Mavzu: Arab tilidagi forsiy manbalar. Tarixchi Xondamir asarlarining tarixshunoligimizdagi o’rni. Mundarija: kirish I bob. Hirotlik tarixchi G’iyosiddin Xondamirning tarixda tutgan o’rni


Download 1.95 Mb.
bet5/10
Sana25.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1295070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fors tilidagi manbalar

Bayt:
Manzili vasl chun shavad nazdik,
Otashi shavq teztar gardad.
(Vasl manzili yaqinlashib qolgach, shavq o’ti tezlashadi»),
baytiga muvofiq, maqtovli Sohibqironga yetishish davlati bilan shavq suvi arkon va unsurlarini birlashtirgan u (Amir) shu suvni ko’zidan ravon qilib, bomdod namozini ertaroq ado qilib, darhol otga minib, Amir Shoh Malik rabotiga qarab yo’llandi. Yo’l asnosida har dam muborak peshonasidan shodlik va xursandlik nurlari porladi. Podshohning yetishib kelgan har bir mulozimi ahvol so’rash va ko’ngil ovlash bilan quvontirilardi. Bir farsaxga yaqin yurganda sohibqironning dabdabali va ko’rkam mihaffasi ko’rindi.
Shu fursatda, xudoning taqdiri bilan u zotning muborak boshi aylanib qoldi. Oliyjanob Amir Xoja Shihobiddin Abdulloni o’z yaqiniga chaqirib, «Meni saqlashdan g’ofil bo’lmang, ahvolim o’zgarib qoldi» dedi. Shu paytda a’lo hazratning qo’lini o’pishga yetishmoq uchun otdan tushdi. To’satdan yetishgan kasallikning og’irligi oxirgi chekka borib qolgani va yurishga mador qolmaganidan, mazkur amir va Mavlono Jaloliddin Qosim qo’ltiqlariga kirib, shu yo’sinda ilgari yurib, boshini baland darajali podsho quchog’iga qo’ya oldi. Ul buyuklik va dabdaba doirasining markazi ahvolida o’zgarish ko’rib, a’lo hazrat g’oyatda qayg’uli va g’amgin bo’ldi. Bu yer to’xtash o’rni bo’lmaganlikdan, ahvol so’rash va iltifot marosimlaridan keyin o’tib ketdi. Shu onda bu kasal saktaga* aylanib, oliy nasabli Amirda qaytib harakat qilish va so’zlashga majol qolmadi.
Amir xizmatida bo’lgan barcha ulug’larning maslahati bilan xizmatchi va mulozimlar ul hazratni mihaffaga yotqizib shaharga jo’nashdi… Yo’l asnosida, Mavlono Nizomiddin Abdulhay va Mavlono Shamsiddin Muhammad Giloniy hakimlarning muvofiq topishi bilan, u zotning tomiridan qon oldilar, biroq bundan hech qanday foyda hosil bo’lmadi.
Bar xez, ey tabib, ki biguzasht kor az on!
(Ey tabib, urinma, ish vaqtidan o’tgan!»)
Noiloj, qayg’uli ko’ngil va yoshli ko’z bilan u hazrat g’am-anduh korvoni birligida shaharga yo’llandilar.
Qit’a:
Dilo, chu nest sukun dar nihodi charxi nigun,
Dar o’ chiguna kasero buvad majoli sukun.
(Ey dil, to’ntarilgan osmon negizida to’xtash bo’lmagach, unda kishi qanday tura oladi).
Qisqasi, juma kechasi yarim kechada xayrli binolar quruvchisini o’z uyiga yetkazdilar. Erta bilan shahar tabiblarining ko’pchiligini ul hazratning boshiga to’pladilar.
Bu guruh har qancha muolaja va davolashga sa’y va harakat qilib, turli dori-darmonni ishga solsalar ham, tuzalish yuz bermadi, balki soatma-soat holi og’irlashib, kasal orta bordi.
«Ajal kelgach, davolashdan nima foyda?»
O’sha kuni Sultoni sohibqiron shaharga yetishib, ul hazratga bo’lgan cheksiz muhabbati orqasida, Bog’i Jahonoroga bormay, to’g’ri hashamatli Amir huzuriga tashrif buyurdi. Ul hazratning kasalini yihoyatda og’ir sezib, ko’p yoshlar to’kdi va qattiq qayg’u va hasrat bilan bog’iga ketdi. Ammo har damda kishi yuborib, ahvol so’rash marosimini bajo keltirib turar va g’am, iztirobning behad og’irligidan, bir on bo’lsa-da, istirohat to’shagida farog’at bilan orom olmasdi. Shanba kuni ham yaxshi xislatli Amirning holi shu xilda borardi, balki borgan sari zaiflik kuchaya borib, kasallik shiddati orta bormoqda edi. Natijada mazkur oyning o’n ikkinchisida yakshanba (906 h. yil, jumodil-oxir oyning o’n ikkinchisi, yakshanba kuni, hozirgi taqvim hisobimizcha 1501 yil, 3 yanvar.) kuni erta bilan haq chaqirig’ini «labbayka» deb qabul qilib, boqilik naqdini ruh oluvchiga topshirdi va hayot gulshani bulbulini oliy chamanga jo’natdi,
Bayt:
Ta jahonast chunin budu chunin xohad bud,
Hamaro ohibati kor hamin xohad bud.
(To jahon bor shunday edi, shunday bo’laveradi, hammaning ish oqibati shunday bo’ladi).
Mahshar kuni g’avg’o va to’poloni butun yer yuzini qoplab oldi. Amir va vazirlarning yig’i-sig’isi, katta-kichikning faryodu fig’oni osmonning eng yuqori cho’qqisidan ham o’tib ketdi. Sultoni sohibqiron va podsho xonadonining ba’zilari o’sha zamondayoq ul hazrat manziliga tashrif qildilar va izzat taxtidan motam palosiga tushib, nola-zori va yig’iga boshladilar. Payg’ambar sunnatiga muvofiq yuvish, kafanlash marosimlarini bajardilar. Zafarli sohibqiron, hashamatli amirlar, islom mashoyixlari, buyuk sayidlar, olim va fozillar va umumxalq rahmat egasi hamrohligida xiyobonga qarab siljishdi. Barcha g’amginlar ohining tutuni yangidan davlatga erishgan xasislarning kibr-havosi kabi osmonga yetishdi va yurak xunoblari baxti ketgan saxiylar yosh gavhari kabi ko’z yo’lidan dam-badam tuproqqa to’kilardi.
Masnaviy:
Zi mujgon dam-badam xunob merext,
Bigo’ xunob chun bo ob merext
Zi pas bolo girift on ro’z far’yod,
Sado dar gunbazi firo’za aftod,
(Kiprikdan dam-badam xunob to’kilardi,
Ayt, xunob qoni suvga to’kilardi.
Usha kuni faryod avjiga chiqdi,
Sado firuza rang gunbazga chiqdi).
Bu paytda havo javhari shoh va gadoga qo’shilib, cheksiz yosh qatralarini yog’dirdi, balki ruh va rayhon buluti tomchilari arshdek muazzam tobuti tevaragiga inib turdi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling