Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet12/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Uzilgan areal deb o’simlik arealining kuruqlikning bir necha qismida uzilib-uzilib uchrashiga aytiladi. Masalan, tsezalpindoshlar, banandoshlar oilalarining vakillarini ko’r­satish mumkin. Ularning areali Markaziy Amerika, Janubiy Amerika, qisman Osiyoning janubiy qismi va Avstraliyada uzilgan holda uchraydi. Uzilgan arealning turli-tuman holda uchrashiga ko’ra, u pantropik, transatlantik, bipolyar uzilgan, arkto-alp diz’yunktsiya (uzilish)larga bo’lib o’rganiladi.
Uzilgan arealga misol qilib aldrovanda (Aldrovanda vesiculosa) o’simligining arealini ko’rsatish mumkin. Bu o’simlik Frantsiyaning janubida, Italiyada, Ukraina, Belorussiya, Rossiya(Voronej, Kursk viloyatlarida) territoriyasida, Yaponiyada va Avstraliyada uchraydi. Uzilgan arealga alp va baland tof o’simliklari ham misol bo’la oladi.
Odatda, uzluksiz va uzilgan areallar kartada tasvirlanganda ularning joyi va chegarasi nuqtalar yordamida belgilab ko’rsatiladi. Ba’zan esa chiziqchalar orqali ko’rsatiladi. Bular amaliy mashg’ulotlar bo’limida batafsil ko’rsatilgan,
O’simlik arealining yana bir xili lentasimon arealdir. Lentasimon areallar odatda daryolarning yon-atrofida o’suvchi o’simliklar arealidan tashkil topgandir.
Biror tur o’z arealini kengaytirgach ma’lum bir vaqtgacha barqaror (o’zgarmagan) holda turadi. Bu holda shu o’simlikning areali barqaror areal bo’lib hisoblanadi. Ikkinchi xil o’simlik turi esa ba’zi bir sabablarga ko’ra o’z arealini kengaytirishni davom ettiradi. Bu xildagi o’simlik areali barqaror bo’lmagan yoki o’zgaruvchan areal deyiladi.
Arealning o’zgaruvchan bo’lishi asosan quyidagi hollarga: tur hali o’zining iqlim chegarasi darajasiga etib olmaganligiga; o’lib-yo’qolib borishiga: kishilarning ta’siriga bog’liq. Bunda areal qisqaradi yoki kengayadi va hokazo.
Tabiatda o’simliklar turli faktorlar ta’sirida (suv, shamol, qushlar, chumolilar, hasharotlar, kishilar va hokazo) yangi-yangi territoriyalarga tarqalishi mumkin. Bunday hol sodir bo’lgan taqdirda o’simliklar migratsiya qiladi, ya’ni bir joydan ikkinchi joyga tarqaladi.
Yangi sharoitga tushgach bir necha vaqt (albatta juda uzoq yillar) o’tgach tabiiy tanlanish yo’li bilan yangi-yangi belgilarga ega bo’lgan hamda irsiy jihatdan shu belgilarini mustahkamlab olgan ikkita mustaqil turga ajraladi. Shu xil yangi turlar paydo bo’ladi. Pachoskiy ma’lumotiga ko’ra Shimoliy Evropa va Osiyoda keng tarqalgan qopa qarag’ay hozirgi vaqtda 2 ta mustaqil turga ajralgan, ya’ni Evropadagisi Evropa qora qarag’ayi (Picca exelsa) va Osiyoda uchraydigani Sibir qora qarag’ayi (Picea sibirica) deb ataladi yoki bo’lmasa qachonlardir butun Sibir bo’ylab tilog’och (Larix) ning bitta turi yuzaga kelganligini, keyinchalik esa uning Davur tilog’ochi (Larix dahurica) va Sibir tilog’ochi (Larix sibirica) deb atalgan ikki turga ajratilganligini B.K.Shishkin ko’rsatgan edi. Shu xilda yangi turning paydo bo’lganligini peschanka (Arenaria stenophylla) va Arenaria polaris misolida ko’rish mumknn.
O’simlik areali haqida gapirilganda areal markazi dast­lab qaerda paydo bo’lgan degan savol tug’iladi.
Shunday qilib, bir hujayrali tuban organizmlar (suvo’tlar, bakteriyalar, zamburug’lar)dan tortib taraqqiyotning eng yuksak bosqichida turgan yopiq urug’li (yoki gulli) o’simliklar tipining vakillari uzoq evolyutsion taraqqiyot (2,0 milliard yil) davomida asta-sekin rivojlana borib bir pog’ona tuban bo’lgan tip vakilla­ri o’z navbatida bir pog’ona yuksakroq bo’lgan tip vakillarini keltirib chiqargan.
Erda hayot paydo bo’lgan vaqtdan hozirgi kunga qadar juda ko’p vaqt (taxminan 2,0 milliard yil) o’tgan. Shu vaqt davo­mida bir qancha geologik o’zgarishlar natijasida ko’pgina turlar yo’qolib ketgan, ko’plari esa o’zgarib, yangi-yangi belgilar va shakllar hosil qilgan.
Shuning uchun ham ba’zi olimlar o’simlik arealining mar­kazi haqida gapirganda hozirgi vaqtda Er sharining qaysi qismi turlarga boy bo’lsa, shu joyni o’simlik arealining marka­zi deb hisoblaydilar.
Hozirgi kunda areal markazi qaerda dastlab paydo bo’lganligiga to’g’ri javob izlash uchun botanika fanining paleo­botanik, fenologik, eksperimental-ekologik, geografo-sistematik va biogeografik deb ataluvchi tekshirish usullari(metodlari)ga suyanib ish ko’rish kerak.
Paleobotanik metod turli geologik qatlamlardan topilayotgan qazilmalar asosida ish ko’ruvchi usuldir. Bu metod bilan ish ko’rilganda shu qazilmalar tarkibida buzilmasdan saqlanib qolgan gulli o’simliklarning gul changi, paporot­nik va moxlarning sporalarini topilishi eng muhim. ma’lumotlar hisoblanadi.
Fenologik metod esa tabiatda sodir bo’lib turuvchi hodisalarni yil fasllari davomida o’rganib kuzatib turishga asoslangan usuldir.
Eksperimental-ekologik metod turli xil tajribalar aso­sida har bir o’simlik hayotini hap tomonlama o’rganuvchi me­tod. Geografosistematik metod bo’lsa, tur, turkum va oilalar orasidagi qardoshlik belgilari Er sharining qaysi qismida eng ko’p miqdorda uchrashini o’rganadi. Biogeografik metod o’simliklarning geografik jihatdan kelib chiqishini simbioz holda yashovchi organizmlar misolida o’rganadi.
N.Vavilov hamda uning kasbdoshlari geografik va siste­matik metod ma’lumotlari asosida ko’pgina madaniy o’simlik­larning areal markazini ko’rsatib berdilar. Bunday areal markazlari Vavilov fikricha quyidagilardir:
1. Janubiy Ocuyo tropik markazi. Bu markaz tropik Hindiston, Hindixitoy, Janubiy Xitoy va Janubi-sharqiy Osiyo orollarini o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda ma’lum bo’lgan madaniy o’simliklarning 'G’z qismi shu erda tarkib topgan. Sholi, shakarqamish, ko’pgina mevali va sabzavot ekinlarining vatani hisoblanadi.
2. Sharqiy Osiyo markazi. Markaziy va Sharqiy Xitoy, Yapo­niya, Tayvan oroli va Koreyani o’z ichiga oladi. Soya, tariq hamda ko’pgina mevali va sabzavot ekinlarining vatani bo’lib hisoblanadi. Barcha madaniy ekinlarning 20%i shu erdan tarqalgan.
3. Janubiy-g’arbiy Osiyo markazi. Kichik Osiyo, O’rta Osiyo, Eron, Afroniston, Shimoli-g’arbiy Hindistonni o’z ichiga ola­di. Ko’pgina bug’doy, donli, dukkakli ekinlar, tok va bir qancha mevali o’simliklarning vatanidir. Madaniy zkinlardan 14% i shu erdan tarqalgan.
4. O’rta dengiz markazi. O’rta dengiz atrofida joylashgan mamlakatlarni o’z ichiga oladi. Zaytun daraxti, ko’pgina mada­niy em-xashak o’simliklari, sabzavot ekinlari(karam, lavlagi)ning vatani. Barcha madaniy ekinlarning 11% i shy erdan tarqalgan.
5.Abissiniya markazi. Afrika qurukligining bir qismini o’z ichiga oladi. Juxori, banan, nut va bug’doy-arpalarning bir necha xillarining vatani.
6.Markaziy Amerika markazi. Janubiy Meksikaga qaraydi. Makkajuxori, ingichka tolali g’o’za, kakao, loviya kabi 90 turdan iborat madaniy o’simlikning vatanidir.
7.And yoki Janubiy Amerika markazi. Janubiy Amerikaning And tog’ tizmasini o’z ichiga oladi. Ko’pgina tugunakli (kartoshka) va dorivor (xinin daraxti va hokazo) o’simlik­larning vatani x.isoblanadi..

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling