Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet3/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Nazorat savollari:
1.O’simliklar geografiyasi fani vazifasi nimadan iborat.
2.O’simliklar geografiyasi qaysi fanlar o’rtasidagi oraliq fan?
A-Botanika bilan geobotanika B-Geobotanika bilan geografiya
C-Botanika bilan geografiya D-Botanika bilan paleobotanika
3.O’simliklarning tuproq sharoitiga bo’lgan munosabatini o’rgauvchi fan?
A-Geobotanika B-O’simliklar ekologiyasi
C-O’simliklar geografiyasi D-Paleobotanika
4.O’simliklarning tashqi muhit sharoitiga bo’lgan munabatini o’rgauvchi fan?
A-Geobotanika B-O’simliklar ekologiyasi
C-O’simliklar geografiyasi D-Paleobotanika


2-savol bo’yicha dars maqsadi: O’simliklar geografiyasi tarixi to’g’risida ma’lumot berish.
Identiv-o’quv maqsadlari:
2.1.O’simliklar geografiyasi tarixini biladi.
2-savol bayoni
Eramizdan oldingi III asrga kelib, o’simliklar hayotiga doir ma’lumotlar botanika fani va uning tarmog’i o’simliklar geografiyasi fanining fan sifatida vujudga kelishi va rivojlanishiga imkon berdi. O’sha vaqtlarda yashagan yunon faylasufi va tabiatshunosi Aristotel(Arastu) hamda Teofrast boshqa fanlar qatori o’simliklarga tegishli ma’lumotlarni ancha tartibga soldi va rivojlantirdi.
O’simliklar geografiyasiga doir ma’lumotlar Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnay)ning Eron va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari (334—327 yillar) davrida ancha boyidi, chunki bu yurishlarda qatnashgan yunonistonlik faylasuf Teofrast Yunonistonda o’sadigan o’simliklarni o’rganish bilan bir qatorda qo’shni mamlakatlardagi o’simliklar bilan tanishish va ularni o’rganish imkoniga ega bo’lib, o’simliklarning hayot sharoiti, tarqalishi, kishilar faoliyatidagi ahamiyatiga doir ma’lumotlarni to’play boshladi. Keyinchalik u to’plangan ma’lumotlarni tartibga soldi. Natijada turli geografik nuqtalarda turli xil o’simlik turlarining mavjudligi aniqlandi, ular bir-biriga taqqoslab ko’rildi.
Teofrastdan so’ng XV—XVI asrlargacha botanika va shu jumladan o’simliklar geografiyasi sohasidagi ma’lumotlar uncha tez rivojlanmadi. O’simliklarga oid ma’lumotlar Pliniy Starshiy(23—79 yillar), Abu Ali ibn Sino(980—1037 yil­lar), Abu Rayhon Beruniy(973—1048 yillar), Otto Brunfels(1488—1534), Tsezalpin(1510—1603) va boshqa mutafakkir olimlarning asarlarida ham uchraydi. Ular o’simliklardan foydalanish haqida fikr yuritgan va giyohnomalar yaratgan.
O’simliklar geografiyasi XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagina mustaqil fan darajasiga etdi hamda rivojlana bordi.
Ayniqsa 1807 yilda Aleksandr Gumboldning «O’simliklar geografiyasiga doir g’oyalar» asarining yaratilishi bilan bu sohada yangi davr boshlandi. Aleksandr Gumbold(1769—1859) Er sharining ko’pgina qismini kezgan. Chunonchi, Amerikada(5 yil), Sibir, Oltoy, Kaspiy dengizi bo’ylari va Evropaning ba’zi erlarida bo’lgan. U o’simliklar ekologiyasi, o’simliklar geografiyasi, o’simliklar sistematikasiga oid muhim ishlar qildi va bu sohalarni rivojlantirdi.
Rus botaniklaridan Pyotr Pallasning «Rossiya florasi»(1747), Stepan Krashennikovning «Kamchatka erining tasviri», «Peterburg florasi»(1730—1752) kabi asarlari hamda Vildenovning «Ko’katshunoslik asoslari»(1792) degan asari ham muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Yuqorida ko’rsatilgan olimlar va xususan Aleksandr Gumboldning g’oyalari XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Skau,
Alfons de Kandol, Ch.Darvin kabi olimlarning asarlarida
yanada rivojlantirildi. .
Skauning «O’simliklar geografiyasining umumiy asoslari»(1822), A. de Kandolning «Botanik geografiya»(1855), Ch.Darvinning «Turlarning kelib chiqishi»(1859) nomli asarlari biologiya fanida va qolaversa botanik geografiya sohasidagi barcha chalkashlik va qarama-qarshiliklarga barham berdi va mazkur fanning rivojlanishida muhim rol o’ynadi.
Rossiyada tarixiy geografiyaning rivojlanishiga Peterburg akademiyasining akademigi F.Ruprextning «Qoratuproqli erlar haqida geobotanik tekshirishlar»(1866) degan asari katta hissa bo’lib qo’shildi. U Rossiyaning turli joylaridagi o’simliklarni o’rganish asosida, bu joylarning turli xil tuproq-iqlim sharoitiga ega ekanligi va turlarning tarqalishi turli geologik davrlarda sodir bo’lganligi haqida fikr yuritadi.
O’simliklar geografiyasi yangi-yangi ma’lumotlar asosida dinamik ravishda rivojlanib, boyib kelmoqda. Ayniqsa bu sohada keyingi yillar davomida ba’zi rus va o’zbek botanik olimlarining ishlari muhim o’rin to’tadi. Ulardan D.I.Lit­vinov, I.Pachosskiy, S.I.Korjinskiy, A.N.Krasnov, A.N.Beketov, V.V.Alyoxin, V.N.Sukachyov, I.G.Borshchyov, M.G.Popov, V.L.Komarov, B.M.Kozo-Polyanskiy, A.I.Tol­machev, A.L.Taxtadjyan, E.M.Lavrenko, E.P.Korovin, K.Z.Zokirov, I.I.Gra­nitov, R.V.Kamelin, va ko’pgina boshqa olimlarni ko’rsatish mumkin.
O’simliklar geografiyasi umuman botanika fanining rivoj­lanishida Osiyo, shu jumladan, Uzbekistan territoriyasida olib borilgan botanik-geografik tekshirishlar ham tegishli hissa bo’lib qo’shildi. Bu sohada samarali ilmiy tekshirish ishlari olib borgan olimlarning soni juda ham ko’p. Masalan, S.I.Korjinskiy, A.N.Krasnov, B.A.Fedchenko, I.G.Borsh­chyov, V.L.Komarov, M.G.Popov, I.M.Krashennikov, B.A.Gon­charov, P.N.Ovchinnikov, H.Rubtsov, N.V.Pavlov, B.A.Bikov, Q.3.Zokirov, A.M.Muzaffarov, I.I.Granitov, V.A.Burigin, M.Orifxonova, E.I.Proskoryakov, I.T.Vasilchenko, N.T.Nechaeva, P.K.Q.Zokirov, Z.A.Xamidov O’.Pratov va boshqalar shular jumlasidandir.

Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. Alexin V.V.i dr. Geografiya rasteniy s osnovami botaniki. M., 1957, 1961.

  2. Gordeeva T.N., Strelkova O.S. Prakticheskiy kurs geografii rasteniy. M., 1968.

  3. Xamidov A. O’simliklar gegrafiyasi. Toshkent, 1975.

  4. Shumilova L.V. Fitogeografiya. Izd. Tomskogo universiteta. Tomsk, 1979.


Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling