Мавзу: ареал ща+ида таълимот
-mavzu: O’SIMLIKLAR GEOGRAFIYASI FANIGA KIRISH
Download 370.5 Kb.
|
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
- 1-savol bo’yicha dars maqsadi
1-mavzu: O’SIMLIKLAR GEOGRAFIYASI FANIGA KIRISH
Ajiratilgan soat - 2 Asosiy savollar: 1.O’simliklar geografiyasi fani. 2.O’simliklar geografiyasining rivojlanish tarixi. 3.O’simliklar geografiyasi bo’limlari Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: o’simliklar geografiyasi, paleobotanika, geobotanika. Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar: 1.1.O’simliklar geografiyasi botanika fanining bir bo’limi hisoblanadi. Sizningcha bu kursga alohida fan sifatida qarash to’g’rimi? 1-savol bo’yicha dars maqsadi: O’simliklar geografiyasi fani bo’yicha tushuncha berish. Identiv-o’quv maqsadlari: 1.1.O’simliklar geografiyasini fan sifatida asoslab beradi. 1-savol bayoni O’simliklar geografiyasi yoki fitogeografiya Er shari o’simliklari qoplami to’g’risidagi fandir. Bu fanning vazifasi Er shari kontinentlarida o’simliklarning tarqalishi va taqsimlanishini, shu bilan birga bunday tarqalishning qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Bu vazifa juda murakkabdir. Chunki o’simliklar geografiyasi nafaqat o’simliklarning bugungi kunda Er sharida tarqalishini, balki o’simliklarning o’tmish geologik davrlarda qay holatda bo’lganini ham o’rganadi. Qo’yilgan vazifani echish o’simliklar olamining tarixiy rivojlanishini o’rganish bilan bir qatorda sayyoramiz geologik tarixini, jumladan uning qit’alari geologik tarixini ham o’rganish bilan bog’liq. O’simliklar geografiyasi botanika bilan geografiya o’rtasidagi oraliq fan bo’lib, o’simliklarning er yuzida tarqalishi, tarqalish qonuniyatlarini o’rganadi. Bu o’rinda shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’simliklarning tarqalishi haaqida fikr bayon etish uchun o’simliklar hayoti ularning xilma-xilligini yaxshi bilib olish zarur. Aks holda ularning er yuzida tarqalishi haqidagi ma’lumotlar faqat quruq yodlash va tasvirlash tarzida amalga oshiriladi. Bunday bo’lishiga esa hech qachon yul qo’yilmaslik kerak. O’simliklar geografiyasi faqat hozirgi vaqtda yashab turgan o’simliklarning tarqalishi bilan qiziqmaydi, balki uzoq o’tmishda yashagan va tarqalgan, hozipgi kunda esa nobud bo’lib ketgan o’simliklar bilan ham qiziqadi va ular haqidagi ma’lumotlarni botanikaning boshqa bir tarmog’i—paleobotanika fani o’rganadi. O’simliklarning tarqalishi haqida gap borganda, har bir geografik zonaning o’ziga xos tabiiy sharoitlari, ayniqsa tashqi muhit sharoitlarini bilish zarur. Bu vazifa bilan esa botanikaning yana boshqa bir tarmog’i—o’simliklar ekologiyasi shug’ullanadi. Har bir konkret erning iqlim, tuproq, relef va boshqa sharoitlarini o’rganish asosida shu erda o’sadigan o’simliklar hayotini aniq tasavvur etish mumkin bo’ladi. O’simliklarning umuman tashqi muhit qolaversa, konkret tuproq sharoitiga bo’lgan munosabatini botanikaning boshqa tarmog’i—geobotanika o’rganadi. Shunday qilib, o’simliklarning tarqalishi, yashash sharoitlari, tarqalish qonuniyatlarini o’rganuvchi soha keng ma’noda olganda o’simliklar geografiyasining vazifasi bo’lib, u o’simliklar ekologiyasi, geobotanika, o’simliklar floristik geografiyasi, o’simliklar tarixiy geografiyasi kabi bo’limlardan tashkil topgandir. Download 370.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling