10-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash. Arxiv hujjatlarini butlash, sanitar gigiyena sharoiti. Reja


Download 88.62 Kb.
bet1/31
Sana17.02.2023
Hajmi88.62 Kb.
#1204650
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Arxivshunoslik 3-kurs


10-MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY ARXIV FONDI HUJJATLARINI SAQLASH. ARXIV HUJJATLARINI BUTLASH, SANITAR - GIGIYENA SHAROITI .
Reja

  1. Arxivlarni butlash to’g’risida tushuncha. Davlat arxivlarini butlash manbalarini aniqlash.

  2. Davlat arxivlari tomonidan hujjatlarni qabul qilish.

  3. Davlat arxivlari o’rtasida hujjatlarni taqsimlash. Hujjatlarni hisobga olish.

  4. Hujjatlarni saqlash, sanitary-gigiyena sharoiti

Arxivlarni butlash to’g’risida tushuncha. O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini butlash - bu arxivlarni doimiy ravishda ularga tegishli ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar bilan to’ldirib jamlab borishdir. «Arxivlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 14-"Arxivlarni butlash" moddasida shunday deyilgan: «Davlat arxivlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarning faoliyati jarayonida vujudga kelgan hujjatlardan, shuningdek ular tomonidan qo’lga kiritilgan yoki ularga boshqa yuridik va jismoniy shaxslar topshirgan hujjatlardan butlanadi».
Davlat arxivlarini buglash quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi:
1.Davlat arxivlarini butlash manbalarini aniqlash.
2. Davlat saqloviga qabul qilinishi kerak bo’lgan hujjatlar tarkibini aniqlash.
3. Davlat arxivlariga hujjatlar qabul qilish.
4. Davlat arxivlari o’rtasida hujjatlarni taqsimlash.
Davlat arxivlarini butlash manbalarini aniqlash. O’z faoliyati jarayonida ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar vujudga keltiradigan tashkilot, muassasa, korxona va shaxslar davlat arxivlarini butlash manbalari hisoblanadi. Davlat arxivlarini butlash manbalari -tashkilotlarni aniqlash quyidagi qoidalarni hisobga olish asosida amalga oshiriladi:
1. Tashkilotning hokimiyat va boshqaruv organlari tizimida, tarmoq idoralari tizimidagi ahamiyati.
2. Tashkilot faoliyatining yuqori organlar va boshqa idoralar hujjatlarida aks etishining to’laligi.
3. Tashkilot hujjatlarining davlat arxivi yo’nalishiga to’g’ri kelishi.
Hujjatlarning davlat saqloviga qabul qilinishi lozim bo’lgan shaxslar tarkibini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi: shaxsning fan, madaniyat, ijtimoiy hayotning boshqa sohalarini rivojlanishiga qo’shgan hissasi, shaxsning jamiyat hayotining buyuk voqealarini ishtirokchisi yoki guvohi sifatidagi roli.
Davlat arxivlarini butlash belgilangan tashkilotlar (shaxslar) -butlash manbalari asosida amalga oshiriladi. Har bir davlat arxivi o’zlarining arxivlari qabul qiladigan tegishli tashkilotlarni aniqlaydilar va ular ro’yxatini tuzadilar. Bu tashkilotlar ro’yxati yuqori arxiv organi - "O’zarxiv" agentligi, arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi. Ahamiyati yo’q xo’jalik idoralari hujjatlari davlat arxivlariga qabul qilinmaydi va bunday idoralar qabul qilinadigan tashkilotlar ro’yxatiga kiritilmaydi.
Davlat arxivlari butlashni to’g’ri tashkil qilish maqsadida tashkilot arxiviga uning bo’limlaridan hujjatlarning vaqtida topshirilishini, uning to’laligini, materiallarni tartibga solinganligini doimiy ravishda nazorat qilib boradi. Mabodo materiallar to’la saqlanmagan yoki yo’qolgan bo’lsa, u holda ularni qidirish va to’ldirish bo’yicha zarur choralar ko’radi.
Arxiv tashkilotlari shaxsiy fondlarni qidirib topish, hisobga olish choralarini ko’radi va bunday hujjatlarni davlat saqloviga topshirish maqsadga muvofiq ekanligi to’g’risida tushuntirish ishlari olib boradi.
Davlat saqloviga qabul qilinadigan hujjatlar tarkibi hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilish jarayonida aniqlanadi.

Download 88.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling