10-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash. Arxiv hujjatlarini butlash, sanitar gigiyena sharoiti. Reja


- Mavzu : O`zbekiston Respublikasida MAF hujjatlariga ilmiy ma'lumotnoma apparati


Download 88.62 Kb.
bet5/31
Sana17.02.2023
Hajmi88.62 Kb.
#1204650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Arxivshunoslik 3-kurs

11- Mavzu : O`zbekiston Respublikasida MAF hujjatlariga ilmiy ma'lumotnoma apparatini tashkil etish (2s)
Reja :

  1. DAJ ilmiy ma'lumotnoma apparati haqida ma'lumot.

  2. Yo`l ko`rsatkich, ro`yxat, tavsif, sharhlar va boshqa arxiv ma`lumotnomalari

  3. Kataloglar va ularning turlari, kataloglarni tuzish tartibi. hujjatlardan nusxa olish usullari.

  4. Hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanish yo`llari. Hujjatlardan nusxa olish usullari.

  5. IMA qo`shimcha ma`lumotnomalari

Adabiyotlar

  1. Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar strategiyasi dasturi. T.”O`zbekiston”, 2017

  2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat`iy intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak.T.: “O`zbekiston”,2017.

  3. Karimov. I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T. «Sharq». 1998.

  4. Karimov. I.A.Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. T. “Manaviyat”, 2008.

  5. Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: O`zbekiston, 2011

  6. Алимов И. А. Архивоведение. (Учебное пособие) Андижан. 1995.

  7. Alimov I. Butayev A. Arxivshunoslik. T. 1997.

  8. Arxivshunoslik.(Darslik) Toshkent. “Turon – Iqbol”. 2018.

  9. Справочник по фондам Государственного архива г. под. ред. Остроумовой . Ташкента. Т. 1992.

  10. Raximov J. O`zbekiston tarixini o`rganishda arxiv manbalaridan foydalanish.– Т.: «Oqituvchi». 1995.

  11. Тилекулов Г.С. Некотрые страницы истории культурного строительства в Узбекистане. Т., 1992.

  12. Тилекулов Г.С. Роль архивов Узбекистана в научно – исследовательское и культурное жизни республики. (1918-1980). Ташкент. 1995

  13. Hujjatlar. Arxiv atamalari izohli lug`ati. T. 2000.

  14. «Arxiv to`g`risida» qonun (15.04.1999).

  15. «Arxiv hujjatlaridan erkin foydalanish va ma'lumot kafolatlarini ta'minlash». (24.04.1997)

  16. Об обрашениях граждан. (13.12.2002)

  17. Tarixiy me'moriy yodgorliklarni saqlash va muhofaza qilish to`g`risida. (30.08.2001)

Arxiv hujjatlariga ilmiy ma'lumotnoma apparati tuzish ishi davlat arxivlarining ilmiy –axborot faoliyatining muhim tarkibiy qismidir. Arxiv hujjatlariga ilmiy ma'lumotnoma apparati bu - arxiv muassasasidagi mavjud hujjatlar to`g`risidagi ma`lumotlarni o`zaro bog`langan va bir-birini to`ldiruvchi holatda tuzilgan kitob, to`plam, ro`yxatlar majmuasidir.
Maqsad, hujjatlarni davlat arxivlaridan tezda topishdir. Ma`lumotnomada hujjatlar o`rganilib, tahlil qilinib chiqiladi.Unda hujjatlarning tarkibi, mazmuni, manzili to`g`risidagi ma'lumotlar qisqa, umumlashgan shaklga keltiriladi. Hujjatlar to`g`risidagi bunday axborotlar kartochkalarga yozilib, ma'lumotlarga kiritiladi.
Asosiy ma`lumotnomalar barcha davlat arxivlarida yuritiladi. Unda arxiv hamda arxiv jamg`armalari bo`yicha yo`l ko`rsatkichlar, arxiv fondlari sharhlari, kataloglar va boshqa arxiv ma`lumotlari kiradi.
Qo`shimcha ma`lumotlar arxiv hujjatlari o`ziga xosligini e`tiborga olgan holda hamda tarixiy davr talabiga ko`ra tuzib boriladi.Ular jumlasiga doimiy saqlanishga topshirilgan ish yuritish kartotekalari, hujjatlar kartotekasi,mavzuli ro`yxatlar va boshqa ma`lumotnomalar kiradi.
DAJ tarkibidagi hujjatlarni hisobga olish, qidirib topishni osonlashtirish, undan unumli foydalanishni tashkil etish maqsadida yuqorida aytilgan yo`l bilan ularni ilmiy ma'lumotnoma apparati tizimi tashkil qiladi. DAJ ilmiy ma'lumotnoma apparati tizimi o`zaro uzviy bog`langan hisob hujjatlari, arxiv ma'lumotlari, mexanizasiyalashgan va avtomotlashgan axborot – qidiruv tizimidan iboratdir. Bular bir xil usul va qoidalar asosida tayyorlanib, yig`ma jild, arxiv jamg`armasi, davlat arxivi, DAJ doirasida hujjatlarni ehtiyot qilib saqlash va samarali qidirishni ta'minlash uchun tuziladi.
Ilmiy ma'lumotnoma apparati barcha darajadagi hujjatlar majmualarini qidirib topish va undan foydalanishga yordam beradi: Bu:

  1. Umumiy milliy arxiv fondiga tuziladigan ma`lumotnomalar.

  2. Bir arxivda tuziladigan ma`lumotnomalar

  3. Bir fondda tuziladigan ma`lumotnomalar

  4. Bir hujjatga yoki yig`majildga tuziladigan ma`lumotnomalar


Download 88.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling