10-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash. Arxiv hujjatlarini butlash, sanitar gigiyena sharoiti. Reja
Mulk egalarining xususiy arxivlari
Download 88.62 Kb.
|
Arxivshunoslik 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bogazkent arxivi Turkiyaning Anatoliya shahrida
- Ugarit hududida (Ras-Shamra) mill.avv. II ming yillikning o`rtalariga
- Ossuriya poytaxti Ashshurdagi
- Ashurbanipal kutubxonasi
- Ninevani “qonga botgan shahar” yoki “ sherlar darasi”
- Parfiya davlatiga
- Qadimgi Yunonistonda arxiv ishi.
4. Mulk egalarining xususiy arxivlari. Bunday arxivlarning paydo bo`lishi xususiy mulkning ko`payishi va boyliklarning katta qismining alohida shaxslar va oilalarda to`planishi bilan bog`liq. Xususiy mulk bilan bog`liq: oldi-sotdi, sud, nikoh, vasiynoma, mulkka egalik huquqini beruvchi hujjatlar, kelishuv shartnomalari va hokazo hujjatlar uning qasrida saqlangan. Uhbu hujjatlarda shaxslarning oilaviy faoliyati, tajrimaiholi va mulkiy munosabatlari aks etgan.
5. Kutubxona-arxivlar. Jamiyat rivojlanishi bilan insonlarning iqtisodiy faoliyati bilan bog`liq madaniy meros namunalari to`plangan saqlovxonalar ham paydo bo`lgan.Bu kutubxonalar deb atalgan. Mazkur tarixiy va ilmiy merosdan hamma foydalanishi mumkin edi. Tom ma`noda unda xalq ijodi va yozma manbalari milliy intelektual shaxslarning ilmiy va adabiy merosi hujjatlari saqlangan Ba`zi davlatlarda bu ommaviy kutubxona deb ham atalgan Qadimgi Sharq davlatlari arxivlari. Eng qadimgi hujjatlardan biri mil.avv. III ming yillikka mansub Shumer davlatiga mansub. Shumerning barcha yirik markazlari: Kish, Lagash, Ur, Uruk, Umma, Larsadan topilgan loy taxtachalariga bitilgan arxiv topilgan.Birgina Ur sulolasiga tegishli (mill.avv. XXV asr) hujjatlar 3 ta yerosti yerto`lalarda topilgan.Sumerning boshqa shaharlaridan xo`jalikning turli faoliyatiga doir hujjatlar topilgan. Akkad shahri hukumronligi ustun sanalgan davrda (mill.avv. II ming yillik bashlarida) oid arxiv topilmalari ham shunga o`xshagan mazmunga ega hujjatlardan iborat bo`lgan.Uni arxiv kutubxona deb ham atash mumkin. Ikkidaryo oralig`ida joylashgan Nippur shahrida ibodatxona saqlovxonasi 80 ta xonadan iborat bo`lgan.Yozuvli sopol taxtachalar.Uning mazmuni ma`muriy -xo`jalik faoliyati haqida. Qadimgi Bobilda ish yuritish nisbatan yuksak darajada bo`lgan.Podsho Xammurappi saroyida domiy devonxona tashkil etilgan va unda hattodlar faoliyat yuritgan.Ammo hozirga qadar Bobil podsholari arxivi topilmagan.Bunday arxivlar haqida ikkilamchi ma`lumotlar xabar beradi, xolos. Joylarda hukumdor tomonidan tayinlagan amaldorlarning arxivlari topilmoqda.Jumladan Larsa-Sindinamada shunday arxiv topilgan. Unda Xammurapining qonunlari, o`lka boshqaruvi, kanallar qazish, ta`mirlash, aholi o`rtasidagi bahslar, xususiy mulkka oid hujjatlar aks etgan. Xammurappining siyosiy arxivi faqat uning zamondoshi bo`lgan Mari Zimrilim davlati hukumdorining saroy arxivi topilmalarida saqlanib qolgan. Podsho Zimrilim va Xammurapi o`rtasidagi diplomatik yozishmalar, adabiiy- diniy matnlar uning mazmunini tahkil etadi. Saroy arxivlarining qoldiqlari Xetlar davlati poytaxti Xattushash xarobalaridan XX asr boshlarida topilgan.Bu hudud Turkiyaning Bogazkov yaqiniga to`g`ri keladi. Bugunda Bogazkent arxivi Turkiyaning Anatoliya shahrida joylashgan.15 tonnalik loy taxtachalariga yozilgan arxiv saqlanmoqda.Arxiv hujjatlari o`rganilganda ularning biri mil.avv. Xvii va qolganlari mil.avv. XIV-XIIi asrga oidligi aniqlangan.196 yilda Xattutshash xarobalaridan arxeologik tadqiqotlar natijasida sharq tillarida bitilgan 10 minglab taxtachalardan iborat Xet-Misr sulh shartnomasining muxxat variantini topishdi. Shuningdek O`rta yer dengizining sohillarida Ugarit hududida (Ras-Shamra) mill.avv. II ming yillikning o`rtalariga oid arxiv topildi.Bu arxiv Vaala ibodatxonasining arxiv kutubxonasida saqlangan.Arxiv ma`muriy –xo`jalik, turli yozishmalar, adabiy matnlar, tibbiy bitiklarni tashkil etadi. Qadimgi Ossuriya arxivlari bo`yicha talaygina ma`lumotlar mavjud. Ossur hukumdorlarining 4 ta shahar qarorgohlaridan saroy arxivlari topilgan.Ular Akgnura, Dur- Sharrukin, Nineviya va Kalxu shaharlaridir.Ossuriya poytaxti Ashshurdagi arxiv mil.avv. XV-XIII asrga oiddir.Unda harbiylar va boshqalarning hukumdorga yozgan arzlari saqlangan.Shunigdek qadimiy qonunlar to`plami ham mavjud. Yana Ossuriyaning ikkinchi poytaxti Nineviyada Quyunchiq arxivi topilgan.Bu arxiv hozirgi Iroq davlatining Mosul shahri o`rnida joylashgan.Nineva mil.avv. VIII-VII asrlarda Ossuriya poytaxtiga aylangan.Uni tadqiqot qilish XX asrning 30-yillarigacha davom etgan.Bu arxiv mil.avv. VI-III asrlarga oid. Eng qadimgi davrlarga oid arxiv mil.avv. XXIII-XVIII asrlarga oid.S hunigdek Akkad davlati hukumdorining bronzadan ishlangan boshi, Nabu, Ishtar, Sinaxreb ibodatxonalaridan Ashurbanipal kutubxonasi joylashgan. Ashurbanipal kutubxonasida 20 migga yaqin kitob, ya`ni loy taxtali yozuvlar topilgan. Ashurbanipal arxivi ning katta qismi adabiiy matnlar bo`lib, ular bobil, Ossuriya madaniyati tarixini va mixxat yozuvini o`qishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvlar yuqori sifatga ega. Hukumdorlarning haddan tashqari shafqatsizligidan poytaxn Ninevani “qonga botgan shahar” yoki “ sherlar darasi” deya ta`riflashgan. Mil.avv. 612 yilda Nineviya shahri yangi Bobil shohi Nabapalasar va Midiy shohi Kiaksar tomonidan vayron qilingan. Rimliklar shahar o`rnida harbiy koloniya tashkil etgan.Bu yerdan topilgan 20 ming arxiv topilmalari Buyuk Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Kavkazorti ham eng qadimgi yozuvlar topilgan Ayniqsa davlatiga tegishli katta arxivlar topilgan. Bu davlat Van ko`li atrofida joylashgan.Mil.avv IX asrda Sardur hukumronligi davrida Tushpa shahri poytaxt vazifasini bajargan. Bu yerda mil.avv. IX-VI asrlarga oid loy taxtachalarga bitilgan yozuvlar topilgan Yozuvlar harbiy yurishlar davridan oldin yozilgan.Shuningdek Parfiya davlatiga tegishli, mil.avv. I asrga oid yozuvlar ham topilgan. Misrda qadimgi davr arxivlari. Qadimgi Misrda yozuv oldinroq paydo bo`lganligini bugungi kunda ko`pchilik olimlar ta`kidlashmoqda. Bu yozuvlar oldingi yozuvlardan farqli o`laroq, loy taxtachalarga emas, balki toshga uyub yozishgan.Qadimgi “Shohlar qabristonida” devorlardagi yozuvlar, bino ustunlaridagi yozuvlar buni yaqqol tasdiqlaydi.Firavn saroy ibodatxonalaridagi yozuvlar hozir ham kishini hayratga soladi. Toshni uyib unga yozish oson ish emas. San`at darajasida bilimga, mahoratga ega bo`lish zarur. Tel-El-Amaran arxivi –tarixda Misr fir`avnlari (Exnaton mil.avv. 1364-1347 yillar) nomi bilan mashur. Bu yerda 1885 yil Tel elg`-Amaran shahrida mahalliy aholi tomonidan tasoddifan arxiv topilgan.Shunisi qiziqki, arxivlarning aksariyati loy taxtachalariga yozilgan. Unda fir`avn Amenxoteb III, Amenxotab IV ning Mitan, Ossuriya, Bobil va Kichik Osiyo, Suriya, Falastin davlatlari bilan yozishmalari bitilgan. Sharq tarixining mil.avv. XIX asr ikkinchi yarimidan XIV asr boshlarigacha bo`lgan arxivi o`ta muhim manba sanaladi. Jami 382 dona bo`lib, shundan 300 donasi Germaniyada (194ta) qolganlari London, Qohira, Oksford, Luvr, Ermitajda saqlanadi.Misr ibodatxonalari: Luksor, Fivadagi Ramessey, Memfisdagi xudo Ptax, Edfudagi xudo Gor o`ziga xos arxivlarni saqlagan. Misrda olimlar to`planadigan markazlar bo`lgan. Ular “Hayot uylari”, Papirus uylar”, “Qalb dorixonalari” deb atalgan.Bunday uylar Abidos, Axetaton, Edfu va boshqa shaharlarda bo`lgan.Arxiv ma`lumotlari tosh, teri, papyrus, va toshlarga uyub yozilgan. Qadimgi Yunonistonda arxiv ishi. Qadimgi Ellada yerlarida taxminan mil.avv. X asrda antic (yunon) sivilizatsiyasi shakllangan.Arxivlarda ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalarga oid arxivlar saqlangan. Buyuk olimlari Solon, Perikl, Ksenofont, Platon, Aristotel va boshqalar shu zaminning farzandlari sanaladi. Qadimgi Yunonistonda faoliyat ko`rsatayotgan arxivlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: Download 88.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling