Mavzu: aniqlovchi va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Mundarija: I. Kirish
Download 62.13 Kb.
|
TOLDIRUVCHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifasi
- SO‘Z BIRIKMASI VA SINTAKSIS MASALALARI
Kurs ishining maqsadi. So‘z birikmasi haqida umumiy ma’lumot to‘plagan holda quyidagilar kurs ishining asosiy maqsadi hisoblanadi:
So‘z birikmasi va sintaksis masalalari haqida atroflicha haqida ma’lumot berish So‘z birikmasi bogʻlanish omillari: bitishuv, boshqaruv, moslashuv usullarini atroflicha o‘rganish So‘z birikmasining lisoniy xususiyatlarinitahlil qilish kurs ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi. Kurs ishining vazifasi. Kurs ishining mavzusidan kelib chiqqan holda “So‘z birikmasining lisoniy sintaktik xususiyati va bogʻlanish omillari. » mavzusini rejalar asosida batafsil o‘rganish. Kurs ishining tuzulishi. Mazkur kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Asosiy qismda uchta reja orqali mavzu yoritilgan. ASOSIY QISM SO‘Z BIRIKMASI VA SINTAKSIS MASALALARI Soʻz birikmasi — ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzning tobe grammatik aloqa (moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv) asosida birikishi natijasida hosil boʻlgan, borliqdagi narsa va hodisalarning nomini bildiradigan sintaktik tuzilma — nutq birligi: ignaning koʻzi, kitobni oʻqimoq, oydin kecha va boshqa. Har qanday soʻz birikmasi birdan ortiq mustaqil soʻzning birikuvidan hosil boʻladi, tuziladi va ikki qismdan — hokim va tobe qismdan tashkil topadi: oliy maʼlumot (oliy — tobe qism, maʼlumot — hokim qism). Soʻz birikmasi komponentlarining tarkibiga koʻra sodda va murakkab turlarga boʻlinadi. Komponentlarining har biri bir soʻz shakliga teng boʻlgan soʻz birikmasi sodda soʻz birikmasi hisoblanadi: sayroqi qush, yigirma xonadon, tez yugurmoq kabi. Komponentlari yoki ulardan biri birdan ortiq soʻzdan, soʻz birikmasidan iborat boʻlgan birikmalar murakkab soʻz birikmasi deyiladi. Masalan, oliy maʼlumotli mutaxassis (oliy maʼlumotli — tobe qism, mutaxassis — hokim qism). Tarkibidagi hokim qismning qaysi soʻz turkumidan boʻlishiga koʻra soʻz birikmasining 2 turi farqlanadi: ot soʻz birikmasi va feʼl soʻz birikmasi. Ot soʻz birikmasi hokim komponenti feʼldan boshqa turkumga oid soʻz (ot, son, ravish) bilan ifodalangan soʻz birikmasidir (yuk mashinasi, barcha oʻquvchilar, goʻzal qishloq va boshqalar). Feʼl soʻz birikmasi hokim kismi feʼl bilan ifodalangan soʻz birikmasilaridir (bogʻni aylanmoq, kitob oʻqimoq, tez yurmoq kabi). Tarkibidagi tobe soʻzning sintaktik vazifasiga koʻra 3 turi farqlanadi: aniqlovchili soʻz birikmasi (yangi kitob), toʻldiruvchili soʻz birikmasi (ukamni oʻynatdim) va holli soʻz birikmasi (tez gapirmoq, qishloqda yashamoq). Soʻz birikmasi mazmun va ohang tugalligiga ega boʻlmaydi, fikr ifodalamaydi va shu xususiyati bilan sintaktik birlik boʻlmish gapdan farqlanadi.5 Sintaksis va uning tadqiq manbai. Til o‘z komunikativ vazifasini sintaktik qurilma – gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha – fonetik, leksik, morfologik hodisa ana shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki o‘ziga xos. Zero har qanday sintaktik hodisada so‘z va morfologik ko‘rsatkichni ko‘ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda leksik va morfologik omilga tayaniladi. Sintaksis (gr. sintaxys – tuzish, qurish) ning asosi – gap haqidagi taʼlimot. Gap, aslida, so‘zning erkin birikuviga ham asoslanganligi tufayli so‘zning bogʼlanish qonuniyati, so‘z birikmasi ham sintaksisda o‘rganiladi. So‘z birikmalarini o‘rganish gap taʼlimotining tarkibiy qismi, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. Sintaksis so‘zning har qanday birikuvini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvni lisoniy mohiyatini tekshiradi. Qaysidir yo‘sindagi so‘zning birikuvi bo‘lgan qo‘shma so‘z (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birlik (ilonning yogʼini yalagan, po‘konidan yel o‘tmagan, ko‘ngli bo‘sh) sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin bogʼlanishga ega emas. Sintaksis atamasi, grammatika atamasining o‘zi kabi ikki maʼnoli: tilning sintaktik qurilishi; grammatikaning tarkibiy qismi. Аtamani ana shu ikkinchi maʼnosida qo‘llab, birinchi maʼno ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz. Аsosiy sintaktik birliklar. So‘z birikmasi va gap – sintaksisning asosiy birliklari. Shunga ko‘ra, sintaksis ikki bo‘linadi: so‘z birikmasi sintaksisi; gap sintaksisi; So‘zning nutqda o‘zaro aloqaga kirishuvidan so‘z qo‘shilmasi vujudga keladi.So‘z qo‘shilmasini ikki guruhga birlashtirish mumkin: gap (Osmon tip-tiniq); so‘z birikmasi (tip-tiniq osmon). Til jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi. Аxborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. Demak, gap fikr ifodalaydi. So‘z birikmasi fikr emas, balki so‘z kabi tushuncha ifodalaydi. (Biroq so‘z birikmasi ifodalagan tushuncha so‘z ifodalagan tushunchadan farqlanadi.) Ko‘rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap, so‘z birikmasi so‘z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir. Sintaktik birlik – gap va so‘z birikmasi – so‘zning qo‘shilishidan hosil bo‘lishi, bu qo‘shilishning esa turli vosita (qo‘shimcha, yordamchi so‘z) va usul (masalan, tobe aloqaning turi) orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar bilan zich aloqada ekanligini ko‘rsatadi. Demak, nutqda: 1) so‘zlar o‘zaro sintaktik aloqaga kirishib, tushuncha ifodalovchi birlik – so‘z birikmasi vujudga keladi. So‘zlarning o‘zaro birikib, tushuncha ifodalovchi birlik hosil qilish qonuniyatini o‘rganish – so‘z birikmasi sintaksisining vazifasi; 2) so‘z fikr ifodalashga ixtisoslashgan nutqiy birlik – gapni shakllantiradi. Gap hosil qilish qonuniyati bilan gap sintaksisi mashgʼul bo‘ladi. Sintaktik birlikning ikki tomoni. LSQ tushunchasi. Fonetika, leksika va morfologiyada bo‘lgani kabi sintaksisda ham lisoniy va nutqiy jihat farqlanadi. Maʼlumki, lisoniy hodisa bevosita kuzatishda berilmaganlik (moddiylikdan xolilik), miqdoran cheklilik, takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik va majburiylik belgisiga ega, u bevosita kuzatishda berilganlik, miqdoriy cheklanmaganlik, betakrorlik, individuallik, ixtiyoriylik sifatiga ega bo‘lgan nutqiy hodisaga qarama-qarshi turadi. Nutqiy sintaktik birlik sifatida nutqda qo‘llanadigan, sezgi aʼzolariga taʼsir qiladigan, o‘qish, yozish, aytish, eshitish mumkin bo‘lgan so‘z birikmasi va gap tushuniladi. Lisoniy sintaktik birlik esa so‘z birikmasi va gap hosil qilish qolipi. Lisoniy sathga tegishli bo‘lganligi uchun ularni lisoniy sintaktik qolip (qisqacha LSQ) deb ataymiz. LSQ gʼisht qolipiga o‘xshaydi. Inson ongida ham so‘zlash, nutqni shakllantirish maqsadida leksemalarni so‘z birikmasi shakliga keltirish, gap hosil qilish qolipi mavjud. Ular LSQ, model, konstruktsiya, qurilma deb nomlansa-da, aslida bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, kitobni o‘qimoq kabi cheksiz birikmani chiqaradigan [ottushum kelishigi + feʼl] so‘z birikmasi qolipi qanday nomlanmasin, uning mohiyatiga taʼsir qilmaydi. Qolip va nutqiy hosila (so‘z birikmasi va gap) lar dialektik birlikda. Qolip nutqiy hosilasiz o‘lik va jonsiz, nutqiy hosila esa qolipsiz bo‘lishi mumkin emas. Quyida LSQ va nutqiy so‘z birikmasi hamda gapning bir-biriga o‘xshamaydigan, farqli xususiyatini bayon etamiz. 1. LSQning moddiylikdan xoliligi va nutqiy hosilaning moddiyligi. LSQ jamiyat aʼzolari ongida mavjud bo‘lib, kishilarning erkin birikma hosil qilish ko‘nikmasi sifatida uzoq davr mobaynida shakllanadi. Bu ko‘nikma bo‘lmasa, inson birikma hosil qila olmaydi. Bunga quyidagi dalil asosida amin bo‘lishimiz mumkin. Deylik, biror tilni, masalan, ingliz tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan kishi ongida bu tilga xos birikma tuzish ko‘nikmasi – LSQ shakllanmagan bo‘lsa, masalan, o‘zbekcha kitob va o‘qimoq so‘zining ingliz tilidagi a book va to read muqobilini bilsa-da, birikma hosil qila olmaydi yoxud o‘zbek tiliga xos [ottushum kelishigi + feʼl] qolipi asosida a book to read deya oladi, xolos. Ingliz tilida esa kitobni o‘qimoq birikmasini hosil qiluvchi LSQ [to V+ the N] ko‘rinishida bo‘lib, undan to read the book, to write the letter kabi hosila paydo bo‘ladi. Maʼlum bo‘ladiki, LSQ jamiyat aʼzolari ongida yashaydi va moddiy qiyofaga ega emas. Uni sezgi aʼzosi asosida bilib bo‘lmaydi. Qolipdan chiqqan nutqiy hosilani esa aytish, eshitish, yozish va o‘qish mumkin ekan, bu ularning moddiylikka egaligini ko‘rsatadi. 2. LSQning ijtimoiyligi va nutqiy birikmaning individualligi. LSQ bir kishi tomonidan emas, balki shu tilda so‘zlashuvchi jamiyatning barcha aʼzolari tomonidan uzoq vaqt davomida shakllantirilgan. Shuningdek, ular bir kishi uchun emas, balki jamiyatning shu tilda so‘zlashuvchi barcha aʼzosi uchun birday xizmat qiladi. Bu LSQning ijtimoiy tabiatga egaligini ko‘rsatadi. LSQ asosida vujudga keluvchi nutqiy hosila har bir kishi nutqida o‘ziga xos. Masalan, kitobni o‘qimoq so‘z birikmasi har bir so‘zlovchi nutqida o‘zgacha. Bu nutqiy hosilaning har biri kimning nutqiga tegishliligi, aytilgan o‘rni va zamoni, aytilish maqsadi va sharoiti kabi qator belgisi bilan farqlanadi. Hatto bir kishi nutqida aytilgan ikkita (kitobni o‘qimoq va kitobni o‘qimoq) so‘z birikmasidan ikkinchisi birinchisining aynan takrori emas. Zero bu nutqiy hosilalar hech bo‘lmaganda, so‘zlovchi shaxs, nutq vaziyati, zamoni bilan farqlanadi. Nutqiy hosilaning individualligi (alohidaligi) ni shunday tushunmoq lozim. 3. LSQning takrorlanuvchanligi va nutqiy hosilaning betakrorligi. Qolip har bir gʼishtda o‘z izini qoldiraverganligi kabi LSQ ham har bir so‘z birikmasi va gapda takrorlanaveradi. Lekin ikkinchi gʼisht birinchi gʼishtning takrori bo‘lmaganligi kabi, nutqiy hosilaga ham betakrorlik xos. Аslida borliqda bevosita kuzatishda berilgan birorta hodisada takroriylik yo‘q. Kesilgan daraxtni qayta ekib bo‘lmaganidek, qolipdan chiqqan so‘z birikmasini takror aytish, yozish mumkin emas. Ikkinchi bor aytilgan yoki yozilgandek tuyulgan so‘z birikmasi, aslida, boshqa hosila. 4. LSQning cheklanganligi va nutqiy hosilaning cheksizligi. Gʼisht qolipi bitta, undan chiqqan gʼisht hisobsiz. Shuningdek, deylik, [ottushum kelishigi+feʼl] qolipi bitta bo‘lib, undan kitobni o‘qimoq, qalamni sotmoq kabi ming-minglab so‘z birikmasini hosil qilish mumkin. Bugungi kunda o‘zbek tilida so‘z birikmasi hosil qilishning 18 ta ustuvor qolipi aniqlangan (ular haqida “So‘z birikmasi” faslida bahc yuritiladi). Bu qoliplardan chiqqan, chiqayotgan va chiqadigan nutqiy so‘z birikmasi miqdorini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Gap qolipi va ularning hosilalari ham xuddi shunday. 5. LSQning majburiyligi va nutqiy hosilaning ixtiyoriyligi. O‘zbek tilida so‘zlashuvchi kishi nutq jarayonida so‘z birikmasi tuzishga ehtiyoj sezar ekan, bunda LSQning yuqorida aytilgan 18 ta turidan foydalanishga majbur. Ularning LSQni o‘zgartirishiga, yangi-yangi LSQ tuzishiga til «qonunchiligi» tomonidan yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq nutqiy so‘z birikmasi yaratishda so‘zlovchi erkin. Qolip va nutqiy hosila o‘zida dialektikaning bir-biriga nisbatlanuvchi kategoriyalari munosabatini aks ettiradi. Buni quyidagicha tasavvur qilish mumkin
Bu jihatdan ham LSQ va nutqiy hosila munosabatini sharhlashga harakat qilamiz. 1. LSQ umumiylik va nutqiy hosila alohidalik sifatida. LSQ umumiylik sifatida ko‘plab nutqiy hosiladagi umumiy belgi-xususiyatni o‘zida jamlaydi. Masalan, kitobni o‘qimoq, xatni yozmoq va qo‘yni sotmoq birikmasidagi kitobni, xatni, qo‘yni tobe aʼzosi quyidagi umumiy belgilarga ega: ot turkumiga mansublik; tushum kelishigi bilan shakllanganlik; tobe aʼzolik. Bu uch umumiylik [ottushum kelishigi + feʼl] LSQining ot uzvida mujassamlangan. LSQning keyingi uzvi haqida ham shunga o‘xshash fikrni aytish mumkin. Har bir nutqiy hosila esa boshqa nutqiy hosilaga mutlaqo o‘xshamaydigan alohidalik. Аytilganidek, nutqda muayyan lugʼaviy maʼnoli birliklar aniq makon va zamonda muayyan qolip asosida erkin nutqiy birikma hosil qiladi. 2. LSQ mohiyat va nutqiy hosila hodisa sifatida. LSQ nutqiy hodisalar zamirida yashiringan, ularning ichki, barqaror, o‘zgarmas mohiyati, u nutqiy hosiladagi rang-baranglikka befarq. Nutqiy hosila esa bu mohiyatni turli nutq sharoitiga mos ravishda rang-barang ko‘rinishda aks ettiruvchi, biroq mohiyat chegarasidan tashqariga chiqa olmaydigan vaqtinchalik hodisa. Masalan, [ottushum kelishigi + feʼl] qolipi Bu jihatdan ham LSQ va nutqiy hosila munosabatini sharhlashga harakat qilamiz. 1. LSQ umumiylik va nutqiy hosila alohidalik sifatida. LSQ umumiylik sifatida ko‘plab nutqiy hosiladagi umumiy belgi-xususiyatni o‘zida jamlaydi. Masalan, kitobni o‘qimoq, xatni yozmoq va qo‘yni sotmoq birikmasidagi kitobni, xatni, qo‘yni tobe aʼzosi quyidagi umumiy belgilarga ega: ot turkumiga mansublik; tushum kelishigi bilan shakllanganlik; tobe aʼzolik. Bu uch umumiylik [ottushum kelishigi + feʼl] LSQining ot uzvida mujassamlangan. LSQning keyingi uzvi haqida ham shunga o‘xshash fikrni aytish mumkin. Har bir nutqiy hosila esa boshqa nutqiy hosilaga mutlaqo o‘xshamaydigan alohidalik. Аytilganidek, nutqda muayyan lugʼaviy maʼnoli birliklar aniq makon va zamonda muayyan qolip asosida erkin nutqiy birikma hosil qiladi. 2. LSQ mohiyat va nutqiy hosila hodisa sifatida. LSQ nutqiy hodisalar zamirida yashiringan, ularning ichki, barqaror, o‘zgarmas mohiyati, u nutqiy hosiladagi rang-baranglikka befarq. Nutqiy hosila esa bu mohiyatni turli nutq sharoitiga mos ravishda rang-barang ko‘rinishda aks ettiruvchi, biroq mohiyat chegarasidan tashqariga chiqa olmaydigan vaqtinchalik hodisa. Masalan, [ottushum kelishigi + feʼl] qolipi – o‘zgarmas. Аmmo uning hosilalari uyni supurmoq, qogʼozni yirtmoq, xatni jo‘natmoq, derazani bo‘yamoq kabi har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Bu rang-baranglikning barchasi, u qancha ko‘p bo‘lmasin, «tushum kelishigidagi tobe ot va feʼl» doirasidan chetga chiqa olmaydi. Nutqiy hosila LSQning o‘zgarmasdan turlicha namoyon bo‘lishini ko‘rsatsa, LSQ nutqdagi xilma-xil hosilani bir asosga birlashtiradi. 3. LSQ imkoniyat va nutqiy hosila voqelik sifatida. LSQ – voqelikka aylanmagan, namoyon bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit va ehtiyoj talab etadigan imkoniyat. Nutqiy hosila esa ana shu imkoniyatning yuzaga chiqishi, voqelikka aylanishi. 4. LSQ – sabab, nutqiy hosila uning oqibati. LSQ – bu o‘ziga muvofiq keladigan biror natijani keltirib chiqaruvchi. Chunki sabab biror taʼsirning boshlanish nuqtasi bo‘lib, u maʼlum bir natija, oqibatni yuzaga keltiradi. LSQ natijasida kelib chiqadigan oqibat – shunday hosila. Sabab oqibatdan oldin kelganligi kabi LSQ ham nutqiy hosilaning qanday bo‘lishini belgilaydi. LSQning asosiy turlari. Umuman, qolip asosida birikuvidan vujudga kelgan nutqiy hosilani 3 guruhga birlashtirish mumkin: yasama so‘z; so‘z birikmasi; gap. (ishla) yasama so‘zi [ish] leksemasi va [-lar] morfemasining, kitobni o‘qimoq nutqiy so‘z birikmasi [kitob] va [o‘qi] leksemalarining, O‘qidim gapi esa [o‘qi] leksemasi va [-dim] kesimlik kategoriyasi shaklining birikishidan hosil bo‘lgan. (ishla) so‘zi [ot+la = asosdan anglashilgan narsa bilan shugʼullanmoq] so‘z yasash qolipi mahsuli bo‘lsa, kitobni o‘qimoq so‘z birikmasi [ottushum kelishigi+feʼl] LSQi, O‘qidim gapi esa [WPm] qolipi hosilasi. Bular sirasida so‘z yasash va so‘z birikmasi qolipi tushuncha ifodalovchi – atash (nominativ) vazifasini bajaruvchi hosilani beradigan qolip bo‘lsa, gap qolipi fikr ifodalovchi (kommunikativ) hosilani tugʼdiruvchi qolip hisoblanadi. So‘z yasash qolipi lisoniy bo‘lsa-da, lekin sintaktik mohiyatga ega emas. Shuning uchun u lisoniy derivatsion qolip (LDQ) sifatida derivatsiya bo‘limida qoldirilib, sintaksisda erkin sintaktik hosila beruvchi, yaʼni so‘z birikmasi va gap qolipi tekshiriladi. Formal va substantsial (struktural) sintaksis. Formal sintaksis bevosita kuzatishda berilgan, nutqiy sintaktik hodisani o‘rganadi. Boshqacha aytganda, u alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat sifatidagi nutqiy hosila bilan band bo‘lib, umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab sifatidagi lisoniy birlikni (nutqiy birlikning lisoniy tomonini) o‘rganishni substantsial sintaksis hukmiga havola etadi. Shuningdek, formal sintaksis kitob va o‘qimoq so‘zlari orasidagi sintaktik aloqani ham tekshiradi. Zero bundagi o‘qimoq feʼlining tushum kelishigidagi so‘zni boshqaruvi ham bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisa. Lekin bu aloqa uchun [o‘qi] leksemasining biriktirish imkoniyati bo‘lgan obʼekt valentligi bevosita kuzatishda berilmagan. Bu esa substantsial sintaksis tomonidan o‘rganiladi. Substantsial sintaksis tadqiqotlari uchun formal sintaksis tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar zamin, poydevor vazifasini o‘taydi. Demak, formal sintaksissiz substantsial sintaksisning bo‘lishi mumkin emas. Formal sintaksis esa substantsial sintaksissiz ham ish ko‘raveradi. Zero substantsial sintaksis mohiyatni tadqiq etar ekan, buning uchun hodisalar jamlangan bo‘lishi kerak. Hodisani jamlash uchun esa substantsial sintaksis tiklaydigan mohiyatga ehtiyoj sezilmaydi. Har bir nutqiy parchada turli sath hodisasi qorishgan holda voqelanadi. Masalan, Halim keldi gapida fonetik (tovushlar tizimi, ohang), leksik (so‘zlar), morfologik (grammatik shakllar) va uslubiy (masalan, so‘zlovchining munosabati yoki uslubiy betaraflik) sathlar o‘z izini qoldirgan. Formal sintaksis nutqiy parchani shu holida, turli mohiyat zarralarining qorishmasi sifatida o‘rganadi va uning qorishmaligiga eʼtibor qaratmaydi. Substantsial sintaksis esa nutqiy parchada qorishgan, sintaksisga daxldor bo‘lmagan jihatlarni eʼtibordan soqit qiladi. Formal sintaksis keltirilgan gapni muayyan(aniq)lik sifatida eʼtirof etsa, substantsial sintaksis unda turli hodisalar qorishganligi sababli mohiyatini anglash mushkulligini hisobga olgan holda mavhum (noaniq)lik sifatida qaraydi. Qorishiq hodisalar chetlashtirilgan mohiyat “tozalangan” ligi uchun substantsial sintaksis tomonidan muayyanlik, bevosita kuzatishda berilmaganligi uchun esa u formal sintaksis tomonidan mavhumlik sifatida qaraladi. Demak, formal sintaksis asosiy diqqatini hodisalarning zohiriy (bevosita kuzatishda berilgan) tomoniga, substantsial sintaksis esa botiniy (bevosita kuzatishda berilmagan, ichki) tomoniga qaratadi. Ular bir-birini ham taqozo, ham inkor etadi. Formal sintaksis mutlaq hodisalar bilan, substantsial sintaksis esa mutlaq mohiyat bilan shugʼullanadi deb ularning vazifalarini butunlay qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas. Chunki formal sintaksis mohiyatga intilganligi kabi substantsial sintaksis ham faqat formal sintaksis to‘plagan hodisalargagina tayanadi. Bunda formal va substantsial sintaksisning o‘rganish manbalari jihatdan qarama-qarshiligi so‘nadi.6 Sintaksis ham morfologiya singari grammatikaning uzviy qismi hisoblanadi. Morfologiyaning o‘rganish ob’ekti so‘z bo‘lgan bo‘lsa, sintaksisning o‘rganish ob`ekti so‘z birikmasi va gapdir. CHunki, tilning asosiy vazifasi odamlar o‘rtasida fikr almashish quroli ekan, bu aloqa gaplar orqali amalga oshadi. Demak, gap kommunikativ birlik sifatida muhim ahamiyatga ega. Gap bo‘laklari, so‘z birikmalari gapning qurilishini tashkil qiladi. Shunday qilib, sintaksisda gap bo‘laklari,ularning o‘zaro sintaktik munosabatga kirish usullari va vositalari, so‘z birikmasi va gaplar, ularning qurilishi, tipi, gapdan katta birliklar, ular komponentlarning logik-grammatik munosabati kabi masalalar o‘rganiladi. Ta`rifdan ma`lum bo‘layaptiki, tilshunoslik taraqqiyotining hozirgi bosqichida sintaksisning o‘rganish ob`ekti faqat gap deb emas, gapdan katta birliklar ham qaralmoqda. Bunda xat boshi, murakkab sintaktik butunlik (fikran, ayni vaqtda leksik, grammatik va boshqa til vositalari yordamida o‘zaro boғlangan mustaqil gaplar gruppasi), tekst kiritilayapti. Bu hol sintaksisning tekshirish ob`ektini yana ham kengaytiradi. Til sintaktik qurilishining asosiy xususiyatlaridan biri-turғunligi bo‘lib, uning rivojlanishi tafakkur rivojlanishi, jamiyatning kommunikativ ehtiyojlarini rivojlanishi bilan chambarchas boғliq. Sintaksis tilshunoslikning boshqa yo‘nalishlari bilan ham aloqador. Jumladan, fonetika bilan. CHunki har qanday til birligi, demak, gap ham nutq tovushlaridan tashkil topgan. Bundan tashqari urғu, melodika va intonatsiya kabi fonetik hodisalarning ham sintaksis uchun ahamiyati juda kattadir. Morfologiya va sintaksis bir-birlarini to‘ldiruvchi sohalardir. Morfologiyaning birliklari bo‘lgan so‘z shakllari so‘z birikmalari va gaplarda shakllanadi. Gap bo‘laklari bilan so‘z turkumlari orasida o‘zaro yaqin munosabat mavjud. Kelishik, son, shaxs kabi morfologik kategoriyalar, yordamchi so‘zlar sintaksis uchun xizmat qiladi. Sintaksis leksikologiya bilan ham boғliq. Tildagi so‘zlar grammatika ixtiyoriga o‘tib, o‘zaro sintaktik munosabatga kirishib ma`lum fikr ifoda qiladi. Kishilarning fikr almashuvi uchun xizmat qiladi. Sintaksis quyidagi qismlardan iborat: 1.Sodda gap sintaksisi. 2.Murakkablashgan gap sintaksisi. 3.Qo‘shma gap sintaksisi. 4.O‘zga gap sintaksisi. 5.Gapdan katta birliklar sintaksisi. Sintaktik munosabatlarning turlari. Sintaktik munosabatlar dastlab ikki turga bo‘linadi: predikativ va nopredikativ Predikativ bo‘linish gap qurilishi asosi (grammatika markazi/ komponentlari (ega va kesim)ning sintaktik munosabatidir. Bular orqali gap hosil qilinadi. Misol: Men ishga kecha chiqdim. (shaxs va sonda moslashayapti). Nopredikativ boғlanish bunday xususiyatga ega emas. Teng boғlanish (teng sintaktik munosabatda bo‘lish, so‘zlar shuningdek, qo‘shma gaplarning predikativ komponentlari orasidagi biri ikkinchisiga bo‘ysinmagan, teng aloqasini ko‘rsatuvchi munosabat:o‘qituvchi va o‘quvchi, qo‘nғiroq chalindi va dars boshlandi va ergash boғlanish (bunda biri hokim va ikkinchisi tobe bo‘lgan so‘zlar o‘zaro aloqaga kirishadi: Salimni ko‘rdim) nopredikativ boғlanishning bir turlaridir. Tenglashish munosabati asosan, teng boғlovchilar va sanash intonatsiyasi orqali ifodalanadi. Ikkinchisida esa tobe bo‘lgan so‘z hokim so‘zni aniqlaydi, to‘ldiradi va hokazo. Tobelanish munosabatini ifodalovchi vositalar, asosan affikslar, ko‘makchilar, flektsiya, so‘z tartibi va intonatsiyadir. Sintaktik munosabatining ergashish usuli uch xil: moslashuv, bitishuv , boshqaruv. Tobe so‘zning hokim so‘z shakliga mos holda bo‘lishi moslashuv dir. Mas., shaxs va sonda - Shamol maysalar orasida lola chamanlarini silkiydi. Qaratqich-qaralmish: Ustozning vasiyatlariga sodiq qolamiz. Tobe so‘zning hokim so‘z talab qilgan formani olish boshqaruv dir: Oltin o‘tda bilinadi. Boshqaruvchi vazifasini fe`l bajaradi. So‘z birikmasining bitishuv turida hokim va tobe so‘z o‘zaro so‘z tartibi yoki ohang yordamida munosabatga kirishadi: Keksa boғbon, kichkina maydon kabi. Sintaktik munosabatlar grammatik vositalar orqali ifodalanadi. Ular quyidagilar: affikslar, yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi va intonatsiya. Affikslar yoki so‘z formalari sintaktik aloqani ifodalashda keng qo‘llaniladigan vositadir. Turkiy tillarda-suffikslar, hind-evropa tillarida - flektsiya: Xoroshaya pogoda, alie rozi. Yordamchi so‘zlar grammatik vosita sifatida barcha tillarda mavjud. Morfologik ko‘rsatkichlar bo‘lmaganda so‘z tartibi sintaktik munosabatlarni ko‘rsatuvchi asosiy vosita rolini o‘ynaydi. Intonatsiya ham sintaktik munosabat ifodalaydigan vositadir. Intonatsiyani tashkil etgan komponentlar: logik urғu, pauza, ritm, milodika turli tillarda turli darajada sintaktik vosita sifatida ishlatiladi. So‘z birikmasi va gap. Sintaksisning asosiy o‘rganish ob`ektlaridan biri so‘z birikmasidir.Tushunchalar orasidagi turli munosabatlarni ifoda qilish uchun grammatik jihatdan o‘zaro birikkan ikki va undan ortiq so‘z so‘z birikmasi deyiladi. So‘z birikmasida ayrim tushunchalarni ifoda qiluvchi so‘zlar o‘zaro sintaktik munosabatga kirib, murakkab tushunchani bildiradi va boshqa-boshqa gap bo‘lagi bo‘lib keladi: Katta bino, Saodatning kitobi. Ko‘makchi so‘zlar o‘zi boғlangan mustaqil so‘z bilan birgalikda bir bo‘lak hisoblanadi: Maysalar ustida shudring tomchilari yarqiraydi. Voqelikni va unga bo‘lgan munosabatni ifoda qilish uchun grammatik jihatdan shakllangan, intonatsion hamda mazmun jihatdan nisbiy tugallikka ega bo‘lgan so‘zlar boғlanmasi yoki yakka so‘z gap deyiladi. Gap fikrni ifoda qiluvchi nutq birligi hisoblanadi. Uning xususiyatlari: so‘zlarning birikuvidan tashkil topadi muhim belgisi predikativlik intonatsion tugallikka ega fikriy jihatdan nisbiy tugallikka ega. Ifoda maqsadiga ko‘ra turlari: darak, so‘roq, buyruq. Bulardan tashqari undov gap ham bor. Tuzilishiga ko‘ra: sodda va qo‘shma. Sodda gap: bir tarkibli, ikki tarkibli. Bir tarkibli: egasiz bir tarkibli, kesimsiz bir tarkibli gap. egasiz bir tarkibli gap: egasi topilar gap, egasi topilmas gap. Egasi topilar gap: shaxsi aniq gap, shaxsi noaniq gap, shaxsi umumlashgan gap. Bulardan tashqari nominativ gap ham bor. Ikki tarkibli gap: ega tarkibli, kesim tarkibli. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari: aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol. Xullas, gap har qanday tilda ham kommunikativ mohiyatga ega bo‘lgan asosiy birlik sanaladi. Shu paytga qadar gapga 300 dan ortiq ta`rif berilgan. Uning grammatik jihati, logik jihati. Psixologizm oqimi, formalistlar oqimlari qarashlari. Gap atamasi ikki ma`nolidir. Birinchi ma`nosi-til birligi aloqa uchun xizmat qilishga qaratilgan konstruktiv birlikdir. Bu gap modeli, gap formulasi deb yuritiladi. Ikkinchi ma`nosi konkret xabar konkret kontekst bilan boғliq bo‘lgan nutq birligidir. Gap qurilish modeli bilan ifoda mazmuninig birligi gapning asosiy kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Shunday qilib, ob`ektiv borliq va unga bo‘lgan munosabatni ifoda qilib, grammatik shakllanib, nisbiy tugal fikr yoki his-tuyғu anglatib, intonatsion butunlikka ega bo‘lgan so‘z hamda so‘zlar birlashmasi gap deyiladi. Predikativlik gapning grammatik ma`nosini ifoda qiladi. U gap hosil qiluvchi kategoriya bo‘lib, gapda ifoda qilinayotgan fikrning borliqqa bo‘lgan munosabatini modal planda hamda zamon va shaxs-sonda ifoda qiluvchi kategoriyadir. Modallik predikativlikning tarkibiy qismi bo‘lib, fe`l mayllari, modal so‘zlar bilan ifoda qilinadi. Umuman predikativlik sintaktik mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalari, modal so‘zlar va intonatsiya orqali ifodalanadi. Uslub. Gapning aktual bo‘linishlari. Gapning aktual bo‘linishi gapning formal bo‘linishiga qarshi qo‘yiladi. Agar formal bo‘linishda gap tarkibi grammatik elementlarga bo‘linsa, aktual bo‘linishda gap ma`no jihatdan bo‘linadi. Gapning formal bo‘linishining asosiy elementlari ega va kesim hisoblansa, aktual bo‘linishining asosiy elementlari gapning ifoda asosi, ma`lum qismi esa gapning yadrosi, ya`ni nima xabar qilayotgan qismi hisoblanadi. Bunda fikr ma`lumdan noma`lumga qarab harakat qiladi. Boshqacha aytganda, gapning konkret matndagi mundarijasidan kelib chiqib mazmun jihatdan bo‘linishi. Bunday bo‘linishda gap ikki qismdan iborat bo‘ladi: . 1.So‘zlovchi va tinglovchi (o‘quvchi) uchun ma`lum narsani ifodalovchi qism(tema); 2.So‘zlovchi bildirmoqchi, aytmoqchi bo‘lgan qism, ya`ni yangi informatsiya qismi (rema): Sovxoz kollektivining bu yilgi rejalari yana ham katta. Tema: Sovxoz kollektivining bu yilgi rejalari, rema: yana ham katta. Gapning aktual bo‘linishida gap ifoda asosi va ifoda yadrolariga bo‘linadi: Institut studentlari (ifoda asosi) sport musoboqalarida ғolib chiqdilar (ifoda yadrosi). Gapning hamma tiplari ham aktual bo‘linavermaydi. Odatda bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar, nominativ gaplar, to‘siqsiz gapning ba`zi tiplari aktual bo‘linmaydi.Yozuvda gapning aktual bo‘linishi tinish belgilari bilan ajratilmaydi. Og‘zaki nutqda esa aktual bo‘linishda intonatsiya asosiy vositadir. Paradigma va sintagma. So‘zning o‘zaro boғlangan shu bilan birga, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilib, bir butun sistemani tashkil qiladigan ikki yoki undan ortiq formalari pardigma deb yuritiladi. Bunday formalarga ot yoki otlashgan so‘zdagi son (birlik, ko‘plik), kelishik, egalik; fe`llardagi zamon, mayl, shaxs-son formalari kiradi. Boshqacha aytganda, til birliklari grammatik formalarning umumiy ma`nosiga ko‘ra birlashuvi, xususiy ma`nosiga ko‘ra farqlanuvchi sistemasi. Mas., otlarning kelishik bilan turlanish paradigmasi, fe`llarning shaxs-sonda tuslanish paradigmasi kabi. Sintagma (birlashgan narsa degani). 1.Nutqning mazmun va ritmik-milodik jihatdan bir butunlikni hosil qiluvchi semantik-sintaktik bo‘lagi. Sintagma bir yoki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishi, hatto gapga teng bo‘lishi ham mumkin: Sovxozimiz paxta planini muddatdan ilgari oshirib bajardi. 2. Ikki so‘zning sintaktik boғlanishi bilan yuzaga keladigan nutq birligi (birikma yoki gap). Download 62.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling