Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet22/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Arktika viloyati. Bu viloyat Shimoliy yarim shardagi arktik sahro, tundra zonalari territoriyasini o’z ichiga oladi. Uning janubiy chegarasi o’rmon zonasining shimoliy qismi bilan to’tash. Arktika viloyati, asosan, moxlar, lishayniklar, bo’talar va ko’p yillik o’tlardan tashkil topgan. Bo’talar va o’tlar 550—600 turdan oshmaydi. Grenlandiyada 300 tur va Novaya Zemlyada 500 tur lishayniklar qayd qilingan.
Arktika floristik viloyat asosan, 6 ta flora: ark­tika yoki endem gruppa; arktoalpik, gipoarktik, boreal, arktik-saxro va dengiz bo’yi galofitlar gruppasidan tashkil top­gan. Ba’zi paleontologik ma’lumotlarga ko’ra uchlamchi davrda arktik kichik viloyatning g’arbida (Shpitsbergen, Grenlandiya va hokazo) lavrlar, magnoliyalar, sekvoyalar, kiparislar(sarvilar), qarag’aylar, chinorlar, emanlar va teraklardan tashkil topgan doim yashil o’rmonlar mavjud bo’lgan.
To’rtlamchi davrda bu maydonlarning muz ostida qolishi, u erlardagi uchlamchi subtropik floraning yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’lgan. O’rta Evropa tog’laridan muzliklarning surilishi natijasida tekisliklarda alp o’simliklari tarqalgan. Muzlikning orqaga qaytishi natijasida esa arktoalpik flo­ra yana toqqa qayta boshlagan. Arktikaning markaz qismi— Shimoliy Amerikadagi ba’zi orollar, Shimoliy Grenlandiya kabi joylar muzlik bilan o’ralgan holda joylashgan. Shu sababli u erlarda arktik sahro florasi rivojlangan. Bering dengizida kaynazoy erasida Bering nomi bilan ataluvchi kichik quruqlik ham mavjud bo’lgan va u erda Sharqiy Sibir boreal usymliklar rivojlangan. Chukotka va Alyaskadagi ba’zi o’simliklar (kaklik o’ti, qarg’atuyoq, parpi) arktik Amerikaga xos bo’lib, qadimgi Bering florasining qoldiqlari hisoblanadi.
Shunday qilib, arktik kichik viloyat uchun xarakterli o’simliklardan arktofilla, yaskolka, ko’knor, g’ozpanja, dyupontsiya, astragal, pedikularis, toshyorar, erbahosi, brusnika, chernika, vodyanika, moroshka, golubika, smolevka, qo’ng’irbosh, bir qancha mox va lishaynik kabilarni ko’rsatish mumkin. Ularning bo’tasimon vakillari yoqilg’i sifatida, o’t o’simliklarning mevalari oziq-ovqat va dori-darmon sifatida, moxlar hamda lishayniklardan bug’ular uchun em-xashak sifatida foydalanilgan.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling