Mavzu: aqli zaif bola shaxsining rivojlanishiga oilaning ta'siri mundarija: kirish


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1062424
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AQLI ZAIF BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHIGA OILANING TA\'SIRI



MAVZU:
 
AQLI ZAIF BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHIGA 
OILANING TA'SIRI 
MUNDARIJA: 
KIRISH. 
I.BOB. AQLI ZAIF BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHI VA 
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. 
1.1. Aqli zaif bola shaxsining rivojlanish xususiyatlari 
1.2. Aqli zaif shaxslarga psixologik yondashuv. 
II.BOB. AQLI ZAIF BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHIGA OILAVIY 
MUNOSABATLARNING TA’SIRI. 
2.1. Aqli zaif shaxslarda oila psixologiyasi. 
2.2. Aqli zaif shaxsining rivojlanishida oiladagi muloqotning o’rni va ta’siri. 
XULOSA. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. 
 
 
 
 
 
 
 


Kirish 
–Ular ham mening farzandlarim, yaxshisi ham, yomoni ham meniki. 
Sh.Mirziyoyev. 
Mavzuning dolzarbligi: Davlatimiz tomonidan imkoniyati cheklangan bolalarga 
tibbiy hamda ijtimoiy yordam kafolatlangan bо‘lib, respublikamizda alohida 
yordamga muhtoj bolalar ulardagi nuqson turiga kо‘ra, toifalarga bо‘lgan holda 
ta’limga jalb etiladi. Shunday toifa bolalarning bir guruhini aqli zaif bolalar 
tashkil etadi. О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining yо‘nalishlariga 
kо‘ra, respublikamizda 86 ta maxsus maktab va maktab-internatlar faoliyat 
yuritadi. Ushbu muassasalarning bir tarmog‘ini aqli zaif о‘quvchilar uchun 
mо‘ljallangan yordamchi maktablar, maktab-internatlar tashkil etadi. Aqli zaif 
bolalar yordamchi maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya olish bilan bir qatorda, 
maxsus dastur asosida kasbiy mehnat malakalarini ham egallab boradilar. 
Afsuski, bu yaratilgan sharoitlardan qandaydir sabablarga kо‘ra hamma 
ham birdek foydalana olmayotganini aytib о‘tish joiz. Bolalarni maxsus ta’limga 
kech, katta yoshda jalb etilishi yoki umuman ta’lim bilan qamrab olinmasligi 
holatlarining uchrab turishi bugungi kunning muhim muammolaridandir. 
Imkoniyati cheklangan farzandlarini ta’limga jalb etish, ularni nuqsonlariga kо‘ra 
maxsus muassasalarga yо‘naltirish ota-onalar oldidagi mas’uliyatli vazifa 
hisoblanadi. Taassufki, alohida yordamga muhtoj farzandlari bor ota-onalarning 
hammasida ham nuqsonli bolani tarbiyalash uchun zaruriy savodxonlik yetarli 
emas. Zero, oilada aqliy jihatdan nuqsoni bо‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-
onalarning korreksion-pedagogik savodxonligini oshirish mexanizmini ishlab 
chiqish hozirgi kunda ham о‘z dolzarbligini yо‘qotmagan masalalardan sanaladi. 
Yordamchi maktab tajribasidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ota-
onalarning aksariyati oilada aqli zaif farzandlariga tarbiya berishning samarali 
usullarini yaxshi bilmaganliklari sababli, ular bolaga nihoyatda e’tiborlilik bilan 
qarab, g‘amxо‘rlik qiladilar. Bolani oilasi va о‘zi uchun zarur bо‘lgan va qо‘lidan 


keladigan vazifalardan ham ozod etishadi. Bunday ota-onalarni ayblash mumkin 
emas, ammo ularning rahmdilliklari bola uchun foyda keltirmaydi. Aksincha, 
haddan tashqari ezgulik mustaqillikka, murakkab hayot sharoitiga yetarli darajada 
moslashish qobiliyatidan mahrum qiladi. 
Shu о‘rinda qayd etish kerakki, aqli zaif bolani oilada tо‘g‘ri, korreksion 
yо‘nalishda tarbiyalashni ota-onalarga 
о‘rgatish yordamchi maktablar 
zimmasidagi vazifalardan biri hisoblanadi. Aqli zaif bola yordamchi maktabda 
tahsil olar ekan, о‘z-о‘zidan oila va maktab hamkorligi yо‘lga qо‘yiladi. Bu 
hamkorlik aqliy jihatdan nuqsonli bolani tarbiyalayotgan ota-onalarning tibbiy
pedagogik, psixologik savodxonligini oshirishda qulay imkoniyatdir. 
Respublikamizda aqli zaif bolasi bor ota-onalarning savodxonligini oshirish 
mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunda о‘z yechimini kutayotgan 
muammolardan ekan, jamoatchilik tashkilotlari, mahallalar, imkoniyati 
cheklangan, alohida yordamga muhtoj bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan 
shug‘ullanuvchi maxsus muassasalar о‘z tashabbuslarini kо‘rsatishlari lozim deb 
hisoblaymiz. Mahallalarda, oilaviy shifoxonalarda ota-onalarga birlamchi 
korreksion-pedagogik kо‘nikmani berishda shifokor, defektolog, psixolog 
yordamini tashkil etish alohida yordamga muhtoj bolalarni ota-onalarining 
savodxonligini oshirishda zaruriy va muhim manba bо‘lib xizmat qiladi. 
Aqli zaif bolalarni xayotda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun ularni ijtimoiy-
maishiy xayotga moslashtirib borish zarur. Shuning uchun xam kurs ishimizning 
mavzusini yordamchi maktab o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuvini 
shakllantirish deb oldik xamda ushbu mavzuni o‘rganib chiqishni o‘z oldimizga 
maqsad qilib oldik. 



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling