Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet8/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Nazorat savollari
1.Relikt so’zining ma’nosi nima?
A- qazilma B- qoldiq C-joy D-tekislik
2. Nima deb o’ylaysiz reliktlar hozirgi zamon sharoitiga to’g’ri keladimi?
3.Paleoendem va reliktlarni farqi bormi?
4.Hozirda ginkgo orolchalari qayerda insonlar tomonidan saqlanib qolgan?
A-Kavkazorti va Boltiqbo’yi B- Yaponiya va Xitoy
C- Ukraina va Xitoy D- Yaponiya
5.Nima uchun biz reliktlarni o’rganamiz?


O’SIMLIKLAR AREALI


Yuqorida ko’rsatib o’tilgan tiplarning vakillari Er sharining ma’lum bir maydonini egallaydi. Yashash uchun kurash protsessida har bir tur iloji boricha kengroq tarqalishga intiladi. Shunday qilib, har qaysi turning Er yuzida egallagan maydoni shu o’simlik turining areali deyiladi.
Er sharida hozirgi kungacha ma’lum bo’lgan 500 ming o’simlik turining barchasi ham bir xil hajmdagi maydonni egallamagan va barcha turlar Er sharining hamma qismida ham uchramaydi. Masalan, xurmo daraxti faqat tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda, saksovul o’simligi esa jazirama cho’l sharoitida uchraydi. Faqatgina turlar emas, turkumlar ham, oilalar ham alohida-alohia arealga ega bo’ladi.
Demak, areal deganda tur, turkum va oilalarning egallagan muayyan maydoni yoki tarqalgan joylari tushuniladi.
Er yuzidagi barcha tur, turkum va oilalarning areali ular egallagan maydonning katta-kichikligiga, shu maydonlarning shakliga va bir-biriga tutash yoki tutashmasligiga ko’ra quyidagi bir necha gruppalarga bo’linadi:
1.Kosmopolit areal o’simligi—bu gruppaga kiruvchi o’simlik turlari, turkum va oilalari Er sharida keng tarqalgan o’simliklar hisoblanadi. Ular quruqlikning aksariyat katta qismida uchraydi. Kosmopolit arealiga misol qilib, sho’ra(Chenopodium), jag’-jag’ yoki achambiti(Capsella bursa-pastoris), ajriq(Cynodon dacilion), semizo’t(Portulaca oleracea), qoqio’t(Tara­xacum officinale), ituzum(Solanum nigrum), qamish (Phragmites communis) kabi juda ko’p o’simlik turlarini ko’rsatish mumkin.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling