Mavzu: Arxiv hujjatlaridan foydalanish


Arxiv fondiga nodavlat manbalaridan hujjatlar qabul qilishni o‘ziga xos tomonlari bo‘lib


Download 336.29 Kb.
bet5/9
Sana20.09.2023
Hajmi336.29 Kb.
#1683045
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbek musiqa tarixi slayd

Arxiv fondiga nodavlat manbalaridan hujjatlar qabul qilishni o‘ziga xos tomonlari bo‘lib, tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu fond tashkil qiluvchilarni hujjatlari barcha me’yoriy talablarga javob bermaydi, shuning uchun ulardan hujjatlarni qabul qilish hujjatlarini ish yuritishdan to‘xtaganidan so‘ng 5 yil o‘tgach qabul qilish tavsiya qilinadi. Hujjat egalari hujjatlarni davlatga, davlat muzeylari va kutubxonalariga topshirishi mumkin. Bunda hujjatlarga egalik huquqi arxiv tashkilotlari bilan shartnoma asosida rasmiylashtiriladi. Zarur bo‘lganda hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanishga cheklashlar kiritilishi mumkin. Bu hujjatlar shaxsiy ma’lumotlar, savdo siri, avtorlik huquqi va boshqa hujjatlarga tegishli.
SHaxsiy xarakterga ega bo‘lgan hujjatlar ham davlat arxivlariga sovg‘a qilish, meros qoldirish, sud yoki notarial idora qaroriga ko‘ra yoki hujjatlar egasiz bo‘lsa, oldi-sotdi shartnomasi asosida topshirilishi mumkin. SHaxsiy hujjatlar vaqtinchalik saqlanishga (depozit) hujjat egasini arizasiga asosan topshirilishi mumkin. Hujjatlarni qabul qilishda topshirish to‘g‘risida topshirish va qabul qilish dalolatnomasi tuzilib unga topshirish ro`yxati ilova qilinadi.
Arxiv va hujjat egasi o‘rtasidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uni asosida hujjatlar davlat mulkiga topshiriladi. Shuning uchun hujjat egasi bilan shartnomani xar bir punktini batafsil muxokama qilish lozim. Xozirgi sharoitda arxivshunos “aktiv komplektlash” usulidan ko‘proq foydalanish zarur.
Fond tashkil qiluvchi bilan uning hujjatlarini saqlanishini zarurligi ahamiyati to‘g‘risida suxbat o‘tkazish, komplektlashni potensial manbalarini yuridik shaxslarni ro`yxatga olish organlari va ijtimoiy-siyosiy xayotni voqeliklarini o‘rganish asosida aniqlanishi kerak.
Yo‘lboshchilar, partiya a’zolari bilan suhbatlar, ijtimoiy va siyosiy xayotdagi voqealarni og‘zaki xotiralarni yozib olish, esdaliklarni yig‘ish, voqealar xronikasini tuzish, jamoat fikrini aks ettiruvchi hujjatlarni yig‘ish, uchrashuvlarda qatnashish, “aktiv komplektlash”ni asosi bo‘lib, yuksak kasbiy maxorat, kompitentlik va arxivshunosni faol xayotiy pozitsiyasi hisoblanadi.
Hujjatga baxo berishda bu hujjatdagi ma’lumot xaqiqatdan noyobmi? Degan savolga javob berishi kerak.

Download 336.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling