Davolash. Kasal hayvon yarimqorong‘i va tinch joyga ajratilib, qalin to‘shama bilan ta’minlanadi. Ratsion yengil hazmlanuvchi uglevodlar, B guruhi vitaminlari, kalsiy, fosfor tuzlari bilan boyi- tilib, osh tuzi va oqsilga boy oziqalar berilishi chegaralanadi.Xurujlarni kamaytirish maqsadida xloralgidrat, bromidlar, barbital, fenobarbital, medinal, geksamidin, divenal, trimetin kabi uxla- tuvchi va qaltiroqqa qarshi vositalar, kalsiy glukonat, glutamin kislotasi, B guruhi vitaminlari tavsiya etiladi.
Xulosa
Nerv tizimi a’zolarini bevosita ko‘rib, paypaslab bo‘lmaydi. Shuning uchun nerv tizimini tekshirishda anamnez ma’lumot larini to‘plash va kuzatish yaxshi natija beradi. Maxsus tekshirish usullaridan rentgenologik tekshiruv keng qo‘llaniladi.Nerv tizimini tekshirishda quyidagi sxemadan foydalaniladi: 1. Anamnez ma’lumotlarini to‘plash. 2. Markaziy nerv tizimi funksiyasini tekshirish. 3. Bosh miya qopqog‘i va umurtqa pog‘onasini tekshirish. 4. Sezuvchanlikni tekshirish. 5. Sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish)ni tek- shirish. 6. Aktiv harakatni tekshirish. 7. Harakat koordinatsiyasini tekshirish. 8. Reflekslarni tekshirish. 9. Vegetativ nerv tizimini tekshirish. 10. Zaxarin-Xeda sohalarini tekshirish. Anamnez m a’lumotlarini toplash Hayvon egasidan nerv tizimiga taalluqli anamnez ma’lu motlarini to‘plash nerv tizimini tekshirishda katta ahamiyatga ega. Bunda hayvonning xulqi, turish holati, epilepsiya, titrashlar, tetaniya, o‘ta qo‘zg‘alish hodisalarining bor-yo‘qligi, qachon kuzatilishi, nima bilan xarakterlanishi aniqlanadi. Shuningdek, hayvonga xos bo‘lmagan qiliqlar, parez yoki falaj bor-yo‘qligi aniqlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. X.Z. Ibrohimov, D.A. Tovmasyan. Asosiy o‘simliklar tok-
sikozlari. T., «O‘qituvchi», 1973. 2. Ш.А. Кумсиев. Болезни органов пищеварения животных.
М., «Колос», 1974. 3. В. И. Георгиевский. Практическое руководство по физиологии сельскохозяйственных животных. М., «Высшая школа», 1976.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: |