Mavzu: ArgGis, GoogleEarth va GeoCat dasturlarida biologik ma’lumotlarni tahlil etish


Download 17.26 Kb.
bet2/2
Sana14.10.2023
Hajmi17.26 Kb.
#1702586
1   2
Bog'liq
5-mavzu Argis

MapInfo maxsus tizimi. Mapping (kartografik) tizimlari – bu kartalarni professional ishlab chiqishga moʻljallangan maxsus dastur mahsulotidir. Mapping hamma kerakli elementlarni tasvirlaydigan standart topokartalarni ishlab chiqarishda yaxshi samara berib kelmoqda. Mappingda CAD da boʻlmagan koʻpgina qoʻshimcha imkoniyatlar mavjud. Obyektlarni kartalarda tasvirlash belgilangan tartibda shartli belgilarga asoslangan holda olib boriladi. Bu, oʻz navbatida, qisqa vaqt ichida yuqori sifatli standart kartalarni tuzishni ta’minlaydi. Mapping modellashtirish va tahlil qilish imkoniyatini bersa, mavzuli kartografiyalash va monitoring qilishni chegaralaydi. Bunday imkoniyatni faqatgina ArcGIS orqali bajarish mumkin. MapInfo dasturi fazoviy jihatdan bogʻlangan turli xil ma’lumotlarni tasvirlash imkoniyatini beradi. Bu tizim Desktop GIS (ishchi dastur) sinfiga kiradi. 80-yillarning oxirida MapInfo va AtlasGIS Desktop GIS turkumidagi dastur bozorini boʻlishib olgan boʻlsa, Windows operativ dasturiga moslashtirilgandan soʻng raqibini yengib oʻtdi. MapInfoning eng muhim xususiyati bu uning universalligidir. Tizim boshqa dasturlar – DOS, Windows, Windows NT, UNIX bilan va geoaxborot tizimi dasturlari, raqamli kartografik tizimlar, geografik ma’lumotlar bazasini yaratish va ishlatish vositalari bilan birgalikda ishlash xususiyatiga ham egadir.
Tizim doirasiga quyidagi imkoniyatlar kiritilgan:
 ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarini tahlil qilish usullari;
geografik obyektlarni izlash;
 kartalarga mavzuli sayqal berish usullari;
 shartli belgilarni yaratish va tahlil qilish usullari;
 keng qamrovli ma’lumotlar formatining mavjudligi;
 masofadan turib ma’lumotlar bazasiga kirish va ma’lumotlarni tarqoq holda qayta ishlash.
MapInfo dasturi yordamida joy toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni uning manzili va nomi orqali topish, shuningdek, koʻchalarning kesishuvini, chegarasini, interaktiv yoki avtomatik ravishda geokodlashni amalga oshirish va ma’lumotlar bazasidan obyektlarni kartaga koʻchirish mumkin. Ma’lumotlarni tizimda tasvirlash jadval, karta, diagramma va matn koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tizim orqali maxsus geografik tahlil va grafik tahrir qilish mumkin. Tizimda turli geodezik masalalarni hal qilish, kartalarni arxivlash va vektorlash, kartografik proyeksiyalash, fazoviy ma’lumotlarni birlashtirish mumkin. Dasturdagi maxsus MapBasic dasturlash tili orqali interfeysni oʻzgartirish va Excel, Lotus 1-2-3, dBase dasturlariga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻlanib, ma’lumotlar almashinish mumkin.
GPS – Global Positioning System
Bu AQSh tomonidan ishlab chiqilgan tizim bo`lib. Yer yo`ldoshlari (sputnik) yerga ma'lum vaqt oraligida ma'lumot uztib turadi. Yo`ldoshdan yergacha signal yetib kelishini hisobiga uning qanday masofada ekanini aniqlash mumkin.
GPS qabul qiluvchi qurilma esa, yo`ldoshlarning birnechtasidan ma'lumotlarni qabul qilib, o`zining qayerda joylashganini aniqlaydi. kamida 5-9 ta yo`ldosh orqali qurilma o`zining qayerda joylashganini 5-10 metr aniqlikda aniqlay oladi.
Google Earth (inglizchadan: Google Yer) virtual globus, xarita va geografik axborot dasturi boʻlib, Keyhole, Inc tomonidan EarthViewer 3D nomi ostida ishlab chiqarilgan. 2004-yili Google tomonidan sotib olingan. U sunʼiy yoʻldosh, aviafotografiya suratlaridan foydalanib uch oʻlchamli Yer xaritasini koʻrsatadi[1]
Google Earth sizning yuksalish ma'lumotlariga bepul Google Elevation API kaliti bilan kirish imkonini beradi. Fuqarolik Sayt Dizayni, yangi sun'iy yo'ldoshdan Surface funktsionalligi bilan ushbu potentsialdan foydalanadi. Bu funksiya siz tanlagan maydonni va panjara nuqtalari orasidagi masofani tanlashga imkon beradi, shu bilan integratsiya qilingan darajadagi egri chiziqli sirtni qaytaradi.
Hozirgi kunda biz bilamizki kundalik hayotda ko‘pchiligimizda zamonaviy android tizimida ishlaydigan mobil telefonlar mavjud. Ular GSM tarmog’ida ishlaydi. GPS qurilmalarining ishlashi uchun unga GSM tarmog’iga ulangan sim karta qo‘yish lozim. Mobil telefonlarda bunday sim kartalar mavjud. Ko‘pchilik android tizimida ishlaydigan mobil telefonlarda GPS qurilmasi ham mavjud.
GPS – bu AQSh tomonidan ishlab chiqilgan tizim bolib. Yer yoldoshlari (sputnik) yerga ma'lum vaqt oraligida ma'lumot uztib turadi. Yoldoshdan yergacha signal yetib kelishini hisobiga uning qanday masofada ekanini aniqlash mumkin.
GPS qabul qiluvchi qurilma esa, yoldoshlarning birnechtasidan ma'lumotlarni qabul qilib, ozining qayerda joylashganini aniqlaydi. kamida 5-9 ta yoldosh orqali qurilma o`zining qayerda joylashganini 5-10 metr aniqlikda aniqlay oladi.
GPS qurilmalari orqali ularning koordinatalarini oluvchi dasturni ishlab chiqilgan. Dastur Java dasturlash tilida yaratilgan. Ishlash prinsipi: GPS qurilma mobil telefonda mavjud bo‘lsa, dastur GPS qurilma orqali mobil telefonning x va y koordinatalarini oladi. Agar mobil telefonda GPS qurilmasi bo‘lmay turib u GSM tarmog’iga ulangan bo‘lsa, yaqin masofadagi antennaning x va y koordinatalarini oladi. Olingan koordinatalar haqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan serverga yuboriladi. Serverda bu ma’lumotlarni qayta ishlash uchun dastur yaratilgan. Ma’lumotlarni tartiblab joylashtirish uchun foydalanuvchi o‘zi uchun id tartib raqamni kiritishi kerak. Aks holda ob’yektni kuzatishda muammo yuzaga kelishi mumkin. Buning uchun har bir foydalanuvchi uzining idsini kiritishi lozim. Agar id tartib raqamlari boshqa biror foydalanuvchi bilan bir xil bo‘lsa server tezda foydalanuvchiga xatolik ya’ni bu id raqam bandligi haqidagi xabarni yuboradi.
Bugungi kunga kelib bir necha GPS qurilmalari mavjud. Misol qilib quyidagilarni olishimiz mumkin:
Navitel navigator
GPS treker
Glonass/ GPS
Galileo
Sputniklar odatda quyidagilarni yerga yuboradi: Holati haqidagi xabarni (tuzalganlik yoki xatoliklar); Kundalik sanani;
Kundalik vaqtni;
Barcha yo‘ldoshlarning orbital ma’lumotlarini; Barcha yuborilgan xabarlarning aniq vaqtini;
Astronomic jadvallarni (yo‘ldoshning ayni paytdagi orbitada joylashgan koordinatalarini).
GPS – qabul qiluvchi yo‘ldoshdan ma’lumotlarni qabul qilgandan so‘ng, barcha yo‘ldoshlar orasidagi masofani aniqlash orqali o‘zining koordinatalarini geometriya qonunlariga asoslanib aniqlaydi. Bu holatda ikkita koordinatani aniqlash uchun(kenglik va uzunlik) uchta yo‘ldoshdan signalni qabul qilsa shuning o‘zi kifoya, yerga nisbatan balandlik koordinatasini aniqlash uchun to‘rtta yo‘ldoshdan signal qabul qilishiga to‘g’ri keladi.
Yo‘ldoshlar orasidagi masofani aniqlash uchun GPS – qabul qiluvchi tomonidan yuborilgan radiosignalning qaytish vaqtiga qarab aniqlanadi. Albatta, buning uchun yo‘ldoshdagi va GPS – qabul qiluvchi qurilmaning soatlari sinxron tarzda bo‘lishi kerak.
GPS tizimining kamchiliklaridan biri bu uning “cheklangan huquqi” da. Bu kamchilik ob’yeklarni 30 – 100 m gacha aniqlash imkoniyatini bor edi, 100 m dan oshadigan ob’yektlarni aniqlashning imkoniyati yo‘q edi. Lekin bu hol juda uzoqqa bormadi. 2000 – yilning birinchi mayidan boshlab bu cheklash bekor qilindi.
Download 17.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling