Mavzu: Asab tizimining kasalliklari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 33 Kb.
|
Asab tizimining kasalliklari
«Hayvonlarning uchki yuqumsiz kasalliklari.» fanining rivojlanish
tarixi. Hayvonlar kasalliklarini davolash bo‘yicha birinchi qomusiy to‘plam eramizdan 4000 yil ilgari Misrda yaratilgan Kaxun papirus qo‘lyozmalari to ‘plami hisoblanadi. Arastu (Aristotel, eramizdan oldingi 384-322-yillar) qoramollarda o ‘pka yallig‘lanishi, otlarda sanchiq kasalliklari, cho‘chqa va itlarda kuzatiladigan kasalliklarni davolash usullarini qayd etib qoldirgan. Eramizning I asriga kelib, Hindistonda ot va boshqa hayvonlar kasalliklarini davolash b o ‘yicha traktat (qo‘lyozma)lar yozib qoldirilgan. Shu yillarda Rim imperiyasida Kolumella tomonidan hayvonlarning sanchiq kasalligi, o‘pka gangrenasi, gemorragik enterit kabi kasalliklarga to ‘liq ta’rif berilgan va davolash usullari keltirib o‘tilgan. Bu olim birinchi bo‘lib, hayvonlarni davolash muassasalari to‘g‘risida yozadi va «veterinariya» (veterinaria — hayvonni davolovchi) so‘zini ta’kidlab, yozma manbalarda yozib qoldiradi. Eramizning IV asrida yashab ijod etgan, «Veterinariya sohasi- ning Gippokrati» nomini olgan gippiatr olim Absirt hayvonlar kasalliklari, shu jumladan, ichki yuqumsiz kasalliklar fanining nazariy asoschisi bo‘lib hisoblanadi. U buyrak yallig‘lanishi, o‘pka emfizemasi va gangrenasi, otlarning sanchiq kasalliklari to‘g‘risidagi m a’lumotlarni yozib qoldirgan. Chorva mollarining ichki yuqumsiz kasalliklari faniga XVIII—XIX asrlarda Fransiya, Ispaniya, Italiya, Angliya, Rossiya va boshqa mamlakatlardagi veterinariya maktablarining yetuk mutaxassislari tom onidan asos solindi. 1806-yilda Vilen shahri universiteti «Veterinariya» kafedrasi qoshida, 1808-yilda Sankt-Peterburgdagi tibbiyot-xirurgik akademiyasida, 1811-yilda shu akademiyaning Moskva shahridagi filialida veterinariya bo‘limlari tashkil etilgan.Keyinchalik Xarkov (1851), Qozon (1873), Derp (1876) shahar- larida veterinariya institutlari tashkil etilgan.Veterinariya bo‘limlari va instit.utla.rida. «Xususiy patologiya va terapiya», «Umumiy patologiya va terapiya», «Farmakologiya» fanlarini o‘qitish uchun L.Y. Boyanus (1776—1827, Vilen univer siteti), Y.K. Kaydanov (1799—1855, Sankt-Peterburgdagi tibbiyot-xirurgik akademiyasi), Xristofor Bunge (1781—1861, Moskva akademiyasi) taklif qilindilar. Bu olimlar hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari bo‘yicha ko‘pgina tadqiqotlar olib borib, fanlar b o ‘yicha kitoblar chop ettirishdi. Sankt-Peterburgdagi tibbiyot-xirurgik akademiyasi veterinariya bo‘limida G.M . Prozorov (1803—1885) «Otlarda uchraydigan kasalliklarni to ‘la aniqlash va davolash to ‘g‘risida batafsil yo‘l- yo‘riqlar», «Veterinariya terapiyasi» kabi darsliklar m uallifi bo‘lgan va ichki yuqum siz kasalliklarni o ‘rganishda ushbu o ‘quv qo‘llanmalar asosiy darslik sifatida 25 yil davomida xizmat qilgan.Y.K. Kaydanov shogirdlari va izdoshlari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi hayvonlarining um umiy va xususiy patologiyasi vaterapiyasiga asos soldilar. Sankt-Peterburg tibbiyot-xirurgik aka demiyasi veterinariya bo‘limi tugatilgandan so‘ng, ichki yuqumsiz kasalliklar to ‘g‘risidagi ta ’limotning taraqqiyoti Yuryev (1848), Xarkov (1851), Varshava (1844), Qozon (1873) veterinariya maktablarida davom ettirildi. Sobiq Ittifoq davrida terapevtlar bilan diagnostlar maktabi paydo b o ‘ldi. Professorlar K.M . Golsman, N .P. Ruxlyadev (1869—1942), G.V. Domrachyovlar (1894—1957) Qozon veteri- nariya instituti maktabini yaratdilar. «Uy hayvonlari ichki yuqumsiz kasalliklarining patologiyasi va terapiyasi bo ‘yicha qisqa kurs» darsligining mualliflari b o ‘lib, veterinariya gematologiyasi va kardiologiyasiga asos solishdi.Professor S .A. Xrustalyov hayvonlarda buyrak, jigar va oshqo- zon-ichak kasalliklarini boshlanish davrida aniqlash usullarini; professor A.R. Yevgrafov otlarning sanchiq kasalligini aniqlash va davolash muammolarini; professorlar V.G. Muxin, A.V. Sin- yov, N.R. Semushkin, Y.I. Kleynbok va I.A. Simonovlar ichki yuqumsiz kasalliklarida ichki a’zolarning tabiiy rezistentligini oshirish yo‘li bilan davolash usullarini yaratib, veterinariya terapiyasining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdilar. Professorlar S.I. Smirnov va I.G. Sharabrinlar veterinariyada dispanserizatsiya ta ’limotining asoschilari sifatida tanilganlar. O ‘zbekiston Respublikasida ichki yuqumsiz kasalliklarning diagnostikasi va terapiyasi muammolari ustida O ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor X.Z. Ibrohimov, professorlar N .N . Isomov, K.N. Norboyev; dotsentlardan M.B. Safarov, M.S. Habiyev, P.B. Boboyev, A.J. Rahmonov, B.B. Bakirov, B.M. Eshbo‘riyev, A.O. Rahmonovlar ilmiy ishlar olib borib, veterinariya toksikologiyasi, gepatologiyasi, moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklari, stresslar ta ’siri, dispanserizatsiya b o ‘yicha tavsiyalar, yosh hayvonlarning yuqumsiz kasalliklari va boshqa bir qator yo‘nalishlar b o ‘yicha ta ’limotlar yaratib, kasalliklarning boshlanish davrida tashxis qo‘yish, davolash va oldini olish muammolarini hal etishda ilmiy asoslangan tavsiyalar berib, «Qishloq xo‘jaligi hayvonlarining ichki yuqumsiz kasalliklari» fanining rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shishgan.Viloyatlardagi veterinariya laboratoriyalarida biokimyo bo ‘li- mining tashkil etilishi, hayvonlarning ichki yuqumsiz kasallik- lariga tashxis qo‘yish, davolash samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Hozirgi kunda tashxis qo‘yish uchun diagnostik tekshirish usullari mukammallashtirildi, yuqori samarali davo- lash va kasallikning oldini olish vositalari ishlab chiqilgan b o ‘lib, veterinariya amaliyotida keng qo‘llanilib kelinmoqda.Hayvonlarni saqlash va oziqlantirish m e’yorlariga rioya qilib, zaruriy shart-sharoitlarni yaratib, hayvonlarning kasalliklarini keltirib chiqaradigan omillarni chuqur tahlil qilib, kasallikning oldini olish va davolash tadbirlari to ‘g‘ri tashkil etilgandagina, yuqumsiz kasalliklardan kelib chiqadigan iqtisodiy zararni keskin kamaytirish mumkin. Buning uchun veterinariya mutaxassislari ichki yuqumsiz kasalliklarni davolash va oldini olishning zamo- naviy, ishonchli vosita-usullarini yaxshi bilishlari, ulardan samarali foydalanishlari, zaruriy veterinariya ch ora-tadbirl arini to‘g‘ri uyush- tira olishlari talab etiladi.Ichki yuqumsiz kasalliklar chorva m ollari orasida keng tarqalgan bo‘lib, yil davomida uchraydi, hayvonlarni o‘sish va rivojlanishdan orqada qoldiradi, mahsuldorligini keskin kamay- tiradi, olinadigan chorva mahsulotlarining sifati buziladi, og‘ir hollarda hayvonlar nobud bo‘ladi va katta iqtisodiy zararga olib keladi. Download 33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling