Mavzu: Antik davr O’rta Osiyo Buddaviylik markazlari


Download 177.87 Kb.
bet4/11
Sana22.06.2023
Hajmi177.87 Kb.
#1647098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Antik davr O’rta Osiyo Buddaviylik markazlari

1.3 Budda gʻor ibodatxonalar majmuasi
Budda gʻor ibodatxonalar majmuasi (mil. 1—3-a. lar). Eski Termizning shim.-sharqiy qismida joylashgan. Dastlab 1926—28 y. larda Moskvadagi Sharq xalqlari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi ochgan. 1937-y. da M. Ye. Masson va Ye. G. Pchelina tekshirgan. 1960-y. larda arxeolog B. Ya. Staviskiy qazish ishlari olib borgan. Hozirda Oʻzbekiston—Yaponiya qoʻshma arxeologiya ekspeditsiyasi ish olib bormoqda. Obida 3 ta tabiiy doʻnglikda qurilgan. Umumiy mayd. 8 ga dan ziyod. Jan. doʻnglikda 15 dan ziyod gʻor majmuasi boʻlgan. Gʻarbiy doʻnglikdagi gʻor maj-muasi 5 dan ortiq boʻlmagan. Shim. doʻnglikning sharqiy qismini yer yuzasida joylashgan monumental majmua egallagan, gʻarbiy qismini esa yer yuzasiga qurilgan uncha hashamatli boʻlmagan ibodatxonalar band qilgan.
Qoratepa dagi hamma imoratlar turli vaqtlarda barpo etilgan. Keyinchalik avvalgilariga yondosh qilib qurilgan, soʻng ular bilan bir vazifani bajarishgan. Hammasi bir necha bor taʼmirlangan va tarhi oʻzgartirilgan. Ibodatxonalar yoki boshqa muqaddas joylar ichi mavzuli (syujetli) va naqshinkor bezak, loyganch, ganch, tosh haykali bilan bezatilgan. Gʻor ibodatxonalarini qurish qoidalari hindlardan oʻzlashtirilgan. Ammo keyinroq qurilganlarini rejalashda baqtriylarning meʼmoriy usullari ustun turadi.Qoratepadagi dastlabki buddaviy ibodat inshootlari, aftidan, mil. 1-a. da qurila boshlagan. Qoratepaning eng gullagan davri mil. 2—3-a. larga toʻgʻri kelib, bu paytda ibodatxonalar koʻplab qurilgan, avvalgilari esa yangilangan hamda bezatilgan. Bu jarayonda kushonshohlar, ularning noiblarishahar hokimlari va badavlat shaharliklarning homiyligi hamda madadi muhim oʻrin tutgan. Qoratepadan topilgan, bagʻishlov bitiklari bulgan sopollar bu holatni aniq koʻrsatadi. Bitiklarga koʻra, Qoratepa dagi ayrim majmuotlar Kxadevakavixara — Podsho monastiri, Vxara Gulavxara vxad — Gulavxara oʻgʻli (Gondafar) Vixarasi, Okavixara deb nomlangan. Qoratepa bitiklarida rohiblardan Buddashir, Buddxamitra, Jivananda ismlari eslatib oʻtilgan. Boy erkak va ayol homiylar qiyofasi rasmlarda hamda haykallarda saqlanib qolgan4. Qoratepadan qoʻplab budda haykallari topilgan. Mil. 3-a. oxiriga kelib Qoratepa majmualari inqirozga yuz tutdi yoki vayron etildi. Bu, sosoniylarning Kushon davlatiga qilgan harbiy yurishlari bilan bogʻliq boʻlsa kerak. Ayrim majmuotlar xonalariga otashkadalar oʻrnatilgan. Ayni mahalda Qoratepa majmuotlarining muayyan qismi mil. 4-a. oxiri — 5-a. boshigacha ishlab turgan. Mil. 4-a. dayoq Qoratepa dagi koʻplab tashlandiq xonalar va gʻor ibodatxonalaridan qabr sifatida foydalanilgan, soʻng kirish joylari xom gʻisht bilan urib yuborilgan. Eng dastlabki qabrlar yonida kushon-sosoniy tipidagi tangalar, Peroz tangalari va unga taqlidan zarb qilingan tangalar uchraydi, keyingi qabrlarda esa mil. 5—6-a. lardagi Termiz hukmdorlari tangalari topilgan, ularning bir tomonida langar tasvirlangan. 7-a. dan 12-a. gacha Qoratepa dagi yarim koʻmilgan ayrim xonalar va gʻorlardan zohidlar foydalanishgan. Qoratepadan topilgan rasmlar, haykallar va b. dekorativ-amaliy sanʼat buyumlari kushonlar davridan detallari, plitalar, sopol chirogʻdonlar topilgan. Topilmalar ichida 70 dan ortiq sopol idish siniqlariga hindcha bitilgan yozuvlar (kharoshthi va brahma yozuvlari) va devorlarga chizilgan kushon-baqtriya hamda fors-pahlaviy yozuvlari xarakterli.

2-bob Yirik shaharlarning qurilishida diniy markazlarning o’rni


2.1 Ayritom frizi
AYRITOM — oʻzbek xalqining qadimiy tarixi va madaniyatidan guvohlik beruvchi koʻhna shahar xarobasi. Dastlab Ayritom yaqinida Amudaryo tubidan odam haykalchalari ishlangan friz (piramon) parchalari topilgan (1932), 1933-y. M.Ye. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi Ayritomda qazish ishlari olib borib, yana 7 ta friz boʻlaklari hamda budda ibodatxonasi xarobasini topgan. Frizlar 1—2 – a. larga oid boʻlib, ularda qoʻshnay, chiltor, ud, nogʻora chalayotgan sozandalar va gulchambarlar, meva solingan idishlar koʻtarib olgan yigit-qizlar ifodalangan. Bundan tashqari A. dan mil. av. 2 – a. oxiri va mil. 4 – a. larga oid ikkita qabr topilib, ularning biridan qurol-yarogʻlari bilan birga dafn qilingan jangchining, ikkinchisidan idish-tovoqlar hamda zeb-ziynatlari b-n koʻmilgan ayolning skeletlari chiqqan. 1963—66 y. larda Ayritomda Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi (B. Turgʻunov) ham qazish ishlari olib borgan. Devorlarining kalinligi 1,5 m, bal. 2—2,5 m boʻlgan 15 ga yaqin eshik va derazasiz xonalar (diniy marosimlar oʻtkazilgan xonalar) topilgan. Xonalarga yuqoridan maxsus zinalar orqali tushilgan. 1978-y. da olib borilgan qazilmada yunon alifbosida 6 qator qilib bitilgan yozuvi bor haykal tagkursisi topilgan5. Ayritom moddiy-madaniy yodgorliklari oʻzbek xalqining kushonlar davri-dagi tarixini madaniy merosini, urf-odatlarini va b. oʻrganishda katta ahamiyatga ega. Markaziy Osiyoda buddaviylik va buddaviylik badiiy madaniyatini o’rganish 1932 yilda, 1 termizdan 7 kilometr yuqorida joylashgan Ayritom hududida Amudaryo tubidan akant barglari orasida arfa, do’mbira va ud chalayotgan belbog’li uchta haykal tasvirlangan tosh relyef topilganidan so’ng boshlangan. Ushbu frizning topilishi O’zbekistonda buddaviylik va buddaviylik ba diniy madaniyatini urganishga turtki berdi. 1933 yili Ayritomda o’tkazilgan arxeologik ishlar davomida olimlar bo’rtma tasvirli yana yettita tosh bloklarni aniqlashga erishdilar. Bu bloklar Amudaryoning ba­land qirg’og’ida joylashgan va uch tomondan mudofaa devorlari hamda minoralari bilan o’ralgan mahobatli bino bezaklari bo’lgan. Bino milodning I asriga oid imorat xarobalari ustida qurilgan. Tasvirli bloklar bino peshtoqlarining tepasini va ibodatxonaga kirish yo’lini bezagan bo’lishi mumkin. 1964 yilda Ayritom ibodatxonasidan sharqiy tomonga qarab 1 kilometr uzoqlikda sirti tosh bloklar bilan qoplangan stupa kavlab olingan. 1979 yilda esa budda ibodatxonasi binosi yonida arxeologlar ikki personaj tasvirlangan va tagsupasida o’yib yozilgan olti satrdan iborat Baqtriya yozuvi bor juda qiziqarli yodgorlik toshini qayd qildilar.Ayritomdan topilgan sakkizta gorizontal koshindan iborat friz burchaklarida volyutalar va ikki qator akant barglari tasvirlangan bo’lib, ularning o’rtasida ko’kragigacha bo’rtirib ishlangan va go’yoki akant barglari orasida uchib yurgan odam shakillari joylashgan. Sahnaning barcha ishtirokchilarining etnik mansublik xususiyatlari dumaloq yuzi, biroz qiymoch ko’zi, chakkaga tortilgan qoshlari, qirraburni, kichkina og’zi va o’ziga xos iyagi alohida ko’rsatilgan. Ularning hammasi chiroyli liboslar, hashamatli bosh kiyim kiygan va qimmatbaho taqinchoqlar taqqan. Shu bilan birga, tasvirlangan siymolar yuzida hayajon, yoshini ko’rsatuvchi va alohida belgilari yo’q, tarkidunyo qilgan kishi qiyofasi aks ettirilgan, gavdasi jonsiz xolatda. Akant barglarining aks ettirilishi esa hajmli shakllar umumiylashtirilganidan darak beradi. Ehtimol, bu kabi tasvirlash Baqtriyaning badiiy-madaniy uslublarni ko’rgani tufayli qo’llangandir.Ayritom – o‘zbek xalqining qadimiy tarixi va madaniyatidan guvohlik beruvchi ko‘hna shahar-xarobasi. Termiz shahridan 18 km sharqda, Amudaryo qirg‘og‘ida joylashgan.Dastlab Ayritom yaqinida Amudaryo tubidan odam haykalchalari ishlangan friz (piramon) parchalari topilgan (1932), 1933 yil M. Ye. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi Ayritomda qazish ishlari olib borib, yana 7 ta friz bo‘laklari hamda budda ibodatxonasi xarobasini topgan. Frizlar I-II asrlarga oid bo‘lib, ularda qo‘shnay, chiltor, ud, nog‘ora chalayotgan sozandalar va gulcham-barlar, meva solingan idishlar ko‘tarib olgan yigit-qizlar ifodalangan.Bundan tashqari Ayritomdan miloddan avvalgi II-asr oxiri va IV-asrlarga oid ikkita qabr topilib, ularning biridan qurol-yarog‘lari bilan birga dafn qilingan jangchining, ikkinchisidan idish-tovoqlar hamda zeb-ziynatlari bilan ko‘milgan ayolning skeletlari chiqqan. 1963–66 yillarda Ayritomda O‘zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi (B. Turg‘unov) ham qazish ishlari olib. Devorlarining kalinligi 1,5 metr, balandligi 2–2,5 metr bo‘lgan 15 ga yaqin eshik va derazasiz xonalar (diniy marosimlar o‘tkazilgan xonalar) topilgan. Xonalarga yuqoridan maxsus zinalar orqali tushilgan. 1978 yilda olib borilgan qazilmada yunon alifbosida 6 qator qilib bitilgan yozuvi bor haykal tag kursisi topilgan6. Ayritom moddiy-madaniy yodgorliklari o‘zbek xalqining kushonlar davridagi tarixini madaniy merosini, urf-odatlarini va boshqa o‘rganishda ahamiyatga ega. Frizlar 1–2-asrlarga oid bolib, ularda qoshnay, chiltor, ud, nogora chalayotgan sozandalar va gulcham-barlar, meva solingan idishlar kotarib olgan yigit-qizlar ifodalangan. Bundan tashqari A.dan miloddan avvalgi 2-asr oxiri va. 4-asrlarga oid ikkita qabr topilib, ularning biridan qurol-yaroglari bilan birga dafn qilingan jangchining, ikkinchisidan idish-tovoqlar hamda zeb-ziynatlari bilan komilgan ayolning skeletlari chiqqan. 1963–66 yillarda A.da Ozbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi ham qazish ishlari olib borgan. Devorlarining kalinligi 1.5 m, bal. 2–2.5 m bolgan 15 ga yaqin eshik va derazasiz xonalar topilgan. Xonalarga yuqoridan maxsus zinalar orqali tushilgan. 1978 yilda olib borilgan qazilmada yunon alifbosida 6 qator qilib bitilgan yozuvi bor haykal tagkursisi topilgan. A. moddiy-madaniy yodgorliklari ozbek xalqining kushonlar davridagi tarixini madaniy merosini, urf-odatlarini va boshqa organishda katta ahamiyatga ega. Buddaviylik dinining eramizning boshlarida O‘rta Osiyoga kirib kelishi bilan bu yerda buddaviylik diniy yodgorliklarning qurilishi boshlanadi. Aslida, buddaviy din yodgorliklari Yunon-Baqtriya binolari xarobalarida barpo etilgan. Kushon podsholigi davrida bu yerda Amudaryo sohilidagi qariyb 3 km uzunlikdagi katta buddaviylik ibodatxonasi va monastir markazi qurilgan. III asrning ikkinchi yarmida Ayritom parchalanib ketadi va qayta tiklanmaydi. Akademik M.E. Masson rahbarligida 1932 yilda Amudaryoning tubidan odamlar tasviri tushirilgan friz parchalari topilgan. Bir yil o‘tgach, yana 7 ta frizning parchasi va buddaviylik ibodatxonasining xarobalari topildi. Tasvirlar bizning eramizning 1-2 asrlariga tegishli bo‘lib, ularda musiqiy asboblarni chalayotgan musiqachilar, shuningdek qo‘llarida mevali idishlarni ushlab turgan, boshlarida gulchambar taqib olgan o‘g‘il va qizlar aks ettirilgan. Ayritom frizlarida Budda bilan xayrlashish sahnasi (Paranirvana Jataka) aks etgan. Hind afsonalariga ko‘ra, “marhum Buddani besh musiqa asbobining yoqimli ohanglari ostida kuzatilishi, donatrislar esa uni oxirgi safarga xushbo‘y gullar bilan birga olib borishi kerak”.

Download 177.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling