Mavzu: Arab tilidagi forsiy manbalar. Tarixchi Xondamir asarlarining tarixshunoligimizdagi o’rni. Mundarija: kirish I bob. Hirotlik tarixchi G’iyosiddin Xondamirning tarixda tutgan o’rni


Download 1.95 Mb.
bet6/10
Sana25.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1295070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fors tilidagi manbalar

Ruboiy:
Xuni shafaq az didai gardun bichakid,
Mah ro’y bikandu Zuhra giso’ biburid.
Shab joma siyah kard dar-in motamu, subh
Barzad nafasi sardu giribon bidarid,
(Osmon diydasidan shafaq qoni tomdi,
Oy yuz yuldi-yu, Zuhra (yulduzi) soch qirqdi.
Tun bu motamda to’nini qora qildi,
tong (esa) sovuq oh tortib, yoqasin yirtdi).
Hirot iydgohida janoza o’qildi. Keyin o’zining masjidi jomei yonidagi, ilgaridan shu hodisa uchun yasab qo’yilgan gumbazga olib kelib dafn qildilar.
«Ey tuproq, bag’ringda nima borligini qaydan bilasan?»
U kechasi buyuk sayidlar va olimlarning ko’pchiligi fayzli qabri tepasida tunadilar va qorilar tonggacha tilovat bilan shug’ullanib, mijja qoqmadilar. Ertasiga quyosh jamshidi motamli kishilar kabi, osmonning ko’k to’nini kiydi va yulduzlar to’dasi xalqning ko’z yoshi kabi, yerga to’kildi. Vafoli Soqibqiron ham rahmatga sazovor Amir manzilida motam maqomiga o’tirdi. Hirot poytaxtining ulug’lari ham xizmatga yetishib, ko’ngil so’rash marosimlarini bajo keltirdilar. Shu kuni Hirot shahrining ko’p masjidlarida xalq motam palosida o’tirib, ulug’ martabali zotning ruhini shod qilish uchun xatmi Qur’on bilan mashg’ul bo’ldilar.
Sultoni Sohibqiron uchinchi kungacha ul ahli dillar boshlig’ining uyida turdi. Xudoyi va xatm buyurdi. Shuning bilan nur sochuvchi zotning mazori boshiga borib, ziyorat shartlarini bajo keltirdi. Oliy nasab Amirning ulug’ birodari Amir Nizomiddin Shayx Bahlul va u janobning o’g’ilxoni Amir Kamoliddin Sulton Husaynga va oliy hazratning boshqa yaqinlari va mulozimlariga mehribonlik ko’rsatdi. Hamda shu kuni, Sultoni Sohibhironning buyrug’iga binoan, oliy qadrli Amir Muboriziddin Muhammad Bahodir va janobi Amir Xoja Afzaliddin Muhammad va oliy dargoh amirlarining zubdasi Xoja Shihobiddin Abdullo rahmat egasining uyiga Hirot shahrining mashoyix, sayid, olim va fozillarini chaqirib, turli-tuman taom tortdilar. U majlisda qorilar ham yig’ilib, Qur’on xatm qildilar. Biroq saodatli Sohibqiron baland himmati buning ila qanoatlanmadi. Benihoyat katta bir chaqiriq o’tkazish uning ravshan xotiridan o’tdi. Ulug’ amirlar marosimga kerak narsalarni tayyorla- dilar. Narsalar jumlasidan, ikki yuz ellik bosh qo’y, yetmish bosh ot va ho’kiz sarf qildi- lar. Mazkur oyning 23 ida panjshanba kuni ulug’ mashoyixlar, baland darajali sayidlar, olimlar, fozillar, ulug’lar, a’yon va ashroflarni, kattalarni Sarixiyobon dalasiga chaqirdilar.
Sultoni Sohibqiron ham tashrif buyurib majlisni munavvar qildi. Mo’l-jo’l ovqatlar tortilib, Qur’on o’qilgandan keyin, oliy martabali podshoning mulozimlari jannat boqchasida yotgan zotning qarindoshlari, yaqin do’stlari va xodimlariga qimmatli kiyimlar kiygizib, ularni azadorlik kiyimlaridan chiqardilar va ularni Sohibqiron o’z oldiga chaqirib, podshohona iltifotlar va xus’hrovona inoyatlar bilan umidvor qildi. U izhzat va buyuklik doirasi markazining vafotihdan qirq kun o’tgandan keyin, yana bir ma’raka o’tkazish fikriga keldi. Amir Kamoliddin Sulton Husayn va Xoja Jaloliddin Muhammad bu ishni boshqarishga kirishib, yuzga yaqin qo’y, ikki to’qqiz ot so’ydirib, xayolga nima kelgan bo’lsa, undan ham ziyodroq qilib, Oliy hazratning muborak manzilida turli ovqatlar hozirladilar. Rajab oyining 29 ida panjshanba kuni (1501 yilning 18 fevrali) vafodor Sohibqiron u joyga tashrif buyurdi, ulug’lar va buyuk zotlar yana jam’ bo’ldilar. Buyuk amirlar osh tortishga kirishib, Qur’on o’quvchi qorilar oyatlar qiroat qilishga til ochdilar. O’sha paytda, o’z zamonining Xadichasi* «Mahdi ul’yo»*ning mulozimlari musibat ahllariga qimmat baho kiyimlar kiygizdilar.
Yashirin qolmasinki, davlatli Oliy hazratning ta’rixi va marsiyasi haqida zamon shoirlari va fozillar tomonidan juda ko’p qit’a va qasidalar aytilgan. Ammo bu faqir so’z uzayib ketishdan andisha qilib, ulardan faqat shu qadarinigina keltirish bilan kifoyalanib, kitobni qisqartirdim…

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling