Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet17/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Paleozoy florasi(kembriy, silur, devon, karbon, perm). O’simliklar olamining ishonchli tarixi sporali o’simliklar erasi hisoblangan paleozoydan boshlanadi. Biroq erda biosfera paleozoygacha shakllangan. Hayot izlari qadimiy geologik qatlamlardan(yoshi 3 mlrd yildan oshiq) ma’lum. Bu davrda bir hujayrali suvo’tlarining sodda tiplari mavjud bo’lib, ular paleozoy suvo’tlarining ajdodlari hisoblanagan. Paleozoy erasining birinchi davri-kembriy(bugungi kundan 570 mln yil orqada) davomida(davomiyligi 570±20 mln yil) Er shari quruqlik qismi issiq iqlimli cho’l kengligini namoyon qilgan bo’lib, ko’p sonli suvo’tlari suv muhitida yashagan. Ular soni silur (davomiyligi 435±10 mln yil) davrida yanada ko’proq bo’lib, mazkur davr oxiriga kelib quruqlikka chiqa boshlagan.
Dastlab quruqlik o’simliklari psilotlar bo’lib, ularning qazilma qoldiqlari 1859 yil Kanadadan topilgan. XX asr boshlarida Shotlandiyadan ularning ko’plab xilma-xil turlari aniqlangan. Psilofitlarning gullab-yashnagan davri devonning (davomiyligi 400±10 mln yil) birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Ular bitta materik bo’lgan Er shari quruqlik qismining ko’plab joylarida hukmronlik qilgan. Psilofitlarning turli guruhlari evolyutsiya jarayonida yuksak tuzilishga ega sporali o’simliklarning kelib chiqishini ta’minlaydi.
Devon davrining boshidla dastlabki qirqquloqlar paydo bo’lgan, ularning barglari hali shakllanmagan edi. Devonning ikkinchi yarmida haqiqiy qirqquloqlar keng tarqalgan.
Devondan keyingi davr karbon yoki toshko’mir(davomiyligi 345±20 mln yil) davri hisoblanib, bu davrda daraxtsimon sporali o’simliklar gullab yashnagan. Bu davrda plaunsimonlar, qirqquloqsimonlar, kalamitsimonlar, ponabarglilar, urug’li qirqquloqlar, kordaitsimonlar keng tarqalgan.
Paleozoy erasining so’nggi davri perm(davomiyligi 280±20 mln yil) bo’lib, bu davrda Er shari florasida keskin o’zgarish ro’y beradi. Ya’ni karbon sporalilarining tezda qirilib ketishi natijasida ular o’rnini ochiqurug’li o’simliklar egallaydi.
Perm davrining muhim voqeasi Er shari florasining rivojlanishida katta rol o’ynagan janubiy yarim shar polyaroldi quruqlik qismida muzlash jarayonidir. Bu hududda iqlimning keskin yomonlashuvi issiqsevar daraxtsimon o’simliklarning yashashiga imkon bermay qo’ydi. Natijada muzlikka yaqin joylarda yangi gondvana yoki glossopteriya nomini olgan floraning shakllanishiga sabab bo’ldi. Glossopteriya nomi urug’li qirqquloqlar vakili bo’lgan Glossopteris nomidan olingan. Gondvana florasiga urug’li qirqquloqlardan tashqari qirqbo’g’inlarning ikki turkumi(Phyllotheca va Schizoneura) ham xosdir.
Gondvana qirqbo’g’inlari er yuzi bo’yicha juda tez tarqalgan. Perm davri oxirigakelib ular shimoliy quruqliklargacha etgan. Ularning qazilma qoldiqlari O’rta Osiyo va Kuzbassdan topilgan. Glossopteriyasimonlar esa janubiy quruqlik bilan chegaralanib qolgan.
Perm davrining ikkinchi yarmida Er sharida ochiqurug’lilar hukmronlik qila boshlaydi va bular orasida mezozoy uchun xos tipik shakllari ham uchraydi. Evropada dastlabki ninabarglilar(Voltzia, Walchia, Ulmannia) paydo bo’ladi.
Bu davrda er yuzida bir nechta mustaqil floralar shakllanadi. Chunki bu davrda quyosh nurining er shari turli nuqtalariga tushish burchagiga qarab turli iqlimli mintaqalar vujudga keladi. A.N.Krishtofovich tomonidan perm davrida bir nechta floralar shakllanganligi aniqlandi. U Gondvana florasidan tashqari shimolga qarab evropa, tungus, xitoy va shimoliy amerika floralariga ajratadi.
Evropa florasining xarakterli elementlari qurg’oqchilikka chidamli ninabarglilar(Walchia) va urug’li qirqquloqlar(Callipteris) bo’lgan. G’arbiy Sibir bu davrda suv tagida bo’lgan. Bu erda dengiz bo’lib u Evropa va Angaridani(Sharqiy Sibir Markaziy Osiyo bilan birga) ajratib turgan.
Angarida iqlimi iliq-salqin bo’lib, nam etarli bo’lgan. Bu erda hukmronlik qilgan tunguss florasi kordaitlar, ba’zi urug’li qirqquloqlar va karbon florasi reliktlari bilan xarakterlangan.
Xitoy florasi eng qulay nam-tropik iqlimni perm davrida ham saqlab qoladi. Sababi bu hudud tinch okeani va ekvatorga yaqin bo’lgan. Xitoy florasi boyligi va xilma-xilligi bilan ajralib turgan.
Shimoliy amerika florasi quruq iqlimga ega bo’lib, evropa florasiga o’xshash bo’lgan.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling