Мавзу: ареал ща+ида таълимот


-mavzu: Areal haQida ta’limot


Download 370.5 Kb.
bet4/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

2-mavzu: Areal haQida ta’limot
Ajiratilgan soat - 4 soat
Asosiy savollar:
1.Areal to’g’risida tushuncha.
2.Areallar hajmi va chegarasi.
3.Areal tiplari.
4.Reliktlar va relikt areallar.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: areal, areal hajmi, areal chegarasi, relikt, relikt areal, linneon, jordanon, endem, neoendem, paleoendem, kosmopolit,uzluksiz areal, uzilgan areal.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
1.1.Areal to’g’risidagi fanni arealogiya deyiladi, oxirgi paytlarda xorologiya deb yuritilmoqda. Sizningcha qaysi biri to’g’riroq?
1.2.Endem ham relikt ham tor arealli turlarga nisbatan qo’llaniladi. Sizningcha bularning farqi nimada?


1-savol bo’yicha dars maqsadi: areal to’g’risida tushuncha berish va bu boradagi fikrlarni tahlil qilish.


Identiv-o’quv maqsadlari:
1.1.Areal so’zi tushunchasini asoslab beradi.
1.2.Areal to’g’risidagi tushunchani atroflicha tahlil qiladi.

1 savol bayoni


«Areal» so’zi lotincha area-maydon, kenglik degan ma’noni anglatadi. Biologiyada geografik areal(area geographica) deyilganda qaysidir o’simlik yoki hayvon turining Er shari yuzasi(yoki akvatoriya)da tarqalgan chegarasi tushuniladi. Nafaqat alohida turlarning, balki turlarni birlashtirgan nisbatan yirik sistematik birliklar ham o’z areallariga ega. O’simliklar jamoalari areallarini ham chegaralash mumkin. Masalan, dashtlar, turli o’rmonlar, o’tloqlar, cho’llar va hakozo. Areal to’g’risidagi ta’limot yoki arealogiya maqsadi-flora yoki o’simliklar qoplamida ma’lum sistematik birliklarning tarqalish chegarasini o’rganishdir. Bu fanni keyingi paytlarda xorologiya(xorologiya-grekcha xoro-kenglik, logos-ta’limot) deb ham atashadi.
Tabiatda, adabiyotlar ma’lumotlari yoki gerbariy materiallariga asoslanib ma’lum sistematik birlikning arealini o’rganish natijasida geografik xaritaga tushiriladi. Xaritaga tushirish quyidagimcha amalga oshiriladi:1)davlat yoki hudud xaritasiga o’rganilayotgan turning tarqalish chegarasi kontur chiziq bilan belgilanadi, so’ngra ajratilgan hudud bo’yaladi; 2)o’rganilayotgan turning barcha ma’lum individlari nuqtalar yoki boshqa shartli belgilar bilan belgilanadi, so’ngra belgilangan chegara uzluksiz chiziq bilan aylantiriladi. Birinchi usul ko’proq yirik taksonlarning keng maydonlarda tarqalishini belgilashda qo’llaniladi. Ikkinchi usul-nuqtali kichik maydonlardagi floristik izlanishlarda qo’llaniladi.
Tabiatda ikkita bir xil areal mavjud emas: ular albatta hajmi, shakli va chegaralarining xarakteri bilan farqlanadi. Areal shakli qator sabablarga bog’liq. Masalan, mazkur turning tarixiy taqdiri, yashash muhitining xilma-xilligi, boshqa turlari, hayvonlar va inson bilan munosabati.
Areallar tabiiy ya’ni tabiiy yo’l bilan shakllangan va sun’iy bo’lishi mumkin. Keyingisi insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida vujudga keladi. Areallar hajmi juda xilma-xildir. Bu qator sabablar bilan bog’liq. Shulardan eng muhimi-o’rganilayotgan tur yoki takson tarixi, o’rganilayotgan tur, turkum yoki oilaning vaqt va kenglikdagi tarixini aniqlash tarixiy geografiyaning bosh maqsadidir.



Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling