Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet14/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Nazorat savollari:
1. Flora qanday ma’noni anglatadi?
A. O’simlik B. Barg C.Gul D.Bahor malikasi
2. O’zbekiston florasi ……..turni tashkil etadi.
3. Yer sharining eng kambag’al floralaridan biri bu……….?
4. Florasi migratsion xarakterdagi mamlakatlar qaysi?
A- Tropik Afrika, Garbiy Yevropa B- Arktika, Rossiya, G’arbiy Yevropa
C- O’rta Osiyo tekisliklari, Hindiston D- Shimoliy Amerika, Afrika
5. Eng boy floraga ega bo’lgan joyni ayting?
A- Janubiy Sharqiy Osiyo florasi B- Zond orollari va G’arbiy Yevropa
C- O’rta Osiyo D-Amerika (Amazonka)


2-savol bo’yicha dars maqsadi: Flora elementlari to’g’risida tushunchaga ega bo’lish.
Indentiv- o’quv maqsadi:
1.1 Yer yuzidagi flora elementlarini joylashish o’rnini o’rganadi.
2-savol bayoni
Yuqorida xar bir o’simlik arealining nihoyatda xilma-xil kattalikka va shaklga ega ekanligini ta’kidlab o’tdik. Shuning uchun ham Er yuzida bir xil hajm va shakldagn aynan o’xshash ikkita areal uchramaydi. Ammo shunga qaramay ular o’rtasida umumiy o’xshashlik ham bor. Egallangan maydoniga ko’ra ma’lum darajada o’zaro o’xshash bo’lgan bir necha o’simlik areallari muayyan joyning flora elementini tashkil qiladi. Bunday flora elementlari, avvalo, shu o’simliklarning geogra­fik jihatdan egallangan maydoni asosida ajratiladi.
Shunday qilib, Er yuzi miqyosida bunday flora elementla­ri har bir mamlakat territoriyasida bir necha yoki juda ko’p miqdordadir. MDHning flora elementlarini V.V.Alyoxin quyidagi gruppalarga bo’lgan:
1.Arktika flora elementi shimolda—tundra va arktikada o’suvchi o’simliklarning areallaridan tashkil toptan. Ark­tika flora elementa bir necha(g’arbiy arktik, sharqiy arktik) kichik flora elementlariga bo’linadi.
2.Shimoliy yoki boreal o’rmon zonasi flora elementi ninabargli o’rmonlar mavjud bo’lgan joylarda o’suvchi o’simlik­larning areallarini o’z ichiga oladi. Uning Evropa qismi evroboreal, Sibir qismida sibboreal kabi kichik flora elementlariga bo’lib o’rganiladi.
3.O’rta Evropa flora elementi. Markaziy Evropada o’suvchi o’simliklarning areallarini o’z ichiga oladi. Bu flora elementiga, asosan, keng bargli o’rmonlar tarqalgan maydonlar kiradi. Ular ancha issiqsevar o’simlik areallaridir.
4.Atlantika flora elementi. Rossiyaning Evropa qismidagi g’arbiy rayonlarda o’suvchi o’simliklar areallarini o’z ichiga oladi. Bu flora elementi Evropaning Atlantika okeani qirg’oqlariga yaqin joylarni egallaydi.
5.Pontik flora elementi. Janubiy rus dashtlarida o’suvchi
o’simliklarning areallarini o’ziga biriktiradi. Bu flora elementi Vengriya va Ruminiya davlatlari territoriyasining dasht qismini ham o’z ichiga oladi.
6.O’rta dengiz flora elementi. O’rta dengiz atrofidan boshlab qora dengiz, Qrim va Kavkazgacha bo’lgan territoriyalarda o’suvchi o’simliklar areallarini o’z ichiga oladi.
7.Markaziy Osiyo flora elementi. O’rta Osiyoning tog’li qismi(Tyanshan, Pomir-Oloy, Oltoy)da o’suvchi o’simliklarning arealidan tashkil topgan. Bu ham bir necha kichik flora elementlariga bo’lib o’rganiladi.
8.Turon flora elementi. O’rta Osiyoning Turon past tekisligida o’suvchi o’simliklar arealidan tashkil topgan.
9.Manchjuriya flora elementi. Asosan, Manchjuriyada, qisman Rossiyaning Uzoq Sharq o’lkasida o’suvchi o’simliklar are­alidan tashkil topgan.
Nazorat savollari:
1. Flora elementlari necha gruppalarga bo’linadi?
A- 10ta C- 8ta
B- 9ta D- 7ta
2. Markaziy Osiyo flora elementi O’rta Osiyoning asosan qayerlarida o’suvchi o’simliklar?
A- chollarida B- tog’li hududlarda
C- past tekisliklarda o’suvchi o’simliklar D- daryo bo’ylarida o’suvchi o’simliklar
3. Nina bargli o’rmonlar mavjud bo’lgan joylarda o’suvchi o’simliklar qaysi joy flora elementi hisoblanadi?
A- Markaziy Osiyo flora elementi B- Turon flora elementi
C- Shimoliy yoki boreal o’rmon zonasi flora elementi
D- Manchjuriya flora elementi
4.Arktika flora elementi ………….kichik flora elementlariga bo’linadi.
5.Vengriya va Ruminiya davlatlari territoriyasining dasht qismi qaysi flora elementiga kiradi.
A- O’rta Yevropa flora elementi B- Pontik flora elementi
C- Atlantika flora elementi D- O’rta dengiz flora elementi

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling