10-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash. Arxiv hujjatlarini butlash, sanitar gigiyena sharoiti. Reja


Download 88.62 Kb.
bet28/31
Sana17.02.2023
Hajmi88.62 Kb.
#1204650
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Arxivshunoslik 3-kurs

Arxivlarning turlari. Mazkur davr arxivlari quyidagi turlarga mansub bo`lgan.
1.Ibodatxona (kohinlar) arxivlari. Qadigi dunyo tarixida ruhoniylarning mavqei baland bo`lgan.Xudolar amrini sharflovchi davlat boshlig`i yoki uning ruhoniysi quldorlik jamiyatida oziga xos mavqega ega bo`lgan. Ular mamlakatni boshqarish, xudo yo`lida xizmat qilish, kerak bo`lsa shahid ketish, xalqni tobelikda saqlash, hukumdorga sitqidildan xizmat qilish g`oyalarni singdiruvchi, tarbiyalovchi vazifasini bajargan.
Ruhoniylar jamiyatning bilimli, donishmandi deb e`tirof etilgan.Ibodatxonalar esa muqaddas joy hisoblangan. Davlatar o`rtasidagi bitimlar va shartnomalar hamda solnomalar, ma`naviy boyliklar aynan ibodatxonalarda saqlangan.Ibodatxonalar o`ziga xos bilim beruvchi, tarbiyalovchi maktab ham bo`lgan.Yoshlar diniy bilimlarni o`zlashtirgan. Shuningdek, Shumer hududida kohinlar astranomik kuzatishlar olib borgan, matematika, yer o`lchash bilimlari rivojlangan, diniy rukunda kitoblar bitilgan. 28 kunlik kalendardan foydalanishgan. Qadimgi Shumerda shahar davlat Lagashda (mil.avv. XXV asr) aniqlangan kohinlar arxivi juda katta hajmdagi xo`jalik arxivi ham sanaladi. Bu yerda yarim millionga yaqin spol hujjatlari topilgan.Bu hujjatlarda davlat boshqaruvi, dehqonchilik, chorvachilik, kemachilik, kosibchilik va hokazolarga oid ma`lumotlar saqlangan.
Janubiy Messopotamiyaning Nippur sahridan ham kohinlar arxivi topilgan.Hujjatlar solnoma xarakteriga ega. Unda 3000 ming yil mobaynida yig`ilgan yuz mingdan ortiq hujjatlar saqlanadi.
2. Hukumdorlar saroy arxivlari. Quldorlik davlatlarining eng muhim hujjatlari hukumdorlar saroyida saqlangan.Qonunlar va farmonlar, solnomalar, yozishmalar, yozuvlar, xaritalar kitoblar va hokazo.Bundan tashqari mamlakatning turli hududlarida tayinlangan mansabdorlarning ham o`z arxivi bo`lib unda hukumdor buyruq va farmonlari va uning ijrosi hujjatlari va xizmat bilan bog`liq hujjatlar saqlangan.
3. Shahar jamoalari va respublika arxivlari. Ayrim davlat formasida hukumdorlar yakka o`zi emas, balki birgalikda hokimiyatni boshqargan.Bu jamoa tarzidagi boshqaruv deb ataladi.Mulk umumjamoaga tegishli bo`lgan. Ya`ni respublika boshqaruvi.Asosiy g`azna bilan davlat hujjatlari bir joyda saqlangan.Mahalliy boshqaruv tizimi albatta Senatga hisobot bergan.Uning hujjatlari esa keyinroq arxivga topshirilgan.Hujjatlarning maxviyligi va xavfsizligi himoyalangan. Monarxiya doirasida ham arxivlar tashkil etilgan.davlat boshqaruvi apparatining takomillashuvi natijasida arxiv omborxonalarida hujjatlar soni oshib borgan.Bazida jangu jadallar, hukumdorlarning birini o`rniga ikkinchisini kelishi bilan ayrim hujjatlar yo`q qilib yuborilgan.

Download 88.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling