Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet26/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Preriya viloyati. Shimoliy Amerikaning markaziy qismidagi preriyalarni o’z ichiga oladi. Meksika va Gudzon ko’rfazini tashkil etgan dengiz bo’r davrining oxirlariga kelib chekingan va uning o’rnida asta-sekin kserofit dasht va cho’l o’simliklari vujudga kela boshlagan. Shunday qilib, uchlamchi davrda Shimoliy Amerika dashtlari—preriyalar hosil bo’lgan. Asosiy o’simliklardan chayir, chalov, bug’doyiq, keleriya, astra, floks, yovvoyi kungaboqar, buyvol o’ti, bizon o’ti, shuvoqlar va kaktuslarning bir necha turlarini ko’rsatish mumkin.
Shimoliy Amerika Atlantik viloyati. Shimoliy Amerikaning Appalachi tog’laridan Floridagacha bo’lgan maydonlarni o’z ichiga olgan bu viloyatda daraxtlardan magnoliya, yozda yashil va doim yashil emanlar, g’arbiy chinorlar, lola daraxti, shakar zarangi, tut da­raxti, shumtol, arg’uvon, yong’oq da­raxti, oq akatsiya, baxmal daraxti, rododendron, yovvoyi tok, ilonchirmoviq kabilar keng tarqalgan. Appalachi tog’laridagi qoraqayin mintaqasi o’zining janubiy chegaralari tropik flora elementlari bo’lgan elpig’ichsimon palma, yukka, bambuk, daraxtsimon brusnika kabi bir qancha epifitlar va lianalardan tashkil topgan.
Shimoliy chegaralarida ular-uchlamchi o’rmonlar zarang, qoraqayin, eman, shumtorl va qayindan tashkil topgan keng bargli o’rmonlar bilan almashinadi
Tuprog’i sernam bo’lgan joylarda esa tuya, amerika tilog’ochi hamda hasharotxo’r sarratseniya o’simligi ko’p uchraydi.
Shimoliy Amerika Tinch okean viloyati. Shimoliy Amerikaning Tinch okean qirg’oqlaridan tortib preriyalargacha cho’zilib, tog’lar va cho’llardan iborat maydonlarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun ham tog’ning yuqori qismida alp o’simliklari, o’rta qismida ninabargli o’rmonlar, tog’ etaklaridagi tekisliklarda qisman dasht va cho’l o’simliklari, nihoyat past tekisliklarda subtropik o’simliklardan tashkil topgan.
Tinch okean qirg’oqlariga yaqin joylarda uchraydigan o’simliklar O’rta dengiz atrofidagi subtropik o’simliklarga o’xshash sharoitda o’sadi. Ulardan, asosan, tuyalar, Duglas pixtasi, sitxin va engelman qoraqarag’aylari, tiss, kichik bargli yoki ignasimon bargli emanlar va Kaliforniya arg’uvonini ko’rsa­tish mumkin.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling