Mavzu: Asab tizimining kasalliklari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 33 Kb.
|
Asab tizimining kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanishi.
Oldini olish. Bosh chanog‘ining jarohatlanishi, urilishi va jarohatlarning oldi olinadi. Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash tadbirlari rejali ravishda o‘tkaziladi.
Meningomiyelit — orqa miya va uning pardalarining yallig‘la- nishi bo‘lib, asosan, go‘shtxo‘r hayvonlar va otlar kasallanadi. Orqa miyaning yumshoq va o‘rgimchaksimon pardasining yallig‘- lanishi hayvonlarda ko‘pincha bir vaqtda miya mag‘zining ham yallig‘lanishi bilan o‘tadi. Orqa miya qattiq pardasining yallig‘la- nishi esa otlar va itlarda mustaqil kasallik sifatida rivojlanadi. Sabablari. Kasallik virusli kasalliklarning (go‘shtxo‘r hayvon lar o‘lati, otlarning yuqumli ensefalomiyeliti, Ayeski kasalligi) asorati sifatida, yallig‘lanishning bosh miya tomonidan o‘tishi oqibatida, umurtqa pog‘onasining jarohatlanishlari va jarohatlari oqibatida kelib chiqadi. Rivojlanishi. Patologik jarayon orqa miyaning pardalari, ko‘kim- tir va oq moddasini qamrab oladi. Pardalarda qon quyilishi va shishlar paydo bo‘lishi bilan o‘tadigan yallig‘lanish kuzatiladi. Orqa miya suyuqligi miqdorining ortishi tufayli likvor suyuqligining orqa miya markazlari va miya moddasiga bosimi ortadi, oqibatda orqa miyaning sezuvchi, harakatlantiruvchi va vegetativ markazlarining funk- siyalari buziladi.Etiologik omillarning uzoq muddat ta’sir etishidan qattiq par daning surunkali yallig‘lanishi, qon tomirlar to‘qimasining o‘lishi va biriktiruvchi to‘qimaning rivojlanishi, keyinchalik qattiq par daning qalinlashishi, unda tog‘ay to‘qimasi rivojlangan joylarning paydo bo‘lishi hamda suyaklanishi (ossifikatsiyalanuvchi paxime- ningit) kuzatiladi. Oqibatda orqa miyaning yumshoq va o‘rgimchak- simon pardasining, orqa miya asablari po‘stlog‘ining qisilishi, oyoqlarning falaji va yarimfalaji qayd etiladi. Miyaning oq va ko‘kimtir moddasida yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishi tomirlar giperemiyasi, qon quyilishi, infiltratsiyasi va shishlar hamda nevroglial to ‘qimaning kuchli proliferatsiyasi kuzatiladi. Asab hujayralari avvaliga dumaloqlashadi va bo‘rtadi, keyinchalik vakuolizatsiya va xromatolizga uchraydi, yadrosining periferiyaga siljishi ham mumkin, ko‘pchilik asab hujayralari bujmayib qoladi va o‘ladi. Download 33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling