Mavzu: Arab xalifaligi istilosi davri tarixshunosligi


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1496886
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ARAB XALIFALIGI ISTILOSI TARIXSHUNOSLIGI



Mavzu: Arab xalifaligi istilosi davri tarixshunosligi 
 
MUNDARIJA: 
KIRISH ..............................................................................................................2 
I BOB. Arab xalifaligining tashkil topishi va uning tarixda tutgan 
o‘rni.................................................................................................................6-13 
1.1.Arab xalifaligining tashkil topishi......................................................6-13 
1.2. Arab xalifaligi tarixiga oid manbalar tavsifi.................................14-18 
II BOB. Arab xalifaligi tarixining rus, o‘zbek va chet ellik tarixchilar 
tomonidan o‘rganilishi................................................................................19-22 
2.1. Arab xalifaligi tarixi rus va o‘zbek tarixchilari nigohida.............19-22 
2.2. Xorijiy mamlakatlarda Arab xalifaligi tarixining o‘rganilishi..…23-26 
XULOSA ...................................................................................................27-28 
FOYDDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI..29 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi: Bashariyat moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, 
tabiat, jamiyat va inson tafakkurida amal qiladigan qonuniyatlarni bilish, 
moddiy xamda ma‘naviy olam xaqidagi bilimlarni yoshlarga o‘rgatish yo‘li 
bilan rivojlanadi. Bu jarayonlarga yetarli axamiyat bermaslik, ularning 
birontasini e‘tibordan chetda qoldirish jamiyatni inqirozga olib keladi.  Moddiy 
ne‘matlarni ishlab chiqarish umuminsoniy tajriba bo‘lib, u jamiyatning iqtisodiy 
negizini yaratishga yo‘nalgan. Ishlab chiqarish qonuniyatlari, printsiplari, 
usullarini iqtisod fanlari o‘rganadi. Tabiat, jamiyat va tafakkur xodisalarini 
falsafa, tabiiy va ijtimoiy fanlar tadqiq etadi. Bu fanlar soxasida to‘plalgan 
bilimlar insoniyatning o‘zi uchun xiemat qiladi. Zero, bashariyat to‘plangan 
bilimlardan amaliyotda foydalanish yo‘li bilan o‘zini tabiiy injiqliklardan — 
ochlikdan, sovuqdan, ofatlardan, shuningdek, iqtisodiy va siyosiy tanazzuldan 
ximoya qiladi.  
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan qabul 
qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, 
belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida, eng 
muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilishi va harakatlarida yaqqol ko‘zga 
tashlanmoqda.
Harakatlar strategiyasi odamlarni ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik muhitida 
yashash va ishlashga da‘vat etmoqda. Har bir soha faoliyati ulkan ta‘sir kuchiga 
ega bo‘lgan, fuqarolik jamiyatining ajralmas bir qismi bo‘lgan jamoatchilik 
nazorati ostida rivojlanishi zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunday muhitda 
insonning davlat, jamiyat va o‘zi oldida mas‘ulyatni to‘la his etib yashashi, so‘zi 
bilan ishi bir bo‘lishiga rioya etish fazilatlari asosiy mezon sifatida namoyon 
bo‘ladi. Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda xuquqiy demokratik asosdagi 
xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat 
hisoblanadi. Harakatlar strategiyasining IV- bo‘limida Ijtimoiy sohani 



rivojlantirishning ustvor yo‘nalishlari deb nomlangan 4.4 - bandida ―Ta‘lim va 
fan sohasini rivojlantirish‖ masalalari o‘z aksini topdi
1
.
Ya‘ni:
- uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta‘lim xizmatlari 
imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish:
- ta‘lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital tahmirlash, ularni 
zamonaviy o‘quv va laboratoriya asboblari kompyuter texnikasi va o‘quv-
metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy - texnika bazasini 
mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish tashkil etish 
nazarda tutilgan.
Mamlakatimiz prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ―Avvalgi uchrashuvlarda 
ta‘lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, 
ta‘limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoli tanqidiy ta‘lil qilib berilgan 
edi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz 
va mamlakatimizning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekani sababli 
ushbu sohadagi ishlar shaxsan bosh vazirga yuklatilgan
2
‖. 
Ta‘lim 
nazariyasi talabaning umumpedagogik bilim darajasini 
kengaytiradi, pedagogik merosimizga xurmat bilan munosabatda bo‘lishga 
o‘rgatadi. Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va amaliyoti, tarbiya va ta‘lim, uning 
rivojlanish jarayoni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va har bir tarixiy 
bosqichda ilmiy bilimlar darajasi bilan bohliqligi to‘hrisida aniq tasavvur hosil 
qiladi. Bo‘lajak o‘qituvchi pedagogika tarixi kursini o‘rganish davomida boshqa 
1
Mirziyoyev Sh.M. 2017-2021-yillarda ―O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‗nalishlari bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖, Toshkent.: O‗zbekiston, 2017. T. - 10 b.
2
Mirziyoyev Sh.M. ―Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining 
kundalik qoidasi bo‗lishi kerak‖.O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 
2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‗ljallangan iqtisodiy 
dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi 
ma‘ruzasi, Xalq so‗zi gazetasi, 2017-yil 16-yanvar. 



psixologik-pedagogik o‘quv fanlari, pedagogik tushunchalar yuzasidan fikr 
yuritadi hamda ularning mohiyatini tushuna boradi
3
.
Arab xalifaligi (632 – 1258) -Arabiston yarim oroli, Yaqin va O‘rta Sharq, 
Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan 
saltanat. 7 — 8-asrlarda tashkil topgan. Arab xalifaligi asoschisi payg‘ambar 
Muhammad (as) ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakr – Arablar yuqorida 
zikr etilgan mamlakatlarni 633-715 yillar orasida bosib olganlar. Bu 
mamlakatlar asosan ―Xulafo ar-roshidin‖ (―To‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar‖) 
va umaviylar zamonida fath etildi. Lekin abbosiylar bu ulkan hududni butun 
saqlab qololmadilar. Ichki ixtiloflar ta‘siri ostida Arab xalifaligi 8-asrning 
oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshladi: 788 yil 
Mag‘ribning g‘arbiy qismida (hozirgi Marokash) Idrisiylar (788 — 985), uning 
Sharqiy qismida (hozirgi Tunis) ag‘labiylar (800 — 909) hukmronligi o‘rnatildi. 
Xuroson va Movarounnahrda esa 9-asrning 20-yillaridan boshlab mahalliy 
sulolalar: Tohiriylar (821 – 873), safforiylar (867 – 903) va Somoniylar (875 — 
999) bosh ko‘tarib chiqdilar. Ular Arab xalifaligiga nomigagina tobe bo‘lib, 
aslida mustaqil hukmdor edilar. Arab xalifaligi 1258 yil mo‘g‘ullar tarafidan 
tugatildi. 
Xalifalik tarixi butun insoniyat tarixining muhim qismi bo‗lib, ularsiz 
davlat va huquq taraqqiyoti qonuniyatlarini anglab bo‗lmaydi. U umumiy ilmiy 
qiziqishdan tashqari, nafaqat xalqlarning huquqiy madaniyati xususiyatlarini 
yaxshiroq tushunishga, balki bizning davrimizning ko'plab ijtimoiy-siyosiy 
hodisalarining mohiyatini yanada aniqroq baholashga yordam beradigan dolzarb 
amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling