Mavzu: aniqlovchi va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Mundarija: I. Kirish


SO‘Z BIRIKMALARI LISONIY XUSUSIYATLARI


Download 62.13 Kb.
bet4/5
Sana30.01.2023
Hajmi62.13 Kb.
#1140711
1   2   3   4   5
Bog'liq
TOLDIRUVCHI

SO‘Z BIRIKMALARI LISONIY XUSUSIYATLARI

Boshqa lisoniy hodisa kabi so’z birikmasi LSQlarini tiklash va uning voqelanishi farqlanadi. So’z birikmasi LSQining voqelanishi «lison-nutq» yo‘nalishida bo‘lib, bu yo‘nalish umumiylikdan oraliq ko‘rinish orqali xususiylikka – nutqiy hodisaga qarab boradi. Masalan:
[W→W] [W morfologik vosita →W morfologik vosita] [W qaratqich kelishigi →W egalik qo‘shimchasi ] [ism qaratqich kelishigi →ism egalik qo‘shimchasi ] [ot qaratqich kelishigi →ot egalik qo‘shimchasi ] [ot atoqli qaratqich kelishigi →ot turdosh egalik qo‘shimchasi ] .Karimning kitobi. Bunda [W-W] umumiy lisoniy sintaktik qolip bo‘lsa, [ot atoqli qaratqich kelishigi →ot turdosh egalik qo‘shimchasi ] – quyi lisoniy sintaktik qolip. Karimning kitobi hosilasi – ana shu LSQ asosidagi nutqiy so’z birikmasidir. LSQni tiklash xususiylik (nutqiy hosila)dan oraliq ko‘rinish orqali umumiylik sari boradi va bu jarayon «nutq-lison» yo‘nalishida kechadi. Nutqiy so’z birikmasining voqealanishida boshlang‘ich nuqta [W→W] qolipi bo‘lsa, uni tiklashda Karimning kitobi kabi nutqiy so’z birikmalari asos bo‘lib xizmat qiladi. Yuqorida aytilganidek, o‘zbek tilida so’z birikmasining 18 ta umumlashmasi – LSQi mavjud bo‘lib, ularni a’zolarining birikuv omillari asosida jadvalda quyidagicha umumlashtirish mumkin. Quyida har bir riyoziy-mantiqiy katakdagi bittadan LSQningasosiy ko‘rinishi va ma’noviy turlarini tasvirlashga harakat qilinadi. [W qaratqich kelishigi →W egalik qo‘shimchasi] qaratuvchi-qaralmish. Qolipda a’zolar W belgisi bilan berilgan bo‘lib, bu muayyan so‘z turkumi belgisi emas. Chunki bunda W unsurini to‘ldiruvchi a’zo sifatida turli xil mustaqil so‘z turkumi qatnashishi mumkin. Shuningdek, bu LSQning quyi bo‘linishi uning tegishli so‘z turkumi tomonidan to‘ldirilishi asosida bo‘lib, ular quyidagilar: 1) [ot qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi = ot qaratuvchi +ot qaralmish] (kitobning varog‘i); 2) [ot qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi = ot qaratuvchi+ sifat qaralmish] (daraxtning mo‘rti); 3) [sifat qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi= sifat qaratuvchi + ot qaralmish] (gulning) qizilining hidi); 4) [sifat qaratqich kelishigi→ sifat egalik qo‘shimchasi= sifat qaratuvchi + sifat qaralmish] (olmaning) kattasining chuchugi); 5) [ot turdosh qaratqich kelishigi→ sifat egalik qo‘shimchasi= ot qaratuvchi + son qaralmish] (gulning bittasi); 6) [son qaratqich kelishigi→ Son egalik qo‘shimchasi= son qaratuvchi + son qaralmish (o‘nning yarmi); 7) [ot qaratqich kelishigi → harakat nomi egalik qo‘shimchasi = ot qaratuvchi+fe’l qaralmish] (Otabekning qaytishi); 8) [harakat nomi qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi = fe’l qaratuvchi+ot qaralmish] (uyalishning o‘rni); 9) [harakat nomi qaratqich kelishigi→ harakat nomi egalik qo‘shimchasi= fe’l qaratuvchi + fe’l qaratuvchi (olmoqning bermog‘i); 10) [ot qaratqich kelishigi→ sifatdosh egalik qo‘shimchasi= ot qaratuvchi + sifatdosh qaralmish (yurakning to‘xtagani);11) [sifatdosh qaratqich kelishigi →ot egalik qo‘shimchasi = sifatdosh qaratuvchi + ot qaralmish] (qo‘rqqanning ko‘zi);12) [ot qaratqich kelishigi → ravish egalik qo‘shimchasi= ot qaratuvchi + ravish qaralmish (mehnatning kecha-kunduzi);13) [olmosh qaratqich kelishigi→ ot egalik qo‘shimchasi= olmosh qaratuvchi + ot qaralmish (mening vatanim); egalik qo‘shimchasi= ravish qaratuvchi + ot qaralmish (hozirning huzuri).Umumiy [W qaratqich kelishig → W egalik qo‘shimchasi ] qolipining bu ko‘rinishlari ham bevosita kuzatishda berilgan, ular o‘zaro a’zolarining qaysi turkumga mansubligi bilan farqlanar ekan, demak, bu farq lug‘aviy mohiyatlar asosidadir. Qaratqich kelishigi – egalik qo‘shimchasi qaratuvchi -qaralmish qolipi hosilalari turli xil ma’noviy munosabatni namoyon qiladi.Bu qatorni yana davom ettirish mumkin. Кo‘rinadiki, so’z birikmasidan so’z birikmasiga o‘tish bilan ularning ma’noviy munosabati ham farqlanib bormoqda. Ma’noviy munosabatlar orasida aynan o‘xshashlik yo‘q. Bu leksemalar asosida ko‘plab so’z birikmasi tuzish mumkin va ularning har biri borliqdagi har xil – «atash», «ajratish», «ega-egalik qiluvchi narsa» kabi munosabatlarni aks ettiradi. Bu obyektiv munosabatning qaysi biri voqelanishi esa birikmadagi grammatik qo‘shimcha bilan belgilanadi Qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi Karimning kitobi birikmasida ikki xil ma’noviy munosabatni voqealantiradi: «ega-egalik qilinuvchi narsa» va «muallif-uning asari». Lekin [W qaratqich kelishigi →W egalik qo‘shimchasi = qaratuvchi – qaralmish] LSQi bu ikki xillik so‘z birikmasi befarq. Chunki bu omonimlikni nutqda yoki lisonda [Wqaratqich kelishigi→ W egalik qo‘shimchasi ] dan quyida maxsus vositalar farqlaydi. Bu vositalar matn (Karim kitob oldi. Karimning kitobi qiziq ekan, yoki Karim kitob yozdi. Karimning kitobi qiziq ekan yoki so’z birikmasi a’zosining kengayishi (Karimning yozgan kitobi) kabidan biri yoki bir nechtasi bo‘lishi mumkin. Demak, ayon bo‘ladiki, yuqoridagi jadvalda keltirilgan so’z birikmasi a’zolari orasidagi ma’noviy munosabat [W qaratqich kelishigi→ W egalik qo‘shimchasi] qolipiga daxldor bo‘lmay, balki uni to‘ldirayotgan leksemalar va ular borliqda ataydigan narsa-predmet orasida bo‘ladigan munosabatning aksi bo‘lib, bu munosabat leksemaning miqdoriga muvofiq ravishda rang-barang bo‘lishi mumkin. Masalan, borliqdagi stol va oyoq jismlari orasida «ega-egalik qiluvchi narsa» munosabati bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, bu ma’noviy munosabat qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasining ma’nosi ham emas. Bu jismlar orasida butun-qism munosabati mavjud, u so’z birikmasida ham aks etgan. So’z birikmasidagi turli-tuman ma’noviy munosabat bir qarashda qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi ma’nosidek ham tuyuladi. Lekin qaratqich kelishigi tobe so‘zni hokim so‘zga, egalik qo‘shimchasi hokim so‘zni tobe so‘zga bog‘lash uchungina xizmat qiladi, xolos. Unga tegishlidek tuyulgan ma’nolar qolipni to‘ldirayotgan leksemalarning ma’noviy mohiyati bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur qo‘shimchalar namoyon qiluvchi vositalardir, xolos. [ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l] qolipi. So’z birikmasining bu LSQi birinchi uzvi morfologik shakllangan va shuning uchun ShMJ birikuv omiliga ega va ikkinchi qismda grammatik ko‘rsatkich bog‘lanish uchun so‘z birikmasi atamasi ahamiyatsiz bo‘lganligi bois, birikuv omillarining MShJ kombinatsiyasi amal qiladi. Qolipning birinchi uzvini ism turkumiga oid so‘zlar to‘ldirib, ular hokim uzvga tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari shakllari bilan bog‘lanadi. Birinchi uzvi asosida LSQ quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Tushum kelishigi → fe’l] (kitobni/yaxshini/uni gapirish/o‘qimoq/so‘ramoq/ boshlamoq/ni bas qil.) kabi.
LSQning birinchi uzvi morfologik shakllanganligi tufayli uni to‘ldiruvchi so‘zda shakliy omil birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Joylashuv omili esa oxirgi o‘ringa tushadi. Zero, birikma a’zolarini erkin almashtirish, ular orasiga so‘zlar kiritish birikmaning mohiyatiga, a’zolar orasidagi ma’noviy munosabatga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ikkinchi a’zo grammatik shakllanganligi sababli ma’noviy omil kuchayib, birinchi uzvda joylashuv omili o‘ta kuchsiz bo‘lganligi bois ikkinchi fe’l uzvda ham bu omilning kuchsizlanishi va uchinchi o‘ringa surilishini taqozo qiladi. [ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l] LSQining birinchi uzvida bir necha kelishik umumlashmasi aks etganligi uchun uning mazmuniy jihati ham murakkab tabiatli bo‘ladi va uni harakatga tortilgan yoki bog‘liq obyekt (joy-harakat) ko‘rinishida berish mumkin. Bu ma’noviy umumiylik [ism kelishik qo‘shimchasi→ fe’l] LSQining xususiy ko‘rinishlarida alohida kelishik qo‘shimchalari tomonidan juz’iylashtiriladi, muayyanlashtiriladi. Masalan: [ism tushum kelishigi → fe’l = vositasiz obyekt-harakat];[ism jo‘nalish kelishigi → fe’l = vositali obyekt/hol-harakat];[ism chiqish kelishigi → fe’l = ajralish manbai/o‘rin-harakat]va hokazo.[ism → ot] LSQi. Bu LSQ so’z birikmasi [W→W] qolipining alohida turi, u bitishuv aloqali nutqiy hosila berishi bilan xarakterlanadi.[ism → ot] LSQ i uzvlari o‘zaro hech qanday morfologik vositasiz bog‘langan, bunday unsurlarda birikuvning joylashuv omili kuchayadi, shakliy omil o‘ta kuchsizlanadi. Ma’noviy omil esa birikuvni ta’minlovchi ustuvor omil maqomida bo‘ladi: MJSh-MJSh.[ism → ot] LSQining mazmuniy jihati birikuvchi unsurlarning ma’noviy munosabatini umumlashtirish asosida lisoniy mazmunga ega bo‘ladi, LSQni yaxlit holda [ism → ot =sifatlovchi – sifatlanmish] tarzida ta’riflash mumkin. Ma’lum bo‘ladiki, LSQdan sintaktik shakl yasovchigina joy oladi. Lug‘aviy shakl yasovchi esa LSQ uchun ahamiyatsiz, ikkiyoqlama tabiatga ega bo‘lgan lug‘aviy-sintaktik shakllar qolip uchun ahamiyatli vositalar sifatida lug‘aviy shakllar tizimining chekkasidan joy oladi.
LSQni o‘qish va yozish qoidalari. Lisoniy birlik bevosita kuzatishda berilmagan bo‘lib, ular yozish yoki aytish uchun ham shartli belgidir. Lisoniy birlik bo‘lgan LSQ yozuvda turli shartli belgi vositasida beriladi. Biroq bu shartli belgini o‘qishning o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Ma’lumki, ximiyada moddalar turli shartli belgilar vositasida ifodalansa-da, ular aynan o‘qilmaydi. Masalan, H2SO4 ni «Ash ikki S O to‘rt» deb o‘qish to‘g‘ri emas. LSQgaham shunday munosabatda bo‘lish lozim. Deylik, [W morfologik vosita→W morfologik vosita] qolipini o‘qish buyurilgan. Uni «W morfologik vosita va W morfologik vosita», deb emas, balki,«ikki uzvi morfologik shakllangan atov birligi» deb o‘qish tavsiya etiladi. Agar LSQ [ism kelishik qo‘shimchasi → ism egalik qo‘shimchasi] ko‘rinishida bo‘lsa, u «ikki uzvi ismli qaratuvchili birikma» tarzida o‘qilishi maqsadga muvofiq.
Ma’lum bo‘ldiki, LSQning shakliy tomonigina yoziladi va o‘qiladi. Zero, ikki yoqlamali birlik bo‘lgan leksema va morfemaning ham shakliy tomoni shartli ravishda yoziladi va o‘qiladi: kitob leksemasi, -ni morfemasi kabi. Ularning mazmuniy tomoni bo‘lgan semema yoki grammatik ma’no birliklarning shakliy tomoni bilan yaxlit idrok etiladi va yozuvda uni alohida berish uchun zarurat bo‘lmaydi. Demak, LSQ ifodasida ham qulaylik uchun ularning shakily tomoni bilangina cheklanish ma’qul turg‘un so’z birikmasi va frazemalarning LSQdagi o‘rni turg‘un so’z birikmasi va frazemalar ham mohiyatan o‘zida tayyorlik, majburiylik, ijtimoiylik belgilarini mujassamlashtirganligi bois, bir atov birligi, bir leksemaga teng birlik sifatida qaralib, yaxlit holda LSQning bir uzvini to‘ldiradi. Masalan, Halimning tepa sochi tikka bo‘lishi [W qaratqich kelishigi → W egalik qo‘shimchasi ], qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan bola ([ism→ ot]) kabi.


Download 62.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling