Mavzu: Arab tilidagi forsiy manbalar. Tarixchi Xondamir asarlarining tarixshunoligimizdagi o’rni. Mundarija: kirish I bob. Hirotlik tarixchi G’iyosiddin Xondamirning tarixda tutgan o’rni


* bilan belgilangan so’zlar izohi


Download 1.95 Mb.
bet7/10
Sana25.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1295070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fors tilidagi manbalar

* bilan belgilangan so’zlar izohi
Mihaffa — podsho va uning xonadoniga xos kajava bo’lib, unga o’tirg’izib, ot-ulov bilan olib yuradilar.
Sakta — his va harakatning to’xtab qolish kasali.
Sarixiyobon — katta va ko’pchilik ziyofati uchun qurilgan podsholik bog’.
Xadicha — Husayn Boyqaroning xotini, hamda payg’ambarning katta xotini ham shu nomda bo’lgani uchun, buni o’shanga tenglashtirilgan.
Mahdi ul’yo — podshoning bosh xotini shu laqab bilan atalgan.


NAVOIY QANDAY KASALLIKDAN VAFOT ETGAN?
Astrobodadn kelayotgan podshoh hazratlari ( Sulton Husayn Boyqaro.X.D.k.) Xo‘ja Abbos mavzesiga kelganda taxtiravondan tushdi. Negaki uni bir umrlik do‘sti kutib olayotgandi. Ammo negadir do‘sti podsho bilan diydorlashmoq uchun otdan tushib kelayotsa-da, yurishga quvvati qolmayotganday ko‘rindi. U bir qo‘lini Xo‘ja Abdulloning yelkasiga, ikkinchi qo‘lini Xondamirning kiftiga qo‘yib taxtiravonga yaqinlashdi va podshoh hazratlarining qo‘lini o‘pdiyu, holsizlanib yerga o‘tirib qoldi. Behush bo‘lib qolgan kishi Mir Alisher Navoiy hazratlari edi.
Bolalikdan birga voyaga yetgani bois vaqt o‘tib podshoh va vazir darajasiga chiqqan Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy do‘stligi umrbod davom etdi. Alisherning oilasi va qarindosh-urug‘lari temuriylar xonadoniga yaqin amaldorlardan bo‘lib, otasi G‘iyosqadin Kichkina Abulqosim Boburning saroy amaldorlaridan, keyinroq esa Sabzavor shahriga hokim ham bo‘lgandi. Bu holat aka-ukalar Baxlulbek, Alisherbek va Darveshalibeklarning bolalikdan temuriy shahzodalar bilan maktabda o‘qishiga sabab bo‘ldi. Garchi Xurosonda toju taxt uchun bo‘lgan kurashlar bois G‘iyosiddinlar oilasi Iroqqa ko‘chsa-da, Alisher yoshligida Mashhad va Samarqanddan Hirotga kelib, avvaliga saroyda muhrdor, keyin vazir, Astrobod hokimi bo‘lib ishladi. Navoiyning akasi Shayx Baxlulbek o‘sha vaqtda Xurosonga qarashli bo‘lgan Xorazmning, ukasi Darveshali Balx viloyatining hokimi bo‘lib faoliyat ko‘rsatishgandi. G‘iyosiddinning uchala o‘g‘li — Baxlulbek, Alisherbek va Darveshalibeklarning viloyatlarga hokim bo‘lishi Husayn Boyqaroning ularga bo‘lgan ishonchu e’tibori tufayli edi.
Ammo hamma davrlarda bo‘lganidek, saroy o‘yinlari tufayli ba’zida oralarida kelishmovchilik, bir-birini tushunmaslik holatlari ham bo‘lib turardi. Garchi Navoiy butun umrini ijodga baxshida qilish niyatida egallab turgan mansablaridan bir necha bor iste’foga chiqqan bo‘lsa-da, Husayn bilan bolalikdan do‘stligi sabab, saltanat ishlaridan uzoqlashib ketolmasdi. Unga podshoh in’om qilgan ko‘plab yer-suv, mol-mulkni ham turli mavzelarda 52 rabot, 16 ko‘prik, 20 xonaqoh, 9 hammom va 20 ta hovuz tashkil etishga sarflodi. O‘n sakkiz ming shoxruxiy dinordan iborat bir kunlik daromadiniyam xayr-saxovatga bag‘ishladi. Hatgo saltanat yumushlari deb haj ziyoratiga borish ham yildan-yilga ortga surilardi.
Vaqt o‘tib, Husayn Boyqaro saltanati ham shahzodalar o‘rtasidagi jangu jadallar tufayli beqaror holatga borib qolgandi. Xususan, Navoiy Mashhadda bo‘lgan payti-da kelgusida adolatli hukmdor bo‘ladi, deya orzu qilgan shahzoda Mo‘min Mirzoning 1497 yil o‘ldirilishi, Badi-uzzamon va Husayn Boyqaro o‘rtasidagi mojarolarni avjiga chiqardi.
Shuningdek, Alisherning farzandi kabi yaqin bo‘lgan jiyani Haydarbekning 1499 yilda davlatdan norozi kayfiyatdagi kishi sifatida qatl etilishi, ukasi Darveshalining Balx hokimligidan bo‘shatilishi, malika Xadichabegimning turli fitna va ig‘volari tufayli saltanatdagi o‘zaro nizolarning kuchayishi 1500 yilga kelib Alisherbekning sog‘ligiga katta ta’sir qilib, dekabr oyidan o‘zini yomon sezadigan, bosh og‘rishi, qo‘l titrog‘i tez-tez bezovta qiladigan bo‘ldi. Bu paytda daho shoir 59 yoshda bo‘lib, kasalligiga qaramay, hamisha mo‘ysafidlardek hushyor va dono edi.
Shu bois Husayn Boyqaroning isyon ko‘targan o‘g‘li Muhammad bilan yarashganidan xursand bo‘lib, 1500 yil jumodul-oxir oyining 6-sanasida, xabar kelgan zahoti bir guruh amaldorlar bilan yo‘lga chiqdi. Juma kunida ular otda Xo‘ja Abbos mavzesida podshohni kutib oldilar va shu yerda Navoiy hazratlari hushidan ketdi. Bundan tashvishlangan Husayn Boyqaro do‘stini taxtga yotqizib, Xo‘ja Abdulloga bemorning holidan xabardor bo‘lib turishni topshirdi. Navoiyning tashqi ko‘rinishi va tomir urishida sakta alomatlari ko‘rinib qolgandi. Sakta — insult yoki boshqacha aytganda miyaga qon quyilishi edi. Buning davosi esa qon olish bo‘lgan.
Bir guruh tabiblar kasaldan shu yerning o‘zida qon olishni taklif qilishadi. Ammo saroy tabibi bo‘lgan Nizomaddin Abdulxay biron xato bo‘lishi mumkinligini, shoirni Hirotga olib borib, o‘sha yerda qon olishni afzal hisoblaydi. Bu fikrni Husayn Boyqaro bemor uchun ma’sul deb belgilagan Xo‘ja Abdullo ham ma’qullagach, behush holatdagi Navoiy hazratlarini Hirot tomon olib ketadilar.
Yo‘lda kasallik alomatlari kuchaygach, Xondamir (1475-1535) Xo‘ja Abdulloga, agar qon olish kechiktirilsa, davolashdan foyda bo‘lmasligini aytadi. Shunda Xo‘ja Abdullo bemor holini ko‘ra turib, Husayn Boyqaro huzuriga — Hirotga chopar yo‘llab uning fikrini so‘raydi. Boyqaro kech bo‘lsada qon olishni buyuradi. Ammo chopar kelib bu amrni yetkazgunicha, qolaversa, qon oluvchini yigirma chaqirim olisdan olib kelguncha vaqt o‘tgandi. Ya’ni qon olganlarida 320 grammdan ortiq qon chiqmaydi. Shu taxlit kasalligi zo‘raygan Navoiyni juma kuni yarim kechada uy-iga olib kelishadi. Ertasiga shanba kuni esa ikkinchi bor tabiblar qon olmoqchi bo‘ladilar. Biroq, fursat boy berilgandi. Bu paytda do‘stini ko‘rgani yetib kelgan Boyqaro ham bemorni behush holda ko‘rib, vaqt o‘tganini anglaydi. Ertasiga yakshanba kuni tongda esa buyuk mutafakkir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy miyaga qon quyilishi kasalligidan vafot etdi. Bu ma’shum voqea 1501 yil 3 yanvar kuni Hirotda ro‘y beradi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling