10-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash. Arxiv hujjatlarini butlash, sanitar gigiyena sharoiti. Reja


Download 88.62 Kb.
bet31/31
Sana17.02.2023
Hajmi88.62 Kb.
#1204650
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Arxivshunoslik 3-kurs

1.Davlat arxivlari. Rim respublikasi oily hokimiyati organi Senat hisoblangan.U mamlakatning muhim siyosiy,ma`muriy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqaruvga oid sohalarni tartibga solib turgan. Davlat arxivi –Eraridada (Erari) saqlangan. Arxiv Senat binosi yaqinidagi Saturn ibodatxonasida joylashgan.Arxivda tezkor tartib o`rnatilgan.Hujjatlar tartib bo`yicha xronologik tartibda joylashtirilgan.Arxiv xizmatchilarini “appritorlar” deb atashgan.
Toifaga ajratishgan;” skriblar”- nusxa ko`chiruvchilar, hujjatlarni qayd qiluvchilar va Tabulyariylar- ( arxiv hujjatlarini tasniflashganlar va tartibga solganlar) Hujjatlar maxsus quti va (armariumda) saqlangan.Unda “senat qarorlari kitobi” maxsus kitob holiga keltirilgan.
Erari hujjatlari tarkibida Rim va Karfagen bilan tutgan shartnoma saqlanadi.Polibiy shu haqida ma`lumot bergan. Mil.avv. VI asrda Serviy Tulliy tomonidan mulkni hisobga olish, aholini soliqga tortish, senatda saylovlar o`tkazish, fuqarolarni armiyaga chaqirish ro`yxatlari saqlangan. Yuliy Sezar birinchi bo`lib aholini ro`yxatga olgan. Shu sabab g`aznadan non oluvchilar soni qisqartirilgan. Statistik ma`lumotlar hujjatlari esa Mars maydonidagi Nimf ibodatxonasida joylashgan.Avgust tomonidan statistic ma`lumotlar Senatga taqdim etilgan.
Mil.avv. 79-yilda Erari mamlakatning markaziy arxiviga aylantirilgan. Uning nomi Tabulyariy deb o`zgartirilgan. Viloyat boshliqlari senzorlarning ham arxivlari bo`lgan.Hujjatlar ip bilan “Filum”(tikib qo`yilgan)lar taxlitida saqlangan.
Ibodatxonalar qadimgi Rimda ulkan boyliklarga ega bo`lgan.Yuliy Sezar va Avgustlarning vasiyatnomalari Vesta ibodatxonasida saqlangan.Yuqori lavozimdagi kohinlar- pontifiklar- asosiy davlat hujjatlarini va solnomalarni yozib borganlar.Muhim maxfiy va ahamiyatli hjjatlar Kapitoliydagi Yunona ibodatxonasida saqlangan.Bu yerdagi hujjatlar taxminan mil.avv. Vi asrga tegishli.qadimgi ibodatxonalarda Strabonning “geografiyasi”, Maniliyning astranomiyaga oid qo`lyozmasi, Klavdiy Gelenning tibbiyotga doir asarlari saqlanmoqda.
Olimlar tomonidan yozilgan kitoblar kutubxonalarda saqlangan. Qadimgi Rimda dastlabki kutubxona mil.avv. 39-yilda Aziniy Poeon tomonidan yaratilgan.So`nggi Rim imperiyasi davrida 30 ta yirik kutubxona faoliyat yuritgan. Eng mashhuri Sezar ibodatxonasi qoshidagi kutubxona sanalgan.Imperator Klavdiy (mil.avv. 4-54 yillar) Rimda davlat kutubxonalarining markaziy boshqarmasi tashkil etilgan.Rimda qo`lyozmalarni ko`cherish va sotish yo`lga qo`yilgan.
Bank ishlari bilan mil avv. II asrda (ingenus) erkin kishilar shug`ullanishgan.Ularga davlat tomonidan maosh to`lanmagan, lekin ularga aslzoda va senatorlar tomonidan imtiyozlar berilgan.Pompeyda 1875-1876 yillarda qazuv ishlari olib borilganda u yerda bankchi Setsiliy Yukund arxividan 150 dona yozuv arxivi - ya`ni mijozlarning pul olishi va qarzgni to`lashi hujjatlari topilgan. Alohida muhim, ahamiyatli hujjatlar mis taxtachalariga bitilgan.
TEKSHIRISH SAVOLLARI:

  1. Eng qadimgi mixxat arxivlarining saqlanishi haqida nimalarni bilasiz ?

  2. Turkiston va O`zbekistonning mustamlakachilik tarixiga oid arxiv hujjatlari qaysi

davlat arxivlarida saqlanmoqda?
TAYANCH TUSHUNCHALARI:

  1. Mixxat arxivlar - sopol yoki yog`och kabi buyumlarga chekilgan yozuv

Download 88.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling