Mavzu: Arab xalifaligi istilosi davri tarixshunosligi


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1496886
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ARAB XALIFALIGI ISTILOSI TARIXSHUNOSLIGI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


19 
II BOB Аrab xalifaligi tarixining rus, oʼzbek va chet ellik tarixchilar 
tomonidan oʼrganilishi 
2.1 Аrab xalifaligi tarixi rus va oʼzbek tarixchilari nigohida 
Tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ko‗plab tadqiqotchilar arab 
xalifaligini o‗rganishga e‘tibor qaratganlar. Gʻarb tarixchilari XVII-XVIII 
asrlardan boshlab arab xalifaligiga bir qator yozuvchilar, tarixchilar: Herbelot, 
Gibbon, Degin va boshqalar eʼtibor berishgan. Biroq, ularning asarlarini 
to‘laqonli deb bo'lmaydi: bu tarixchilar keltirgan ko'plab manbalar hali nashr 
etilmagan. Bundan tashqari, ular ko'pincha bir-biridan iqtibos keltirgan.
Rus tarixshunosligida ham ko‘proq XIX asrdagi xalifalik tarixiga eʼtibor 
berilgan. Dastlab G'arb tarixchilarining tarjimalari katta o'rin egallagan. Ammo 
bunday tarjimalarning asosiylaridan biri A.Krimskiyning fundamental 
tadqiqotlaridir. Krimskiy "Islom tarixi" asarida ustida ish olib boradi va uni 
kitobxonlar e‘tiboriga havola etadi. Bu asar islom tarixiga oid eng jiddiy va 
qiziqarli kitoblardan biridir. Rossiyada islom va xalifalikni o‗rganishga 
kirishgan yana bir yirik tarixchi V.Bartolddir. U Islom tarixiga oid eng yirik 
manbashunoslik va tarixnavislik asarlar muallifi hisoblanadi. Bular ―Islom va 
arab xalifaligi tarixiga oid asarlar‖ va ―Yevropa va Rossiyada Sharqni oʻrganish 
tarixi‖ asarlaridir.
Sovet davri tarixshunosligida E.Belyayevning ―Arablar, islom va arab 
xalifaligi ilk oʻrta asrlarda‖ va V.Naumkinning ―Xalifalik. Bu qanday 
boshlandi?" asarlari alohida e‘tirofga sazovor bo‘lgan.
E.A. Belyaevning ―Ilk o‗rta asrlarda arablar, islom va arab xalifaligi‖ 
asarida islom dinining paydo boʻlishi, Arab xalifaligi (Umaviylar xalifaligi
Bagʻdod xalifaligi) ning tashkil topishi, uning siyosiy tarixi, xalifalikdagi 
ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlari alohida oʻrganiladi va qalamga olinadi. 
I.Yu. Krachkovskiy (1883-1951) arab filologiyasi va umuman 
arabshunoslik bo‘yicha eng muhim rus olimidir. Uning bir qator rus va arab 
tillaridagi asarlari arabshunoslikka o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan.


20 
L.R. Syukiyainen xalifalik tarixi va xalifalik haqida shunday izoh beradi: 
―Odatda xalifani "saylash"da uchta asosiy yo'l bor: bevosita jamoa tomonidan, 
saylov orqali va ikkinchisi jamoa tomonidan voris sifatida tayinlanish. Islom 
ruhiga eng mos keladigani jamiyatning bunday shaklidir, deb ta‘kidlab o‘tadi.
Islom olamida Abu Yusuf nomi bilan mashhur bo‗lgan Yoqub Abu Yusuf 
ibn Ibrohim al-Kufiy (735–798)ning ijtimoiy-falsafiy qarashlari, xalifalik soliq 
tizimining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Abu Yusuf tomonidan bir 
qancha asarlar yozib qoldirilgan. Ular ichida ―Kitob al-xaroj‖ asari ancha 
mashhur bo‗lib, unda Abu Yusufning ijtimoiy-falsafiy qarashlari keng 
yoritilgan. Qolaversa, bu asar eng qadimiy qo‗lyozma (VIII asr) asarlar sirasiga 
kiradi. 
―Kitob al-xaroj‖ asarida islomdagi asosiy iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar 
to‗liq yoritilgani hamda arab xalifaligida soliq tizimi qay tarzda tarkib 
topganligini yoritish bilan bir qatorda juda qimmatli tarixiy ma‘lumotlar 
keltiriladi. Chunki asarning faqatgina 
qadimiy qo‗lyozma ekanligi emas, balki u 
bizga aynan VIII–IX asrlarda xalifalikda va yurtimiz hayotida soliq tizimi 
qanday bo‗lganligi va keyinchalik uni tarixiy evolyusiya natijasida qay tariqa 
o‗zgarganligini kuzatish imkonini beradi. Abu Yusufning qarashlari, ayniqsa, u 
tomonidan ishlab chiqilgan soliq tizimi va yerga bo‗lgan munosabat bevosita 
Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga katta ta‘sir o‗tkazdi. 
Abu Yusuf yashagan davr islom tarixida katta ilmiy
uyg‗onish bo‗lgan 
davr hisoblanadi. Bu davrda Qur‘oni karimni tafsir qilish, fiqh, falsafa, 
tarjimachilik juda taraqqiy etgan edi. Abu Yusuf ushbu kitobni Xalifa Horun ar-
Rashid davrida bosh qozi bo‗lib ishlagan paytlarida yozgan. Abu Yusuf ushbu 
risolani xalifaning soliqqa tortish masalalari, davlat boshqaruvi, jinoyat 
qonunchiligi va boshqa masalalar bilan bog‗liq diniy me‘yorlar holati haqidagi 
so‗rovlariga javoban yozgan. Asar xalifaga nasihat qilish bilan boshlanib, uni 
yuksak ma‘naviyatli va odil hukmdor sifatida o‗z xalqi oldidagi vazifalarni 
sidqidildan ado etishi lozimligini ta‘kidlaydi.


21 
Kitobning yondashuvi pragmatik va huquqiy xususiyatga ega. Bu 
shunchaki islomning moliya tizimi to‗g‗risidagi risola emas, aksincha, bu o‗sha 
davrda jamiyatdagi o‗zgarishlar yoritilgan, islom qonunlari nuqtayi nazaridan 
amalga oshiriladigan soliq tizimini yaratish uchun qilingan ilk sa‘y-
harakatlardir. U o‗zining yuksak tahlili bilan tarixiy dalillar asosida islom 
moliya tizimining moslashuvchanligi va barcha jamiyat hamda zamonlarga 
moslasha oladigan sifatga ega ekanligini isbotlashga urindi. Abu Yusuf fiqh 
olimi va din ulamosi sifatida o‗z fikrlarini Qur‘oni karim oyatlari, Payg‗ambar 
(s.a.v) odatlari va taqvodor xalifalarning amallari bilan mustahkamlashga 
harakat qilgan. 
Xalifalikdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat xalqning iqtisodiy holatini, shuningdek, 
madaniy hayotdagi bir qator diniy xurofiy botil e‘tiqodli mazhablarning vujudga 
kelishi hayotiy jarayonni murakkablashtirar edi. Abu Yusuf mana shunday 
murakkab siyosiy jarayonlarni hisobga olgan holda ―Kitob ul-xaroj‖ asarini 
yozdi. U doimiy ravishda Horun ar-Rashidga o‗zining qarashlarini bildirib, 
maslahatlar beradi. Asarda ―Kimki, adolatli siyosat olib borsa, uning martabasi 
yuksak bo‗ladi va boshqaruvda yengillik bo‗ladi. Kimki, adolatsiz siyosat 
yurgizsa, undan xalq yuz o‗giradi va boshqaruvda og‗irlik sezadi‖
16
, deb ko‗p 
ta‘kidlanadi. Albatta xalifa bu so‗zlarni e‘tiborga olgan bo‗lishi kerak. 
Abu Yusuf arablar va ajamlar o‗rtasida ziddiyatni keltirib chiqarmaydigan 
g‗oyalarni bayon etgan. Asardagi najron xalqiga nisbatan olib borilgan siyosat 
yoki bo‗lmasa zimmiylarga nisbatan muomala haqidagi fikrlar bunga yaqqol 
misol bo‗la oladi. Abu Yusuf ijtimoiy tenglik va adolatli boshqaruv bo‗lganda 
mamlakat taraqqiy etajagini anglab yetgan. Abu Yusufning bu g‗oyalari 
xalifalikda ajamlarga nisbatan odilona siyosat olib borishga turtki bo‗lgan. 
Boshqaruvning keyingi yillarida mahalliy hokimiyatni tub yerli aholidan 
chiqqan kishilarga berilganligida buni ko‗rishimiz mumkin. Xususan, xalifa 
Ma‘mun davrida Xuroson va Movarounnahr yerlari Tohir ibn Xusayn va 
16
(Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское налогообложение) / Пер. с 
арабского и комментарии А.Э.Шмидта. Супракомментарии к переводу А.С.Боголюбова. Подготовка к 
изданию, вступит.статья и указатели А.А.Хисматулина. СПб., 2001. – с. 8) 


22 
Somonxudotning nabiralariga bo‗lib berildi. Ular keyinchalik o‗sha yerlarga 
hukmronlik qildilar. Aytish mumkinki, ular tuzgan davlatlarning negizi islom 
davlati asosida edi. Davlat tuzilishining har bir bo‗g‗inida xalifalik 
boshqaruvidagi qonuniy me‘yorlar ko‗zga tashlanadi. 
Yuqorida aytib o‘tilgan tarixchi, yozuvchilardan tashqari yana quyidagi 
olimlarni ham akohida ta‘kidlab o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘ladu: 
A.S.Sagdullayev, 
R.Murtazayev, 
B.J. 
Eshov, 
A.A.Odilov,
A.R.Muhammadjonov, R.Shamsutddinov, Sh.Karimov, Anvar Ahmad Nozim 
Mamatoxunov, S.A.Haydarov va boshqalar. Ushbu tarixchi va olimlarning 
manbalarida Arab xalifaligi davridagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayot haqidagi 
ma‘lumotlar yozilganligini bilishimiz mumkin. 


23 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling