Мавзу: ареал ща+ида таълимот
- savol bo’yicha dars maqsadi
Download 370.5 Kb.
|
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI
3- savol bo’yicha dars maqsadi: O’simliklar tarqalishining tarixiy omillari va yer shari florasi tarixini o’rganish
Indentiv-o’quv maqsadi: 1.1 O’simliklarni yer shari bo’ylab tarqalish tarixi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’ladi. 3-savol bayoni Sayyoramiz o’simliklarining turlari tarkibi uning turli qismlarida xilma-xildir. Shuning uchun er shari florasi biri-biridan ma’lum belgilari bilan farqlanadigan alohida konkret floralar yig’indisidan iboratdir. Floraning shakllanishi million yillar davomida o’simliklarning tarqalishi, yangi turlarning chiqib kelishi, ular arealining progressi va regressi bilan bog’liq bo’lib o’z tarixiga ega. Er sharining geologik hayoti davomida nafaqat o’simliklarning alohida sistematik guruhlari, balki butun floralari bir necha bor paydo bo’lgan va qirilib ketgan. Hozirgi zamon floralari uzoq tarixiy rivojlanishning mahsulotidir. Shuning uchun Er shari florasi tarixi bir vaqtning o’zida uni tashkil etuvchi alohida floralarning ham tarixidir. Areallar shakllanishining muhim omili o’simliklar hayotida ekologik sharoitni belgilab beruvchi, bir geologik davrdan ikkinchisiga o’tishda ma’lum o’zgarishlarni boshidan o’tkazgan tabiiy-geografik muhit hisoblanib, o’simliklar tarqalishi jarayonini u yoki bu yo’nalishga o’zgartirgan. Bu erda relef va qlimning o’zgarishi, kuruqlik yirik qismlarining ko’tarilishi va pasayishi, tog’ hosil bo’lish jarayonlari, Shimoliy yarim shardagi iliq iqlimli uchlamchi davr o’rniga to’rtlamchi muzlik davri kelishi natijasida iqlimning aralashishi muhim ahamiyatga ega. Hozir mavjud bo’lgan kontinentlar orasidagi aloqa buzilishi va okeanlarning paydo bo’lishi qachonlardir mavjud bo’lgan uzluksiz areallarning ajralib ketishiga olib keldi. Buni Shimoliy yarim sharda aniq kuzatish mumkin. Qayinlar va qarag’aydoshlar oilasi areallari G’arbiy Evropadan Atlantika rkeani qirg’oqlarigacha boradi va go’yoki okean bo’lmaganday Shimoliy Amerikada davom etadi. Shu kabi holatni Janubiy yarim sharda ham kuzatish mumkin. Bu erda ba’zi turkumlar areallari Er sharining uzoq quruqliklarini bir-biri bilan bog’laydi. Hindiston va Madagaskar o’rtasidagi yoki Avstraliyaning Katta Zond orollari orqali Janubiy-sharqiy Osiyo o’rtasidagi fitogegrafik aloqa ularning qachonlardir yaxlit quruqlik bo’lganidan dalolat beradi. Bunday areallarga sagovniklar, kazuarinlarni misol keltirish mumkin. Indoneziyada tarqalgan nepentes turkumi Hindixitoy va Hindistongacha kirib boradi va Madagaskarda 2 turi uchraydi. Avstraliya florasida Afrikaning janubiy qismi bilan ko’plab o’xshashliklari bor(proteydoshlarning yuzlab turlari, murakkabguldoshlardan o’lmaso’t turlari) bundan tashqari Janubiy Amerika bilan ham o’xshashliklari mavjud(Antarktika buki). Dukkakdoshlar oilasidan bo’lgan akatsiya turkumi Janubiy yarim sharning barcha materiklarida-Janubiy Amerikadan Avstraliyagacha uchraydi, shu bilan birga palmadoshlar oilasining deyarli barcha vakillari ham shu hududda tarqalgan bo’lib, areali tropik chiziqni o’rab turadi. Ko’plab biogeografik hamda geologik dalillar o’tmishda bu hududlarda yaxlit materik Gondvana mavjud bo’lganidan dalolatdir. Bu materik mezozoy erasining oxirida(bundan 100 mln yil avval) parchalanib ketgan. Download 370.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling