Mavzu: Asab tizimining kasalliklari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 33 Kb.
bet6/13
Sana28.01.2023
Hajmi33 Kb.
#1136266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Asab tizimining kasalliklari

Klinik belgilari. Kasallikning boshlanishida umumiy holsizlanish, kuchsiz qo‘zg‘alish, terlash, nafasning tezlashishi, mushaklar tonusining pasayishi, gandiraklash, ba’zan tana haroratining ko‘ta- rilishi qayd etiladi. Quyidagi yurak-qon tomir va nafas tizimi yetishmovchiligi belgilari: shilliq pardalar sianozi, pulsning tezla­ shishi, to‘lishmaganligi va kichik to‘lqinli bo‘lishi, yurak tonlarining kuchayishi va bo‘g‘iq eshitilishi, tezlashgan va bir m e’yordaligi nafas harakatlarida kuzatiladi.
Kasallikning sabablari tugatilgach, davolash yordami ko‘rsa- tilib, asab, yurak-qon tomir va nafas tizimi yetishmovchiliklari 2—3 soatdan keyin yo‘qoladi. O‘z vaqtida va samarali davolash tadbirlari olib borilmaganda, quyosh nurlarining davomli ta’sirida komatoz holati: tashqi ta’sirotlarga butunlay befarqlik, refleks- larning yo‘qolishi, ixtiyorsiz tezaklash va siydik ajratish, yuzaki nafas, pulsning kuchsiz bo‘lishi qayd etiladi. Yurak va nafas asab markazlarining falajlanishi oqibatida o‘lim kuzatilishi mumkin.
Tashxis anamnez ma’lumotlari (hayvonning quyosh nurida saqlanishi) va markaziy asab tizimi funksiyalarining buzilishi belgilari asosida qo‘yiladi.
Davolash. Hayvonlar soya-salqin joylarga olinib, sovuq suv bilan ta’minlangan holda boshiga sovuq suv quyiladi. Vena orqali glukoza va kofein eritmalari, teri ostiga kordiamin, lobelin tavsiya etiladi. Kuchli qo‘zg‘alishlar paytida tinchlantiruvchi vositalar, bromidlar, veronal, o‘pka shishi kuzatilganda 5—10 ml/kg miqdordaqon oqizib yuborish va keyin vena orqali kalsiy xloridning 5—10 % li eritmalarini qo‘llash yaxshi natija beradi.
Oldini olish. Hayvonlarni quyosh nuridan saqlash uchun soyali ayvonlar quriladi, ayniqsa, salqin zonalardan keltirilgan hayvon­ larni kunning issiq paytlarida yaylovda boqish taqiqlanadi. Hayvon­ larni suv bilan yetarlicha ta’minlash lozim.


2.3.Meningit. Meningoensefalit
Meningoensefalit — bosh miya va uning pardalari yallig‘lanishi bo‘lib, yarimsharlar po‘stloq, po‘stloqosti va vegetativ markaz- lari funksiyalarining izdan chiqishi bilan tavsiflanadi. Alohida holda bosh miya po‘stlog‘ining yallig‘lanishiga meningit (meningitis), mag‘iz qavatining yallig‘lanishiga ensefalit (encephalitis) deb yuritiladi. Lekin amaliyotda ularning alohida holda yallig‘lanishi juda kam qayd etiladi.
Kelib chiqishiga ko‘ra, birlamchi va ikkilamchi, kechishiga ko‘ra, o‘tkir va surunkali, yallig‘lanishning xarakteriga ko‘ra, yiringli va yiringsiz meningoensefalitlar farqlanadi. Bir vaqtning o‘zida bosh miya va orqa miyaning yallig‘lanishiga meningoensefalit deyiladi.
Meningoensefalit bilan ko‘pincha go‘shtxo‘r hayvonlar, ba’zan otlar kasallanadi. Boshqa turdagi hayvonlarda kam qayd etiladi.

Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling