Mavzu: arpa donini yetishtirish texnologiyasi reja: Kirish Asosiy qism


Download 1.58 Mb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1412626
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu arpa donini yetishtirish texnologiyasi reja Kirish Asosi

Arpa biologiyasi

Arpa (Hordeum L.)-boshoqdoshlar (g‘allagullilar oilasi)ga mansub bir va ko‘p yillik don o‘simligi. Arpaning 30 ga yaqii turi bor. Shulardan bittasi N. Sativum eqiladi. Boshoqdagi doni ko‘p qatorli arpa (N. Vulgare L.), ikki qatorli arpa (N. Distichum L.), oralik arpa (N. Intermedium L.) kabi kenja turlari bor. Arpa Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, O‘zbekistonda o‘stiriladi. O‘zbekistonda arpaning ikki kenja turi (ikki va ko‘p qatorli L.) eqiladi. Arpa mamlakatimiz shimoliy tumanlarida g‘alla sifatida, g‘arbiy tumanlarida pivo tayyorlash uchun, janubiy tumanlarida yem-xashak uchun eqiladi. Arpaning poyasi tikka (50-130 sl), silliq barglari ipsiz, boshog‘i bir qancha yakka gulli boshoqchalardan iborat. U qurg‘oqchilikka ancha chidamli.


Arpa (Hordeum) – g‘alladoshlar oilasiga mansub bir va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumi. Yevrosiyo va Amerikada 30 ga yaqin turi ma’lum. Dehqonchilikda A. O‘rta Osiyo (Turkma-niston jan.)da miloddan avvalgi 12– 10-ming yilliqdan ekib kelinadi. Vatani Old Osiyo. Ekma A. (N. sativum) jahondagi ko‘pgina mamlakatlarda yetishtiriladi. Biologik xususiyatlariga ko‘ra, A. bahori va kuzgi turlarga bo‘linadi.
Arpa ildiz to‘plami popuksimon: asosiy ildiz haydalma qatlamda rivojlanadi. Poyasi poxolpoya, 4 – 6 ta bo‘g‘imli, bo‘yi 30 – 35 sm dan 130 – 134 sm gacha. Bargi barg plastinkasi, barg qini, tilcha va quloqchalardan iborat, boshqa g‘alla o‘simliklarining bargidan ko‘ra kengroq. To‘pguli boshoq. Mevasi parda-li yoki yalang‘och don, rangi sarg‘ish, och ji-garrang va och kulrang. 1000 ta doni vazni 20 – 60 g. Bahori A.ning vegetatsiya davri 55–110 sutka, kuzgisiniki 180 – 210 sutka (nav xususiyatlari va eki-ladigan hududga qarab). A. eng tezpishar don ekinidir.
Arpa o‘zidan changlanuvchi o‘simlik, guli yopiq. Maysalari 4 – 5°da unib chiqadi, o‘sib rivojlanib bori-shi uchun qulay harorat 22°. A. issiqqa chidamli o‘simlik, havo quruqligini yaxshi ko‘taradi. Xalq xo‘jaligida A.dan xilma-xil maqsadlarda (oziq-ovqat, yem, pivo sanoati uchun xom ashyo) foydalani-ladi. Donida 13% suv, 2% oqsil, 64,6% uglevodlar, 5,5% klechatka, 2,1% yog‘, 2,8% kul moddasi bor. 1 kg arpa doni 1,2 ozuqa birligiga teng .Lalmi dehqonchilik mintaqasida bahori, sug‘oriladigan yerlarda kuzgi-qishki va ko‘klamgi namdan yaxshi baxra oladigan yuqori hosil beradigan kuz-gi A. yetishtiriladi. Juda erta quruq jazirama issiq boshlanmasidan ol-din (maining oxiri – iyun) pishib yetiladi. Sug‘oriladigan maydonlarda har gektaridan 50 s gacha hosil beradi. O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarda Qarshi, Zafar, Siklon; lalmi yerlarda Baysheshek, Unumli arpa, Nutans va boshqa na-vlari ekiladi. Urug‘lari 4 – 5 sm chuq. ga qadaladi, ekish me’-yori A.ning faqat o‘zi eqilganda 100 – 120 kg/ga, vika bilan birga eqilganda 50 – 70 va 40 – 50 kg/ga. A. o‘g‘itlarga talabchan. Yuqori hosil olish uchun gektariga 30 – 45 kg N (azot), 45 – 60 kg R2O5 (fosfor), 60 kg K,O (ka-liy) solinadi.A. zararkunandalari: shved pashshasi, gessen pashshasi, simqurtlar, arrakashlar, ko‘kko‘z va b; kasalliklardan eng ko‘p zararlaydigani qorakuya, zang kasalligi, unshudring, fuzarioz, bakterioz va boshqa
Ximiyaviy tarkibiga ko‘ra, arpa doni tarkibida o‘rtacha: 13% suv, 12% oqsil, 64,6% azotsiz ekstraktiv moddalar, 2,1% moy,kraxmal (45-677o), pentozalar (7- 117o), saxaroza (1,7-2%), yog‘ (2-3%), kul (3-5%), kletchatka (3,5-7%) va hokozolar bor. Arpa uni tarkibida kleykovina moddasining kamligi va oqsil sifatining pastligidan sof holda non yepish uchun yaramaydi. Lekin ekinning naviga, yetishtirish sharoitiga qarab, uning doni tarkibidagi oqsil miqdori (8,18% dan 19,9% gacha) keskin uzgarishi mumkin. Kuzgi arpa tarkibida oqsil miqdori 10-11%, shuning uchun ham undan yaxshi pivo tayyorlash mumkin. Sug‘oriladigan maydonlarda arpa tarkibi yanada o‘zgaradi.
Arpa xo‘jalik ahamiyatiga ko‘ra don ekinlari ichida bug‘doydan keyin ikkinchi o‘rinni eg‘allaydi. Arpa eng muhim don ekinlaridan biri. U yem-xashak va oziq-ovqatga ishlatiladi. Arpa doni hamma qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun to‘yimli yem sifatida ishlatiladi. Ayniqsa, hayvonlarni bo‘rdoqiga boqishda uning ahamiyati benihoyat katta. Somoni ham chorva mollari uchun yaxshi pichan hisoblanadi. 100 kg arpa doni o‘rtacha 126 oziq birligiga va 8,1 kg, hazm bo‘ladigan protein, 100 kg somoni 36 oziq birligi va 1,2 kg hazm bo‘ladigan protein saqlaydi. Arpa ko‘kat oziq va pichan uchun ko‘pincha dukkakli don ekinlari (no‘xat, vika) ga qo‘shib eqiladi. Arpa pivo pishirish sanoatining asosiy xom ashyosi hisoblanadi, shuningdek donidan spirt, solod ekstrakti olinadi. Arpa donidan arpa yormasi va arpa uni tayyorlanadi. Uni bug‘doy yoki suli uniga qo‘shib (25% gacha) non yepish uchun ishlatiladi.




  1. Download 1.58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling