Mavzu: Arab tilida to'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili


Rahimning qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar qabilida qilgan hozirgi harakati o‘tirganlarga yoqmadi. (I. R.)


Download 110.38 Kb.
bet18/22
Sana30.04.2023
Hajmi110.38 Kb.
#1417053
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Mavzu Arab tilida to\'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili M (1)

Rahimning qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar qabilida qilgan hozirgi harakati o‘tirganlarga yoqmadi. (I. R.)


To’ldiruvchi ergash gap maxsus xilining uchinchi guruhi aniqlanmish so‘zdan oldin kelsa ham, undan pauza bilan ajralmaydi, shu bilan birga bir xil intonatsiya bilan talaffuz etiladi, qisqa pauza aniqlanmish so‘zdan so‘ng beriladi.
Ergash gapning bu turi bosh gapga, sifatdosh-kesim shakliga ko‘ra, sintetik yo‘l bilan bog‘lanadi.
To’ldiruvchi ergash gapning kesimi vazifasida sifatdosh uch xil zamonda bo‘lishi mumkin:
O‘tgan zamon mazmuni –gan shaklli sifatdosh orqali ifodalanadi:


... o‘zi ko‘rgan arizani bir pasda olib chiqdi. (A. Qh.)


Sifatdoshning bu shakli ko‘pincha o‘tgan zamonda ro‘y berib, hozir mavjud bo‘lgan belgini (perfekt) ifodalaydi:


Hovuzdan yigirma qadamlar narida to‘rt tomoni ochiq, ustunlari chiroyli naqshlangan, yerdan odam bo‘yi baland ko‘tarilib solingan kattagina shiypon... (O.)

Qo‘mondon, ...qanotlari orqa tomonga sal qayrilgan aeroplanlarning uchib borishini kuzatdi. (A. T.)


Hozirgi zamon ma’nosi -(a) yotgan, ba’zan -digan shaklli sifatdosh orqali ifodalanadi:

...nay ovozi kelayotgan tepachaga ketdi. (S. A.)




U ... ho‘l o‘tin vishillab sasiyotgan o‘choqqa tikildi. (P. T.)

Bu akam bilan Ustaxo‘janing katta o‘g‘li – Saidakbar turadigan hujra ekan. (S. A.) 40


Kelasi zamon ma’nosi bo‘lgan shaklli bog‘lamaning -moqchi yoki -ish shaklli
harakat nomi va mumkin so‘ziga qo‘shilishi bilan ifodalanadi:


Mehmonlar kelmoqchi bo‘lgan kuni ikkovi qandoq o‘ynadi! (A. Qh.)




U Jumaboyev uchrab qolishi mumkun bo‘lgan koridor va vestibullardan tez o‘tib, ko‘chaga chiqdi. ( A. Qodirov)



    1. Download 110.38 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling