4- savol bo’yicha dars maqsadi: Yer shari florasining asosiy bosqichlari haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lish.
Indintiv oquv maqsadi: Yer shari florasining asosiy bosqichlari bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’ladi.
4 savol bayoni
Sayyoramiz tarixining tirik organizmlar mavjud bo’lgan va ularning evolyutsiyasi bilan bog’liq qismi geologlar tomonidan 3 ta eraga ajratiladi: paleozoy(qadimiy), mezozoy(o’rta) va kaynozoy(yangi).
Paleozoy sporali o’simliklar erasi hisoblanib, shu eraning oxirgi davri(perm-kabon) boshida tugaydi. Shu davrdan boshlab ochiqurug’li o’simliklar davri boshlanadi. Ochiqurug’lilar mezozoy erasining tipik o’simliklari hisoblanib, bo’r davrining o’rtasida tugaydi. Shundan so’ng yopiqurug’li o’simliklar vujudga kelib ularning hukmronlik zrasi ya’ni kaynozoy erasi boshlanadi.
Gotan eralarni davrlarga ajratib, mazkur davrlarda o’simliklar sistematik guruhlarining qaysi davrlarda o’sib rivojlanganini klassik sxema tarzida keltiradi.
Suvo’tlari uchala eraga ham xos. Zamburug’lar(Fungi) paleozoy erasining karbon davrida vujudga kelgan, moxlar(Bryophyta) mezozoy erasining trias davrida vujudga kelgan. Psilofitlar(Psilophyta) silur davrining oxirida paydo bo’lib devon oxiriga kelib qirilib ketgan. Plaunlar(Lycopodiophyta) karbon boshida vujudga kelgan. Ponabarglilar(Sphenopsida) va kalamitlar(Calamitopsida) devon oxirida paydo bo’lib, ponabarglilar mezozoy erasining trias davri boshida, kalamitlar paleozoy erasi perm davri oxirida qirilib ketgan. Qirqbo’g’inlar (Equisetophyta) paleozoy erasining karbon davri oxirida paydo bo’lgan. Urug’li qirqquloqlar(Pteridospermales) devon davri oxirida vujudga kelib, perm oxirida qirilib ketgan, kordaitlar(Cordaitales) karbon boshida paydo bo’lib, perm oxirida qirilib ketgan. Ginkgolar(Ginkgoales) karbon oxirida vujudga kelgan bo’lsa, sagovniklar(Cycadales) karbon o’rtalarida paydo bo’lgan. Bennetitlar(Bennetitales) paleozoy erasining oxirida paydo bo’lib mezozoy erasi quyi bo’r davri oxirigacha davom etgan. Ninabarglilar(Pinophyta) karbon oxirlarida paydo bo’lgan. Gulli o’simliklar mezozoy erasining yura davrida paydo bo’lib, kaynozoyning to’liq hukmroni hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |