Mavzu: Arab xalifaligi istilosi davri tarixshunosligi


Xorijiy mamlakatlarda Аrab xalifaligi tarixining oʼrganilishi


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1496886
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ARAB XALIFALIGI ISTILOSI TARIXSHUNOSLIGI

2.2 Xorijiy mamlakatlarda Аrab xalifaligi tarixining oʼrganilishi 
Markaziy Osiyo xalqlarining fani va madaniyati turli tarixiy jarayonlar 
davrida ulardagi siyosiy va iqtisodiy tuzumning mohiyatiga qarab, ba‗zan o`sish, 
rivojlanish, ba‗zan esa susayish kabi bosqichlarga ega bo`lgan. Misol uchun, 
Markaziy Osiyo fani tarixida IX-XI asrlarni yirik madaniy yuksalish, XIII 
asrning boshi 
XIV asrlarni esa mo`g`ullar istilosi tufayli inqirozga yuz tutish, 
undan keyingi Amir Temur davrini esa nafaqat yo`qotilgan mavqeyini yana 
tiklash, balki yangi cho`qqilarni egallash davri deb atash mumkin
17
. Darhaqiqat, 
mutaxasislarning fikriga ko`ra, Markaziy Osiyo fani va madaniyati bashariyat 
sivilizatsiyasining muhim va ajralmas qismi sanaladi. Biz mazkur BMIda IX-XI 
asrlarda Sharqdagi madaniy yuksalish bilan bog`liq jarayonlarda Markaziy 
Osiyoning ahamiyati xususida ko`proq to`xtalamiz. E`tirof etish joiz, Markaziy 
Osiyoning siyosiy tarixi bu mintaqada qadimgi Yunoniston, Hindiston, Parfiya, 
Eron, Arabiston, Xitoy va mahaliy xalqlarning madaniy an`analari hamda ilmiy 
yutuqlari o`zaro uyg`unlashib bir-birini boyitgan, natijada esa yuksak 
sivilizatsiya shakllangan. IX-XI asrlarga kelib musulmon madaniyatidagi 
umumiy madaniy yuksalish Movarounnahr vaXuroson olimlari ijodida o`zining 
yuqori choqqisiga ko`tarildi. Ular haqida tadqiqot ishining bo`lim va 
paragrflarida izchil va qiziqarli ma`lumotlar berishga harakat qilamiz. Markaziy 
Osiyo madaniyati arablar istilosiga qadar ham uzoq o`tmishga ega edi. Mazkur 
hudud qulay geografik sharoitda joylashgani sababli, qadim zamonlardan Yaqin 
va O`rta Sharq, Kavkaz, Sharqiy Yevropa, Hindiston va Xitoy bilan doimiy 
savdo va iqtisodiy aloqalari bardavom bo`lgan. Bu esa o`z navbatida, mazkur 
mintaqadagi shaharlar, qishloq xo`jaligi (xususan, suniy irrigatsiya inshoatlari) 
turli mahaliy hunarmandchilik va konchilik an`analari, ilm va madaniyatning 
jadal sur`atlar bilan rivojlanishiga turtki bo`ldi. 
Ushbu ishda ko`rilayotgan, o`rganilayotgan mazkur muammo bitiruv 
malakaviy ish mavzusi sifatida va ayniqsa, arab musulmon madaniyatining 
jahon tarixida tutgan o`rni tadqiqoti sifatida nisbatan kam o`rganilgan. Quyida 
17
Xayrullayev L.M. O`rta Osiyoda ilk uyg`onish davri madaniyati. T. 1994, 75-bet. 


24 
biz bu davr tarixi, aniqrog‗i Sharq xalqlari tarixi, fani va madaniyati bilan 
shug`ullangan bazi xorijiy va mahaliy tadqiqotchilarning asarlari haqida 
qisqacha to`xtalib o`tsak. 
Shveysariyalik sharqshunos Adam Mets o`zining ―Musulmon renessansi‖ 
asari bilan mutaxasislarga yaxshi tanish. Uning kitobi bir necha tillarga, 
xususan, rus va arab tillariga ham tarjima qilingan.Mazkur asar IX-X asrlarda 
Musulmon Sharqida yuz bergan madaniy rivojlanishning tarixiga bag`ishlangan, 
va umuman, u IX-X asrlardagi Sharq fani va madaniyatini yorituvchi noyob 
qomus hisoblanadi. Asarda muallif qo`llagan asosiy g`oya, IX-X asrlarning 
Musulmon Sharqidagi uyg`onish (renessans) davri ekanini ko`rsatishga intilish 
deyish mumkin. Shuning uchun ham u o`z asarini ―Musulmon renessansi‖ deb
ataydi. A.Metsning kitobi Sharq xalqlari ijtimoiy hayotining deyarli barcha 
qirralarini tarixiy manbalar asosida yoritib beruvchi muhim fundamental 
tadqiqot hisoblanadi. 
O`rta asr Sharq xalqlari madanioyatini o`rganishda avstraliyalik Gustav fon 
Gryunebuamning xizmatlarini eslash joiz: Uning 1970-yili Londonda nashr 
etilgan ―Klassik islom‖ kitobida sharq xalqlari tarixi va madaniyatiga doir 
muhim ma`lumotlar aks etgan. Muallif qalamiga mansub ―Zamonaviy islom: 
madaniy o`zlikni anglash bo`yicha tadqiqotlar‖ hamda uning rahbarligi va 
bevosita ishtiroki natijasida yuzaga chiqqan to`plamlardan. ―Musulmon 
sivilizatsiyasida umumiylik va har xilliklar‖` ham muhim ahamiyatga ega. 
Amerikalik mashhur fan tarixchisi Jorj Sartonning ―Fan tarixiga kirish‖ nomli 
fundamental ishi qimmatli ma`lumotlarni o`zida mujassam etgan. Asarda o`rta 
asr fani rivojiga o`z xissasini qo`shgan ko`pgina olimlar va tarjimonlar ijodiga 
keng o`rin berilgan. Maks Meyerxofning ―Fan va tabobat‖ nomli maqolasida 
o`rta asr sharq xalqlari madaniy taraqqiyotining dolzarb masalalariga to`xtab 
o`tiladi. Yana bir ingliz olimi Donald Xill IX asr poytaxt – Bag`dodda fan va 
texnikada yuz bergan muhim jarayonlarni tahlil qilgan. So`nggi yillarda 
yaratilgan ―Abbosiylar davridagi arab adabiyoti, dini, ta`limi va fanining 
Kembrij tarixi‖ va ayniqsa ―Arab fanlari tarixi bo`yicha ensiklopediya‖ 


25 
kitoblarini muhim tadqiqotlar sirasiga kiritish mumkin. Ularda Sharq xalqlari 
ijtimoiy hayotining barcha sohalari, xususan, Abbosiylar davridagi fan va 
madaniyat tarixiga oid eng muhim masalalar o`z yechimini topgan. Umuman 
olganda, IX-XI asr fani va madaniyatini o`rganishda A. Braun, F.Vyustenfeld, 
A.Kremer, O. Sayili, G.Le. Strenj, D. Surdel, R. Morelon, J.Saliba, D.King, E. 
Kennedi, G. Xudonard-Roshe, R.Rashed, Mariya- Tereza Debarxot, Donald 
Xill, J. Anavati, E.Savaj-Smit, F. Mishe, Mahdiy Muhsin kabi xorij olimlarining 
asarlari, tadqiqotlari asosiy vazifani o`taydi. O`rganilayotgan davr siyosiy, 
iqtisodiy va ilmiy-madaniy hayotdagi yuksalish masalalari Rossiyalik 
sharqshunoslardan 
V.V. 
Bartold, 
O.G.Bolshakov, 
B.A. 
Rozenfeld, 
I.Yu.Krachkovskiy, Ye.E. Bertels, A.B. Xalidov, A.P. Yushkevichlarning 
asarlarida o`z ifodasini topgan. 
Mazkur tadqiqotga oid arab tilidagi izlanishlar orasida Jurji Zaydonning 
―Islom sivilizatsiyasi tarixi‖, Hasan Ibrohim Hasanning to`rt jilddan iborat 
―Islomning siyosiy, diniy, madaniy va ijtimoiy tarixi‖, Said ad- Diyujiyning 
―Bayt al-hikma‖, Ahmad Farid ar-Rifa‘iyning ―Al -Ma`mun davri‖ , Said 
ashShahhat Zag`lulning ―Suryoniylar va musulmon madaniyati‖ , Qadriy Hafiz 
Tukanning ―Riyoziyot va falakiyotga doir arab ilmiy merosi‖, Abd al-Mun‘im 
Majidning ―Musulmon sivilizatsiyasining o`rta asrlardagi tarixi‖, Muhammad 
Abd ar-Raxmon Marhabanning ―Arab fani tarixi bo`yicha to`plam‖ va Hidr 
Axmad Ataullohning ―Abbosiylar davrida ― Bayt al-hikma‖ kitoblarini 
alohida aytish joiz. 
Akademik V. V. Bartold o‗zining "Mo‗g‗illar bosqini davridagi Turkiston" 
nomli mashhur asarida yuqoridagi masalaga o‗rta asr manbalari asosida batafsil 
to‗xtalib, qishloqda yashovchi bir bevaning ikki o‗g‗lini Samarkand 
madrasalariga o‗qishga yuborib, ularning butun Madrasa tahsili davomida 
o‗qishini o‗zining tikuvchilk kasbidan tushgan daromadi bilan ta‗minlab tura 
olganligi to‗g‗risida xabar beradi. O‗rta asr mualliflari qoldirgan ko‗pgina 
manba‗larda xalifalik markaziga ketib qolgan ko‗pgina Movarounnahr va 
Xurosonlik olim, faylasuflarning tohiriylar, somoniylar va keyinroq 


26 
xorazmshohlar tomonidan maxsus chaqirib olib kelinganliklari va ularning o‗z 
vatanlaridagi islomdan oldingi madaniyat, ilmfan va falsafa ravnaqini va 
mahaliy 
ilmiy-falsafiy 
an‗analar, 
maktablarni 
qaytadan 
tiklashda 
qatnashganliklari, jonbozlik ko‗rsatganliklari to‗g‗risida xabarlar beriladi. 
Xususan Nizomiy Aruziy Samarqandiy(XP) ,Roziy va Forobiy tohiriylar va
somoniylar tomonidan chaqirib olib kelinganliklari, o‗z yurtlarida ilm- fanni, 
falsafani o‗rganishni kuchaytirishda, islomdan oldingi mahaliy ilmiyfalsafiy va 
madaniy an‗analar, maktablarni qaytadan tiklash va ravnaf toptirishida 
favqulodda rolь o‗ynaganliklari haqida xabar beradi . Beruniy va Ibn Sino kabi 
mutafakkirlar butun hayotlari davomida Movarounnahr, Xuroson va Eron 
xududida yashab, o‗z ilmiy va falsafiy maktablarini yaratdilar
18

18
Abduqodir Zohidiy. ―O‗rta asr arab-musulmon madaniyati‖. 13-bet. 


27 
XULOSA 
Arablar bepoyon Arabiston yarim orolida qadimdan yashab kelishgan. Uning 
hududi issiq iqlimi bo'lgan cho'l va yarim cho'l qurg'oqchil zonasida joylashgan. 
Qadimgi dunyo tarixi davomida bu taqir erlarda alohida qadriyat ko'rmagan 
Yaqin Sharq imperiyalari tomonidan zabt etilmagan. Arab qabilalari 
ko'chmanchi turmush tarzini olib borgan, chorva uchun yaylov izlab ko'chib 
o'tgan. Yarim orolning g'arbiy qismida, Qizil dengizning sharqiy qirg'og'iga 
yaqin joyda savdo karvonlari uchun strategik yo'l bo'lgan. 
Uning yoʻnalishi boʻyicha vohalarda savdo markazlari shakllangan boʻlib, 
ularning eng muhimi 
milodiy 1-ming yillik oʻrtalarida. e. Makka shahriga 
aylandi. 
Arab xalifaligi davlatining oʻziga xosligi ularning qatʼiy, umuminsoniy dini – 
islom dini bilan bevosita bogʻliq boʻlib, maʼnaviy va dunyoviy hokimiyatning 
boʻlinmasligidan kelib chiqib, Allohning qudrati, qudrati va boʻlinmasligi 
haqidagi teokratik gʻoya bilan uzviy bogʻliq edi. Qur'onda o'z ifodasini topgan: 
"Allohdan o'zga iloh yo'q va Muhammad uning payg'ambaridir". Islom 
musulmon olamida ijtimoiy tuzilmaning ham, davlat institutlarining ham, 
huquqiy institutlarning ham, axloqning ham musulmonlarning butun ma‘naviy 
sohasini belgilab berdi. 
Arab xalifaligi butun oʻrta asrlarda Muhammad paygʻambar va uning vorislari 
tomonidan yaratilgan eng gullab-yashnagan davlatlardan biri boʻlgan. 
Xalifalikning boshqa sharqiy feodal mamlakatlari kabi oʻziga xos xususiyatlari 
barqarorlik, konservatizm, anʼanaviy axloq va huquq edi. Bundan tashqari, 
bunday jamiyat a'zolarining an'analari bilan bog'liq holda, davlat tuzilishi va, 
albatta, odamlar hayotining asosiy va muhim belgilaridan biri qo'yildi. 
Arab xalifaligiga bag‗ishlangan bir qancha manbalar
va adabiyotlar guruhlari 
mavjud. Ushbu guruhlarning har biri o'ziga xosligi va maxsus mazmuni, turli 
nuqtai nazarlarning mavjudligi tufayli eng sifatli va ishonchli fikrni olish 
imkonini beradi. Xususan, arab manbalari guruhi eng keng qamrovli 
hisoblanadi. Bular sunnatlar, arab shoirlarining asarlari va hadislardir. 


28 
Manbalarning keyingi guruhi Arab xalifaligi davriga oid tarixiy asarlardir. 
Tarixchilar, jumladan: Ibn Kutayba, Belazuril, Abu Hanif ad-Dinavariy, Al-
Masudiy, Muhammad at-Tabariy va boshqalar bir qator asarlarida Arab 
xalifaligi va uning tarixiy taraqqiyot bosqichlari haqida maʼlum qoidalarni 
yoritib berganlar. Geograf va huquqshunoslarni ham e‘tibordan chetda 
qoldirmaslik kerak: Abu Yusuf, Yahyo ibn Odam ham o‗z asarlarida tarixiy 
ahamiyatga ega bo‗lgan lahzalarni aks ettirgan. 
Tadqiqot maqsadida tarixchilar bevosita arab shoirlari ijodiga oid dastlabki 
mulohazalardan ham foydalanganlar, nasriy va she‘riy antologiyalarga aniqlik 
kiritganlar: ―Qo‗shiqlar kitobi‖, ―Komil‖, ―Yatimet-ad-dahr‖, Johizning to‗liq 
yarim badiiy asarlari va ko'proq. Tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida 
ko‗plab tadqiqotchilar arab xalifaligini o‗rganishga e‘tibor qaratganlar. Gʻarb 
tarixchilari 17—18-asrlardan boshlab arab xalifaligiga eʼtibor berishgan 
(d'Herbelot, Gibbon, Degin va boshqalar). Biroq, ularning asarlarini ob'ektiv deb 
bo'lmaydi: bu tarixchilar keltirgan ko'plab manbalar hali nashr etilmagan. 
Bundan tashqari, ular ko'pincha bir-biridan iqtibos keltirgan. 
Xalifalikni o'rganishdagi asosiy yutuq 19-asrda sodir bo'ldi. Bular V.Myur, de 
Gu, A.F.Kremerlarning asarlaridir. Ikkinchisi 19-asr oxirida xalifalikning asosiy 
tarixchilaridan biriga aylandi. U o‗zining ―Islom dinining hukmron g‗oyalari 
tarixi‖ asarida islomning uchta asosiy g‗oyasini: xudo g‗oyalari, payg‗ambarlar 
g‗oyalari, davlat g‗oyalarini tushuntirishga harakat qilgan. Ularda u islom 
tomonidan yaratilgan diniy va ijtimoiy tuzumni tushunishning kalitini ko'rdi. 
A.Myuller «Islom tarixi» asarida arablar tarixini antik davrdan 19-asrgacha 
qamrab olgan. U dastlabki ikki jildda arablarning islomgacha bo‗lgan tarixidan 
Abbosiylar sulolasi qulashigacha bo‗lgan voqealarni tahlil qiladi. 
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, Arab xalifaligi va musulmon 
madaniyati umuminsoniy tamaddunning bir qismi, millionlab odamlarning 
ma‘naviy salohiyatining muhim elementidir.


29 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling