Davlat arxivlari fuqarolarning shaxsiy arxiv hujjatlarini shartnoma asosida mulk qilib olishlari mumkin. Fuqarolarning arxiv hujjatlari sotilayotganda davlat arxivi ularni mulk egasi e’lon qilgan narxida sotib olishda ustuvor huquqqa ega.
Nodavlat yuridik shaxslarning arxivlari va fuqarolarning shaxsiy arxivlari davlat arxiv fondi hujjatlaridan butlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga butlash maqsadida topshirilishi lozim bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat hisobiga olish
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining hujjatlari, ularning saqlanayotgan joyidan qat’i nazar, davlat hisobiga olinishi kerak. Mazkur hujjatlarni davlat hisobiga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining asl nusxalarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini O‘zbekistondan olib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining hujjatlarini chet elda ko‘rgazmaga qo‘yish yoki qayta tiklash maqsadida O‘zbekistondan vaqtincha olib chiqilishiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi ruxsati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Davlat arxiv muassasalarini moliyalash
Davlat arxiv muassasalarini moliyalash tegishli budjetlar mablag‘lari hisobiga, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Pulli xizmatlar ko‘rsatishdan hamda moliyalashning boshqa qo‘shimcha manbalaridan olinadigan mablag‘lar arxiv muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga hamda ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
Arxiv muassasalarining xizmatlari
Davlat arxiv fondi muassasalari va idoraviy arxivlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda xizmatlar ko‘rsatadi. Fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan arxiv ma’lumotnomalarini, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga arxiv ma’lumotnomalarini va hujjatlarning nusxalarini berish amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |