Мавзу: ареал ща+ида таълимот
Odatda, ayrim tog’li rayonlarning turli xil balandlikdagi bir necha cho’qqilarida turli xil muhit mavjudligi tufayli
Download 370.5 Kb.
|
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Endemik turlar qadimgi orollardan tashtsari tog’li o’ lka larda ham ko’p bo’ladi. Masalan, Kavkazdagi 5767 ta turdan 1153
Odatda, ayrim tog’li rayonlarning turli xil balandlikdagi bir necha cho’qqilarida turli xil muhit mavjudligi tufayli bir o’simlik turi ma’lum bir vaqt o’tgach, bir qancha kenja turlar hosil qilishi mumkin. Bunday kichik maydonda hosil bo’lgan kenja turlar vikar o’simliklar va uning areali vikar areallar deb ataladi. Vikarizm hodisasi spetsifik sharoitdagi yashash jarayonida o’zaro qardosh sistematik birliklarning o’zidagina saqlab qolishi bilan yuzaga keladi; vikarizm hodisasi tuproqning ximiyaviy xususiyati, suv bilan ta’minlash darajasi, shu joyning dengiz sathidan qanchalik balandda joylanishiga ham bog’liq.
Endemik turlar qadimgi orollardan tashtsari tog’li o’lkalarda ham ko’p bo’ladi. Masalan, Kavkazdagi 5767 ta turdan 1153 tasi(yoki 19,8% i) endemik turlar x.isoblanadi. Faqat Kavkazdagina emas, balki O’rta Osiyoning tog’li o’lkalarida ham tashqi sharoit nihoyatda o’ziga xos(spetsifik) bo’lganligi uchun endemizm hodisasi yaqqol ko’zga tashlanadi. E. P. Korovin ma’lumotiga ko’ra O’rta Osiyo tog’ florasining 65—70%i faqat endemik turlardan iboratdir. Tekisliklarda esa endemizm hodisasi uncha rivojlanmagan. Masalan, I. I. Granitov ma’lumotiga ko’ra Qizilqumda mavjud bo’lgan 900 ta turdan 286 tasi yoki 25%i O’rta Osiyoning endemik turlari va 34 ta tur (3,5%) Qizilqum uchun endemik hisoblanadi. Shuningdek, cho’lda uchraydigan oilalarning endemik turlari quyidagi %larni tashkil qiladi: savsarguldoshlar 67%, soyabonguldoshlar va labguldoshlar 50%, zubturumdoshlar va dukkakdoshlar 49%, lolaguldoshlar 49%, rutadoshlar 40%, chinniguldoshlar va tuyatovondoshlar 36%, ro’yandoshlar 33%, sho’radoshlar 30% va hokazo endemik turlarga ega. Shunday qilib, turli sharoitga moslasha olish xususiyati qaysi bir o’simlik turida kuchli rivojlangan bo’lsa, bunday turlar doimo o’z tarqalgan maydoni(areali)ni kengaytira boradi, aks holda ularning areali kichrayib ketadi. Shunga ko’ra, keng tarqalgan o’simliklar ba’zan evritop o’simliklar ham deb yuritiladi. Har xil sharoitga moslasha olmagan o’simliklarga stenotop o’simliklar deyiladi. Odatda, endem arealli o’simlik turlarini 2 gruppaga: paleoendem va neoendem o’simliklarga bo’lib o’rganiladi. Qachonlardir Er yuzida tabiiy holda keng tarqalgan, lekin keyinchalik umumiy iqlim sharoitining ma’lum darajada salbiy tomonga o’zgara borishi tufayli, shu o’zgarishga layoqatlana olmasdan o’z arealini qisqartira borgan o’simliklar paleoendem hisoblanadi. Bunday paleoendem o’simliklarga misol qilib paporotniksimonlardan marattiya, angiopteris, suv paporotnigi kabilarni; ochiq urug’lilardan tiss, sagovnik, ginkgo, sekvoya, metasekvoya kabilarni; yopiq urug’lilardan magnoliya, kashtan, lola daraxti, yong’oq daraxti kabilarni ko’rsatish mumkin. Ularning areali qachonlardir uzoq o’tmishda juda keng bo’lgan bo’lib, hozirgi kunda ancha qisqarib qolgan. Bunday paleoendem o’simliklar muayyan bir davrning relikt o’simliklari bo’lib hisoblanadi. Masalan, relikt o’simliklar yoshiga qarab paleozoy, mezozoy, kaynozoy erasining yoki uchlamchi davr, muz davri reliktlari bo’lishi mumkin. Ammo paleoendem o’simliklarning ba’zilari masalan, ginkgo, kashtan, yong’oq daraxti kabilar hozirgi vaqtda kishilarning aktiv ta’siri natijasida madaniylashtirilib, ularning areali kengaya bormoqda. Evolyutsion taraqqiyotning so’nggi bosqichida paydo bo’lgan, hali yosh va shuning uchun keng tarqalib ulgurmagan, ammo tarqala olish imkoniyatiga ega bo’lgan o’simlik turlariga neoendem o’simliklar deyiladi. Masalan, yastrebinka(Hieracium) na’matak, atirgul(Rosa), sutlama kabilar shular jumlasidandir. Areallar katta-kichik bo’lishiga qaramasdan joylanish xususiyatiga ko’ra uzluksiz va uzilgan areallarga bo’linadi. Uzluksiz areal yaxlit maydonda yoki orasi uncha uzoq, bo’lmagan ikki joyda uchraydigan o’simliklar areali hisoblanadi. Masalan, qayindoshlar oilasining vakillari butun Evropa va Shimoliy Amerikada uchraydi. Uzluksiz arealning shakli (ya’ni biror uzluksiz arealli o’simlikning egallagan maydoni) dumaloq, uzunchoq, lentasimon shaklda bo’lishi mumkin. Uzluksiz arealning lentasimon shaklli xili daryolarning yon oqimida yaqqol ko’rinishi mumkin. Download 370.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling