Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Afrikaning janubi-g’arbiy cho’lida o’suvchi


Download 370.5 Kb.
bet10/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Afrikaning janubi-g’arbiy cho’lida o’suvchi Velvichiya (Welwitschia) va Aloe (Aloe), Avstraliyada o’sadigan evkalipt (Eucalyptus), Meksikadagi botqoq sarvi (Cupressus) kabilar o’sha erning endem o’simliklaridir.
O’rta Osiyoda endem o’simlik turkumlari quyidagi oilalarda: soyabonguldoshlar 16 ta, karamguldoshlar, labguldoshlar va murakkabguldoshlar 4 tadan endem turkumlarga ega.
Endem oilalarga misol qilib Avstraliyada uchraydigan tsefalotdoshlar (Cephalotaceae) yoki neotropik viloyatlar uchungina xos bo’lgan kaktusdoshlar, bromeliyadoshlar; Afrikadagi Kap olami uchun xos bo’lgan proteydoshlar, amarillisdoshlar; Avstraliya uchun xos bo’lgan kazuarindoshlar, gudeniyadoshlar va hokazo oilalarni ko’rsatish mumkin.
Shunday qilib, endemik o’simliklar har bir mamlakat yoki viloyatda o’suvchi o’simliklarning ma’lum bir protsentini tashkil etadi va shu erning endemigi deyiladi. Odatda, Er sharidagi orol yoki orolchalarda va tog’li rayonlarda endemik o’simlik turlari juda ko’p miqdorda bo’ladi. Masalad, Gavay orollarida o’suvchi o’simliklarning 90% ini, Madagaskarda 89%ini, Sitsiliyada 77%ini, Yangi Zelandiyada 75%ini, Shimoliy Elenada 85%ini endem o’simliklar tashkil qiladi. Bunday joylarga endemizm hodisasining rivoj topishiga shu joylarning biologik va geografik jihatdan bir-biridan qanchalik ajralib qolgan holda joylanishi sabab bo’ladi. Bu joylarda chetdan keladigan o’simliklar mutlaqo yo’qligi tufayli ularda yashash uchun kurash hodisasi yaxshi ifodalanmagan. Ammo yosh orollar (Bermud, Polineziya va boshqalar)da endemik o’simliklar bo’lmaydi. Shuni aytish kerakki, endemik turlarga boy joylarda o’simliklar yirik maydonli quruqliklardagi turlar soniga nisbatan kam bo’lib ularning hayot sharoitlari deyarli bir xildir.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling