Mavzu: Asab tizimining kasalliklari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 33 Kb.
bet11/13
Sana28.01.2023
Hajmi33 Kb.
#1136266
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Asab tizimining kasalliklari

Eklampsiya — bo‘g‘ozlik toksikozi bo‘lib, tonik-klonik qaltiroq xurujlari kuzatilishi bilan tavsiflanadi. Kasallik hayvonlarda tug‘ish- dan oldin va keyingi davrda kuzatiladi. Eklampsiya bilan ko‘pincha itlar, m o‘ynali hayvonlar, mushuklar va ba’zan otlar, yirik va mayda shoxli hayvonlar kasallanadi. Yangi tug‘ilgan it bolasi va cho‘chqa bolalari orasida ham qayd etilgan.
Sabablari. Ichki a’zolarda kalsiy yetishmasligi, zaharlanishlar, surunkali infeksiya, qalqonoldi bez funksiyasining yetishmovchiligi kasallikning kelib chiqishida ahamiyatli omillar hisoblanadi. Ayrim dekorativ itlarda kasallikka irsiy moyillik ham bo‘ladi.
Rivojlanishi to‘lig‘icha aniqlanmagan. Eklampsiya paytida qaltiroq bosh miya po‘stlog‘i reflektor qo‘zg‘aluvchanligining kuchayishi oqibatida qonda zaharli moddalarning to ‘planib qolishi tufayli kuzatiladi. Bu holat ko‘pincha buyraklarning jarohatlanishida (uremik eklampsiya) kuzatiladi.
Klinik belgilari. Kasallik tipik kechganda tutqanoq to‘satdan, tug‘ishga bir necha soat yoki bir sutka qolganda kuzatiladi. Bu tutqanoqlar epilepsik tutqanoqlarga o‘xshash bo‘lsa-da, ulardan uzoq davom etishi, tez-tez qaytarilib hamda nisbatan kuchsiz namoyon bo‘lishi bilan farq qiladi. Shuningdek, epilepsik tutqanoqlardek tonik qaltiroq bilan emas, balki oyoq mushaklarining fibrillar qaltirashi bilan boshlanishiga ko‘ra farqlanadi. Keyinchalik oyoqlarning klonik qaltirashi va og‘izdan ko‘pikli so‘lak ajratish bilan chaynash harakatlari qayd etiladi.
Tutqanoq paytida ko‘pchilik reflekslar saqlanib qoladi, ixtiyorsiz tezaklash va siydik ajratish ayrim hollardagina kuzatiladi, yurak urishi va nafas harakatlari tezlashadi. Tutqanoqda hayvonlarholsizlanadi, u 10—30 daqiqa davom etadi, ba’zan doimiy tus olib, kasal hayvon sog‘aygunga qadar saqlanib qoladi. Kasallik og‘ir kechganda holsizlanish kuchayib boradi, yurak-qon tomir yetishmovchiligi, asfiksiya oqibatida o‘lim kuzatilishi mumkin.
Tashxis anamnez ma’lumotlari (bo‘g‘ozlik yoki tug‘ishdan keyingi tutqanoq), klinik belgilar, mushaklarning fibrillar qalti­ rashi bilan boshlanadigan klonik qaltiroq asosida qo‘yiladi.

Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling