Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet5/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Nazorat savollari:
1. «Areal» so’zi.........area- maydon, kenglik degan ma’noni anglatadi.
2. O’tloq bu...
A-tur areali B-turkum areali
C-jamoa areali D-oila areali
3.Quyidagi araellardan qaysi biri insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida vujudga kelgan?
A-relikt areal B-tabiiy areal
C-sun’iy areal D-kosmopolit areal
4.Xorologiya so’zini tariflang.


2-savol bo’yicha dars maqsadi: Areallar hajmi va chegarasi kabi tushunchalarni tahlil qilish.


Identiv-o’quv maqsadlari:
2.1.Areallar hajmi to’g’risida tushuncha hosil qiladi.
2.2.Areallar chegarasi to’g’risida tushuncha hosil qiladi.
2 savol bayoni
Turning tarqalish chegarasi sabablar kompleksi bilan aniqlanadi. Shulardan biri tarqalishda barataraf etib bo’lmaydigan mexanik to’siqdir: tog’ tizmalari, suv kengliklari, cho’llar. Iqlim ham o’tib bo’lmaydigan to’siqlarni shakllantirishi mumkin.
Uzoq vaqtlar ya’ni XIX asrgacha arealning iqlimiy chegarasi faqat harorat bilan aniqlanadi deb hisoblangan. Hozirgi davrda esa arealning iqlimiy chegarasini ikki faktorning: harorat va namlikning birgalikdagi ta’siri belgilashi aniqlandi. Umuman olganda areal chegarasi omillar majmui bilan aniqlanadi. Shulardan eng muhimlari iqlimdan tashqari tuproq sharoiti, biotik(boshqa o’simliklar bilan raqobat) omillardir. Ekologik omillar, jumladan biotik omillar bilan aniqlanadigan areallar chegaralari harakatchandir. Ba’zi hollarda areallar chegarasi kengaysa, ba’zida qisqaradi. Chegaralarning bunday o’zgarishlarini o’rganish tarixiy geografiyaning birinchi darajali vazifalaridan biridir. Shuni takidlash joizki, areallar chegarasi o’zining butun ko’lami bilan turli omillar ta’sirida aniqlanadi. Masalan, janubiy hududlarda namlikning etishmasligi va tuproqlarning sho’rlanishi areallar chegarasiga ta’sir etsa, shimoliy hududlarda esa issiqlikning etishmasligi ta’sir etadi. Shunday qilib, chegaralovchi omillar, ya’ni ekstremal vaziyat areal chegarasining turli qismlarida turlicha bo’ladi. Adaptatsiya ya’ni mikroevolyutsiya ham turli yo’nalishlarda rivojlanadi.
Yuqorida bayon qilingan tushunchalar Darvinning migratsion kontseptsiyasiga to’g’ri keladi. Darvin bo’yicha tur qaerdadir paydo bo’lib turli yo’nalishlarda butun radiusi bo’ylab tarqala boshlaydi. Tarqalish yo’lida uning populyatsiyasi yangi ekologik muhitlar bilan to’qnashadi. Bu esa adaptiv o’zgarishlar ya’ni mikroevolyutsiyani vujudga keltiradi.
Areal hajmi faqat yuqoridagi adaptiv sabablarga bog’liq emas. Ba’zan sub’ektiv sabablar ham muhim rol o’ynaydi, ya’ni ba’zi olimlar-floristlar va sistematiklar turni yirik linney turlari(linneonlar) miqyosida tushunishsa, boshqalari esa tor va aniq ya’ni jordanonlar miqyosida tushunishadi. Jordanon-tur ichidagi takson bo’lib G.Defriz tomonidan tavsiya etilgan va frantsuz botanigi A.Jordan sharafiga qo’yilgan. U bir tur doirasida, aynan bahor chitiri(Brassicaceae oilasi, Draba turkumi) ichida 200 kichik irsiy shakllarni aniqlagan va tur darajasida qaralishini tavsiya qilgan.
Areallar diapozoni juda keng. Bir tomondan shunday turlar borki Er sharining Antarktidadan tashqari barcha kontinentlarida tarqalgan. Ularning areallari sayyoramiz quruqlik qismining deyarli yarmida tarqalgan. Bunday turlar kosmopolitlar deyiladi. Kosmopolit grekcha so’zdan olingan bo’lib kosmos-koinot, olam va polites-fuqaro degan ma’noni anglatadi. Bu atama 1855 yil A.Dekandol tomonidan o’simliklar geografiyasi faniga kiritilgan. Shu bilan birga u kosmopolit o’simliklar ro’yxatini ham keltirgan.
U kosmopolit o’simliklar qatoriga ba’zi suv-botqoq o’simliklardan qamish(Phragmites communis), kengbargli qo’g’a(Typha latifolia) va ingichkabargli qo’g’a(T.angustifolia), Lemna (Lemna) turlarini kiritgan. Shu bilan birga ba’zi begona va ruderal o’simliklardan ochambiti(Capsella bursa-pastoris), biryillik yaltirbosh(Poa annua), oq sho’ra(Chenopodium album), yirikbargli zubturum(Plantago major)lar ham kosmopolit hisoblanadi. Kosmopolitlarga qoqi(Taraxacum) turkumi, boshoqdoshlar(Poaceae) oilasi turlarini ham ba’zilarini kiritish mumkin.
Kosmopolit taksonlar kosmopolit areallarni shakllantiradi. Ular endem areallarning antipodlari hisoblanadi.
Ikkinchi tomondan o’simliklarning shunday turlari borki ularning areallari juda tor. Masalan, O’rta Osiyo turi bo’lgan semireche nidzvedskiyasi(Niedzwedzkia semiretschenskia) va sibir turi bardunov megadeniyasi. Bu o’simliklarning yaqin urug’doshlari tropiklarda o’sadi. Qrimda stankevich qarag’ayi, Kavkazda eldar qarag’ayi(50 ga maydonda) endem arealga ega. Tor(miniatyur) areallarni asosan qadimiy endemik turlar-paleoendemlar (paleo-qadimiy, en-ichki, demos-yoy,o’q) shakllantiradi.
Paleoendemlardan(linneonlar) tashqari neoendemlar-yosh turlar ham mavjud bo’lib, ularni asosan jordanonlar tashkil etadi.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling