Mavzu: Antik davr O’rta Osiyo Buddaviylik markazlari


I bob Buddaviylik diniga e’tiqod qiluvchilarning diniy markazlari


Download 177.87 Kb.
bet2/11
Sana22.06.2023
Hajmi177.87 Kb.
#1647098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Antik davr O’rta Osiyo Buddaviylik markazlari

I bob Buddaviylik diniga e’tiqod qiluvchilarning diniy markazlari
Fayoztepa shahri va buddaviylik stupasi
1968- yilda qadimgi Termiz hududida Budda haykali topildi va o‘sha vaqtdan buyon bu yer ko‘plab arxeologlar tomonidan o‘rganiladigan asosiy obyektga aylanib, buning natijasida keyinchalik qadimgi buddaviylik ibodatxonalari majmualari kashf etildi, shu jumladan Fayoztepa (mil. av. 1-asr – milodiy 3-asr), Kampirtepa, Qoratepa. Qadimgi musiqachilarning tasviri tushirilgan mashhur Ayritom frizining kashf etilishi ushbu mintaqa bir vaqtlar buddaviylik targ‘ib qilinganligining dalili bo‘lib xizmat qildi va ellinistik madaniyat unsurlari aniqlandi. Hozirda frizning terrakota-barelyeflari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanmoqda. Fayoztepa buddaviylik ibodatxona majmuasi o‘zbek olimi, mahalliy o‘lkashunoslik muzeyi direktori R.F.Fayozov sharafiga nomlangan. U ushbu obyektni o‘rganish tashabbuskori va hatto bu ibodatxonani kashf etganlardan biridir. R.F.Fayozov dunyo ilm-fanining eʼtiborini qadimiy obyektga jalb qilish uchun ko‘p harakat qilgan. Fayoztepaning kashf etilishi qadimgi buddaviylik obyektlarining yangilarini kashf etish uchun birinchi turtki bo‘ldi. Fayoztepa- mil. 1-3-a.larga oid budda monastir ibodatxona majmuasi (vixara). Termiz sh. yaqinidagi Eski Termiz shahar xarobalarining shim.g‘arbida. Horatepalan 1 km shim.sharqda joylashgan. Fayoztepaning ochilishi 1968 y. bahorida cho‘pon Absad Beknayev tomonidan mergeliy ohak toshidan ishlangan budda sanamini Ko'chma qum ustidan topib, Termiz o‘lkashunoslik muzeyiga topshirishidan boshlandi. Yodgorlik 1968-76 y.larda arxeolog L. I. Albaum tomonidan o‘rganildi.Fayoztepa maydoni ko‘chma qumlar uyumidan tozalangach, uning me'moriy tarhi ochilib, yuz qismdan iborat monumental inshoot, ya'ni markaziy qismida - ibodatxona, uning shim.g‘arbida monastir, jan.sharqida esa xo‘jalik qurilish inshootlaridan iboratligi aniqlangan. Majmuaning umumiy mayd. 1,5 ming kv. m ga yaqin. Ibodatxona tarkibining asosiy qismlaridan biri- supa bo‘lib, u boshqa ibodatxonalardan farqli o'laroq, ibodatxona hovlisining markazida emas, balki uning tashqarisida, muqaddas sajdagoh bilan bir parallel chiziqda joylashgan2. Ular o'zaro hovli maydonini kesib o'tgan g‘isht va mergeliy toshi to'shalgan yo‘lakcha bilan bog‘langan. Ibodatxonaning muqaddas sajdagohida Budda haykali (Bodxisatva) joylashgan, sajdagoh devorlari rang-barang devoriy suratlar bilan bezatilgan. Devorlar osti bo‘ylab o‘z vaqtida budda haykallari (bal. 4 m) qo'yilgan. Ko'pchilik haykallar qizil rang bilan bo‘yalgan, so‘ng ustidan oltin suvi yurgizilgan. Sajdagoh jan. Devorida qizil kiyimda Budda tasviri saqlangan. Uning 2 tomonidan yelkalariga yelkapo‘sh tashlagan uzun kiyimdagi 2 odam rasmi tushirilgan. Ulardan biri Buddaga qarab sajda qilmoqda. Sajdagohning sharqiy devorida ham qandaydir devoriy rasmlar izi ko‘rinadi. Xonadagi suvoq parchalarida har xil odamlarning rasmlari uchraydi. 60x80 sm li bir suvoq parchasida Buddaga yuzlangan 2 ta erkakning rasmi topilgan. Har 2 shakl qiyofasiga ko‘ra, baqtriyalik Budda ixlosmandlari bo‘lib, ularning Buddaga sajda qilish holati tasvirlangan. Ushbu xonada ganchkori haykal bo‘laklari ko‘plab uchraydi. Hatto xonaning sharqiy devori ostida qaykallar uchun pishiq g‘ishtdan maxsus tagkursi qurilgan, uning usti esa mergeliy tosh parchalari bilan silliq qilib qoplangan. Haykallarning ko'pchiligi esa somon qo‘shilgan loydan yasalib, ularning sirtiga ganch qoplama berilgan. Haykallarning boshi maxsus qolipda quyilgan. Qo‘l va oyoqlari alohida yasalib, so‘ng ular haykal tanasiga yopishtirilgan. Fayoztepa haykallari orasida ganchdan ishlangan Buddaning bosh qismi diqqatni o‘ziga tortadi. Uning tutamlangan qop-qora sochlari, fusunkor chehrasi unga go‘zallik bag‘ishlaydi. Buddani bunday ishlanishi kushonlar davri yodgorligida birinchi bor uchrashi edi. Ushbu muqaddas sajdagoh eshigi qarshisida yaxlit mergeliy toshidan yasalgan noyob san'at asari- triada topilgan. Triada markazida ipak mantiyaga o‘ralgan Budda arka va muqaddas bodxa daraxti shoxlari ostida o‘tiribdi, 2 yonida tik turgan rohiblar esa unga iltijo qilib turgan holatda tasvirlangan. Sajdagohdan 2 Kanishka va bitta Vasudeva tangalari topilgan. Ibodatxona hovlisi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, mayd. 33x20 m, uning to‘rt tomoni bo‘ylab budda rohiblarining eshiklari hovliga qaratilgan xonalari joylashgan. Ibodatxona hovlisi ushbu xonalarning hovli tomon devorlari bo‘ylab yaxlit uzun ayvon b-n o'rab olingan. Ayvon devorlari rang-barang devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Rangli devoriy bezaklar ayvon devorining pastki qismidagina saqlangan. Ayvon osti bo‘ylab supa joylashgan. Ibodatxona hovlisining shim.g‘arbiy qismida, mergeliy tosh parchalaridan trapetsiya shaklida qurilgan hovuzcha bo‘lib, uning tomonini pastki qismida suv oqizishga mo‘ljallanib teshikcha yasalgan. Teshikcha jag‘lari keng ochilgan sher boshi qiyofasida ishlangan. Bunday hovuzlarda toza suv saqlangan. Sher kushonlar davri san'atida Buddaning kuch va qudrat timsoli sifatida o‘z aksini topgan. Diniy majmuaning 2 qismi- monastir bo‘lib, u ibodatxona bilan hovli g'arbiy devoridan ochilgan eshik orqali bog‘langan. Monastir maydonida joylashgan xonalarda rohiblar va monastir talabalari istiqomat qilishgan, monastirda o‘quv xonalari va zallari, ziyoratchilar to‘xtab o‘tadigan yotoqxonalar joylashgan. Xonalar devorlarida pilta chiroq yoritqichlari uchun tokchalar ishlangan. Ayrim xonalarning devori ostida Budda haykallari va ularni o‘rnatish uchun supa tagkursilar qurilgan. Demak, rohib va talabalar hamda ziyoratchi sayyohlar markaziy ibodatxonada diniy marosimlar to‘xtagan vaqtda o‘z ibodatlarini monastir sajdagohlarida amalga oshirganlar. Ibodatxonaning jan.sharqida uning xo‘jalik qismi joylashgan. Uning maydoni kvadrat shaklida, hajmi34,5x33,5 m. U ibodatxona b-n 3 eshik orqali bog‘langan. Ibodatxonaning xo‘jalik qismida15 ta xona ochilgan, ularning ko‘pchiligida o‘choq qoldiqlari topilgan. Majmua devorlari paxsa b-n tiklangan, xonalardagi so‘ri supalar va devorlarning ta'miri g‘isht b-n urilgan. Hamma xonalar somon suvoq qilingan, faqat ikkita xona devorlari ganch b-n suvalgan. Bu 2 xona ibodatxona xo‘jalik qismining sajdagohlari bo‘lgan deb faraz qilinadi. Ikkita xonadan tandir qoldiqlari va qalin kul uyumi topilgan. Tandirli xonalarni qazish vaqtida ko‘plab hayvon suyaklari, xum, kosa, nimkosa, sopol qadah parchalari chiqqan. Xumlardan boshqa barcha idishlar kulolchilik charxida yasalgan va och qizil rangli angob b-n qoplangan. Sopol sirti archa bargli, disksimon naqshlar b-n bezagilgan. Shuningdek, sopol parchalariga yalang oyoq Budda tovon izlari tushirilgan. Sopollar ichida pilta chiroqlar va sopol qozonlar ko‘plab uchraydi. Bir xonadan sopol quvur topilgan. F.ga Amudaryodan suv keltirilganligiga ishora qiluvchi kanal izi o‘rganilgan. Ushbu kanalga Amudaryodan chig‘ir orqali suv chiqarilgan deb faraz qilinadi. Ibodat-xona xo‘jalik qismining katta hovlisi aylanasi bo‘ylab kengligi 0,7 m li supa qurilgan. Uni qazish vaqtida son-sanoqsiz turli hayvon suyaklari topilgan, ko‘plab sopol kosa va qadah parchalari uchratilgan. Ushbu hovli Budda va uning rohiblariga atab qurbonlik qiladigan joy sifatida talqin qilinadi. Fayoztepa majmuasining devorlari, asosan, paxsa va g‘ishtdan qurilgan, ayniqsa, monastir va ibodatxona devorlarining balandligi 3 m gacha saqlangan. Ibodatxona xo‘jalik qismining jan.sharqiy devorlari yaxshi saqlanmagan. Barcha devorlar somonli loy b-n suvalgan bo‘lib, ko‘p hollarda suvoq ustiga oq rangda jilo berilib, uning usti rangli rasmlar b-n bezatilgan. Fayoztepa Eron sosoniylarining bosqinchilik hujumlari natijasida xarobaga aylangan. 5-a. -6-a.ning1yar-mida ibodatxona vayronalaridan eftaliylar daxma sifatida foydalanganlar. Arablar istilosi davrida Fayoztepa butunlay vayron qilingan, keyinchalik u ko‘chma qumlar ostida qolib ketgan.

Download 177.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling