O`z navbatida bir arxivga tuziladigan ma`lumotnomalar quyidagilar:
- fondga tuzilgan ma`lumotnoma;
- alohida hujjatga tuziladigan ma`lumotnoma;
- yo`l ko`rsatkich yoki qisqacha ma`lumotnoma;
- arxivga topshirilayotgan hujjatlarni ro`yxatga olish kitobi;
- fondlar ro`yxati;
- fondlar varaqlari;
- ro`yxatlar;
- kataloglar;
- mavzuli sharhlar.
Bir fondga tuziladigan ma`lumotnomalar
- fond varag`i;
- ro`yxat;
- fond sharhi, kataloglar, ko`rsatkichlar;
Alohida yig`ma jild yoki alohida hujjatga tuziladigan ma`lumotnoma
- mavzuli yo`l ko`rsatkichlar;
- kataloglar, yo`riqnomalar;
- fondlar uchun sharhlar va mavzuli sharhlar, yig`majildning ichki ro`yxati, annotatsiya,
tasdiqlovchi yozuv.
Arxiv ma`lumotnomasining bir necha turiga to`xtalib o`tamiz:
Davlat arxivlarining ilmiy -axborot faoliyatida ko`rsatkichlar (putevoditellar) muhim o`rin tutadi. Ko`rsatkichlar – arxiv jamg`armalari to`g`risida muntazam tartibda axborot beruvchi arxiv malumotnomasidir. U ikki xil bo`ladi:
Birinchisida arxivdagi muhim jamg`armalarning barchasi ma`lum tartibda joylashtirilib, har biriga ta`rif beriladi; Ikkinchisida Davlat arxivining jamg`armalari bo`yicha qisqa ma`lumotnoma yoziladi.Birinchisi respublika markaziy arxivlarida, ikkinchisi mahalliy arxivlarda tuziladi.
Yo`l ko`rsatkichlar quyidagi shakllarga bo`linadi: arxivlar bo`yicha, arxiv fondlari bo`yicha, arxiv fondlari bo`yicha mavzuli ko`rsatkichlar.
Arxivlarning IMA tarkibidagi navbatdagi muhim ma`lumotnoma bu - arxiv ro`yxatidir.
Arxiv ro`yxati- Arxiv ro`yxati (opis) bu hisob hujjati va ayni vaqtda hujjatlarning mazmuni bo`yicha ma'lumotnomadir. Arxiv ro`yxati ikki qismdan iborat- ro`yxatning o`zi va ro`yxat uchun ma`lumotnoma apparati (sharhlovchi qism) . Qoidaga ko`ra arxiv ro`yxati tahkilotlarning o`zidayoq tuziladi.Ammo davlat arxivlarida ilmiy ma`lumotnoma apparati takomillashtirilgan tazda tiziladi.Arxiv ro`yxati jadvali ushbu tartibda tuziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |