahkamligi esa al‘famodifikatsiyasiga qaraganda kamroq bo’ladi.
2. Yuqori haroratda kuydirib olinadigan gips (Estrix gips).
Ta‘rifi. Ikki molekula suvli gipstosh yoki tabiiy angidritni 800-1000 oC haroratda
kuydirish va to’yib maydalash yo’li bilan olinadigan havoda qotuvchi bog’lovchi
modda yuqori (katta) temperaturada kuydirilgan gips yoki estrix gips deb ataladi.
Uning angidritli sementdan farqi mahsus qo’shilma - katalizatorlarsiz ham
qotaolishidadir.
Ma‘lumki, tabiiy gipstosh 300-450 oC li haroratda qizdirilsa butunlay suvsizlanadi:
CaSO4 . 2H2O = CaSO4 + 2H2O Pechdagi harorat 800-1000 oC ko’tarilganda CaSO4 qisman parchalanib, ohak erkin holatda yoki mCaSO4. nSaO tipida ajralib chiqadi: 2CaSO4 =2CaO + 2SO2+O2
Gipstoshning 1 kg ini suvsiz holatga keltirish jarayonida 236 kkal issiqlik sarf
bo’ladi. Ohak‖ qotish jarayonida kalsiy sulfati bilan bog’lanib mCaSO4. nCaO formulali birikmani hosil qiladi. Estrix gips tayyorlash texnologiyasi. Qol’laniladigan texnologik sxema angidritli sement olish sxemasiga nisbatan soddaroq bo’lib, u quyidagi shartli operatsiyalardan tashkil topgan:
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling