Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet9/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Kosmopolit turkumlardan ayiqtovon(Ranunculus), yopishqoq(Senecio), yakan(Juncus), G’ichchak(Potamogeton), yastrebinka(Hieracium) kabilarni ko’rsatish mumkin.
Kosmopolit oilalardan hiloldoshlar(Suregaseae), boshoqdoshlar(Poaceae), karamguldoshlar (Brassicaceae), murakkabguldoshlar (Compositae) kabilarni olish mumkin.
2.Endem areal o’simligi—bu gruppaga Er sharida juda kichik maydonni egallaydigan tur, turkum va oilalar kiradi.
Bu xildagi o’simliklar ham bir mamlakat yoki viloyatning ma’lum bir territoriyasidagina uchraydi. Demak, har bir territoriyada o’zining endem areali o’simliklari uchraydi. Masalan: Eldar sanobari yoki Eldar qaragayi(Pinus eldarica) Gruziyada atigib 50 gektarli maydonda, Stankevich qarag’ayi(Pinus stankeviczi) Qrimning Sudak va Ayya punktlaridagina, Kamchatka nuxmacu (Abies gracilis) faqat Kamchatkada uchraydi.
Shunday endem turlardan O’rta Osiyoda, xususan O’zbekiston territoriyasining ma’lum bir qismidagina uchraydigan vakillaridan quyidagilarni misol qilib ko’rsatish mumkin: Tovsag’iz (Scorzonera tau-saghiz) Sirdaryo qoratog’i, Chotqol tog’idagi Jiydasoy va Turkiston tog’idagina uchraydi; qizilqumda astragal (Astragalus kisulkumi), qandim yoki juzg’un (Galligonum lanciculatum), darmana (Artemisia cina) kabilar Oris daryosi havzasida, etmakning Acanthophyllum cyrtostegium degan typi Qizilqumdagina uchraydi.
Endemik turkumlar va oilalar endemik turlarga nisbatan kam uchraydi. Endemik turkumlarga misol qilib Amerikada yovvoyi holda o’suvchi mamont daraxti (Sequoia), metasekvoya (Metasequoia) ni ko’rsatish mumkin.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling